Tog‘lar va tog‘ tizimlari. Yevrosiyoning tog‘lari va tog‘ tizimlari ham yassi tog‘lik va tog‘liklarga o‘xshash Yer kurasining taraqqiyot tarixida birin-ketin yuz bergan turli xil burmalanish bosqichlarida vujudga kelgan. Materikning shimoliy va o‘rta qismlarida joylashgan Skandinaviya, Ural, Birranga, Verxoyansk, Cherskiy, Qozog‘iston burmali tog‘lari, Tyanshan, Oltoy, Sayan, Baykalorti kabi burmali-palaxsali va palaxsali tog‘ tizmalari ancha qadimgi tog‘lar hisoblanadi. Bu tog‘lar kaledon, tersin va mezozoy burmalanish davrlarida hosil bo‘lib, bir necha millionlab yillar davomida ekzogen kuchlar ta’sirida kuchli yemirilgan, peneplenlashgan va past tog‘larga aylangan. Ulardan ba’zilari, masalan, Tyanshan, Oltoy, Sayan, Ural tog‘lari keyinchalik yangi tektonik harakatlar natijasida qaytadan ko‘tarilgan va yashirgan. Xuddi shunday Markaziy Osiyoning paleozoyda vujudga kelgan burmali-palaxsali va palaxsali Mongoliya Oltoyi, Kunlun tog‘ tizmalari va uning shimoliy tarmoqlari bo‘lgan Oltintog‘ va Nanshan tizmalari ham neogen-antropogen davrlarida shiddatli yangi tektonik harakatlar natijasida o‘rtacha 3000-4500 m balandlikkacha, ayrim cho‘qqilari 6000-7000 m gacha ko‘tarildi.
Yevrosiyoning eng yosh, harakatchan baland tog‘lari va yirik tog‘ tizimlari alp burmalinish bosqichida hosil bo‘lgan. Ular asosan ikkiga mintaqada Alp-Himolay va Tinch okean mintaqalarida joylashgan. Janubiy Yevropa va Janubi-G‘arbiy Osiyo bo‘ylab cho‘zilgan Alp, Karpat, Pireney, Andalus, Qrim, Kavkaz, Elburs, Zagros, Kopetdog‘, Pomir, Hinduqush, Himolay too‘ tizimlari Alp-Himolay mintaqaga mansub. Ularning aksariyatini balandligi 5000-6000 m atrofida. Ko‘pchilik cho‘qqilarning baland nuqtasi 7000 m dan hatto 8000 m dan ham oshadi. Jumladan Himolay tog‘ tizmasidagi Jomolungma (Yeverest) cho‘qqisi (8848 m), Kanchenjanga cho‘qqisi (8585 m), Dxaulagiri cho‘qqisi (8221), Qorakurumdagi Chogori (Goudin Osten) cho‘qqisi (8611 m), Hinduqushdagi Tirichmirch cho‘qqisi (7690 m) va boshqalar. Bu tog‘larning barchasida alp tipidagi relef shakllari keng tarqalgan. Baland tog‘ tizmalarining chekka klemlarida va flish bukilmalarida vujudaa kelgan Karpat, Bolqon, Apennin, Dinor, Tavr, Makran kabi tog‘larda tektonik ko‘tarilmalar kam bo‘lgan. Bular o‘rtacha balanddikdagi tog‘ tizmalari bo‘lib, ularning suvayirg‘ich tepaliklari gumbazsimon shaklga ega. Erozion relef shakllari yaxshi rivojlangan.
Yevrosiyoning Tinch oken mintaqasiga Osiyoning sharqiy qismidagi Koryak tog‘ligi, Kamchatkaning O‘rtalik va Sharqiy tog‘lari, Sixote-Alin tog‘larining sharqiy qismi, Hindixitoyning g‘arbiy qismida joylashgan Rakxayn tog‘ tizmasi hamda Saxalin, Xokkaydo, Tayvan, Kalimantan, Sumatra, Yava orollaridagi tog‘lar kiradi.