Yer po`stidagi tektonik harakatlar



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə14/37
tarix26.10.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#161597
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   37
Mavzular geografiya

Ichki geofizik omillar. Bu omillar iqlimiy sistemaning alohida tarkibiy qismlari va ularning o‘zaro ta’sirlashuv qonuniyatlari uchun xosdir. Ularga quyidagilar kiradi:

Sanab o‘tilgan omillar orasida iqlim o‘zgarishiga sezilarli ta’sirni suv bug‘lari va karbonat angidrid ko‘rsatadi, chunki ular tabiiy issiqxona effektining shakllanishiga imkoniyat yaratadi. Hisoblashlarning ko‘rsatishicha, atmosferada suv bug‘lari bo‘lmaganda yer sirtidagi havo harorati 250S qiymatda pasaygan bo‘lar edi. Xuddi shu kabi atmosferada karbonat angidrid bo‘lmaganda harorat 60S ga pasayadi.
Quruqlik va okeanlarning notekis taqsimlanishi namlik va issiqlik aylanishi jarayonlarida muhim ahamiyatga ega. Atmosfera va okeanning umumiy sirkulyatsiyasi ta’sirida asosiy iqlim mintaqalari shakllanadi. Iqlim hosil qiluvchi tabiiy omillarni aniqlashda boshqacha yondashuv ham mavjud bo‘lib, unda quyidagi uchta guruh ajratiladi: radiatsion, geografik va sirkulyatsion.
Radiatsion omillar. Ularga yer sirti, atmosfera va umuman Yer sayyorasi radiatsion rejimini shakllantiruvchi omillar kiradi. Bular, birinchidan, quyidagi astronomik omillardir:

Ikkinchidan, unga quyidagi meteorologik omillar kiradi:

  • atmosfera tarkibi, undagi aerozollar va suv bug‘larining miqdori;

  • atmosfera tiniqligi, aerozollar va suv bug‘lari konsentratsiyasiga bog‘liq;

  • bulutlilik miqdori va turi;

  • yer sirti albedosi, yer sirtining tipi va holati bilan aniqlanadi;

  • yer sirti namligi va harorati.

Sanab o‘tilgan omillar yer sirti va atmosfera radiatsion balansi hamda uni tashkil etuvchilar (to‘g‘ri, sochilgan va yig‘indi radiatsiya, effektiv nurlanish)ning kunlik va yillik o‘zgarishlariga sabab bo‘ladi.

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin