Yevrosiyoning geologik tuzilishi va foydali qazilmalari. Relyefi



Yüklə 133,72 Kb.
səhifə12/13
tarix16.12.2023
ölçüsü133,72 Kb.
#180922
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
1350805488 19027

Tog‘oralig‘i botiqlari. Yevrosiyo materigida kelib chiqishi va ripojlanishpi burmalanshi jarayonlari bilan uzviy bog‘liq, bo‘lgan yirik tog‘ oralig‘i tog‘ botiqlari tog‘li o‘lkalarda keng tarqalgan. Ayniqsa bu tipdagi relef shakllari paleozoy va kaynozoy burmalanish zonalarila ko‘p uchraydi. Yevropaning talaygina hududi yirik tog‘oralig‘i botiqlari bilan band. Bular Pireney yarim orolidagi Aragon na Andalausiya botiqlari, Apennin yarim orolidagi Padan botig‘i, G‘arbiy Yevropadagi Akvitaniya botig‘i, Markaziy’ va O‘rta Yevropadagi Parij, O‘rta Dunay, Sandomej, Transilvaniya, Frakiya tog‘oralig‘i botikdaridir.
Materikning Osiyo qismida yirik tog‘oralig‘i botiqlari asosan Kavkaz, O‘rta Osiyo, Japubiy Sibir va Markaziy Osiyo tog‘li o‘lkalarida keng tarqalgan . Bu o‘lkalardagi botiqlarning yer yuzasinl o‘rtacha dengiz sathidan balandigi 300-600 m dan 3500-4200 m gacha yetadi. Eng baland tog‘oralig‘i botiqlari Pomirda va Baland Osiyoda joylashgan.
Alp burmalanish zonasida vujudga kelgan Kavkaz tog‘li o‘lkasida Kolxida, Kura va O‘rta Araks tog‘oralig‘i botiqdari mavjud. O‘rta Osiyo tog‘li ulkasining katta maydoni Farg‘ona, Zarafshon, G‘arbiy Tojikiston, Oloy, Issiqko‘l, Talas, Chuv, Ili, Zaysan va boshqa yirik tog‘oralig‘i botiqlari bilan band. Janubiy Sibir tog‘li o‘lkasida uncha baland bo‘lmagan Kuznesk, Minusinsk, Yenisey-Chulim, Tuva, Barguzin kabi tog‘oralig‘i botiqlari ko‘pchilikni tashkil egadi. Uzok Sharqdagi Yuqori Zeya, Zeya-Bureya, O‘rta Amur, Sayfun-Xanka botiqliklari bir necha tog‘ tizmalarini bir-biridan ajratib turadi.
Markaziy Osiyoda ham turli xil gipsometrik balandliklarda vujudga kelgan yirik tog‘oralig‘i botiqlari nihoyatda ko‘p. Bu o‘lkadagi yer yuzasi dengiz sathidan -154 m past bo‘lgan Turfan cho‘kmasi, juda katta maydonni egallab yotgan Tarim, botig‘i, balandligi 2700-3000 m atrofida bo‘lgan. Kunlun tog‘ tizimidagi Saydam botig‘i, Sharqiy Xitoydagi Sichuan botig‘i, G‘arbiy Mongoliyadagi Katta ko‘llar botig‘i va boshqalar Yevrosiyo materigining relef tuzilishini murakkablashtirishda alohida o‘rin tutadi.

Yüklə 133,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin