6. V.I.Biryukov, S.N.Kulichixin, N.N. Trofimov Poiski i razvedka mestorojdeniy polezno`x iskopayemo`x M.,Nedra, 1979. 7. N..N.Maslov,M.F.Kotov. «Izdatelstvo literaturo` po stroitelstvu» M.-1971. Materiklarning parchalanishdagi taraqqiy bosqichlari
Materiklarning paydo bo’lishi. Dastlab nemis geofizigi A.Vegener (1912)
to’liq ishlab chiqqan-materiklarning gorizontal siljishi gipotezasi mavjud bo’lib, bu
gipotezaga ko’ra granit yer po’sti yuqori paleozoyga qadar, ya’ni 200 mln. yil oldin
Yer sharida ulkan Pantalassa okeani o’rab turgan yirik Pangeya materigini hosil qilgan. Mezozoyda bu materik parchalangan va uning ayrim palaxsalari - materiklar
siljishi boshlangan. Materiklarning harakatlanishi gipotezasiga ko’ra, bundan 180
mln. yil oldin ikkita yirik materik Lavraziya bilan Gondvana paydo bo’lgan. Ular
orasida yangi Tetis okeani yuzaga kelgan. So’ngra 65 mln. yil oldin Lavraziyadan
Shimoliy Amerika va Yevrosiyo, Gondvanadan Janubiy Amerika, Afrika,
Antarktida, Avstraliya, Arabiston va Hindiston ajralib chiqqan va ular orasida
hozirgi okeanlar paydo bo’lgan. Shimoliy materiklar bilan janubiy materiklarning
o’ziga xos xususiyatlarga ega ekanligiga ularning ikkita kontinentdan vujudga kelganligi sabab qilib ko’rsatiladi.
Materiklar eng kichik ekvatorial o’q yaqinida joylashgan. Bunga sabab shuki,
sharsimon shaklga asta-sekin yaqinlashib borishi natijasida mantiyada yuqoriga
tomon yo’nalgan eng kuchli harakatlar xuddi shunday sektorlarda vujudga kelgan
va shu sababli u joylarda materiklarni hosil qiluvchi eng yengil jinslar—granitlar
yuqoriga ko’tarilgan. Cho’kishga moyil bo’lgan okean sektorlarida mantiya
moddasining saralanishi sekinlashadi, bu joylarda og’ir okean yer po’sti tarkib
topadi. Janubiy yarim sharda okeanlarning ko’pligini ham shunday tushuntirish
mumkin.