Yevrosiyoning geologik tuzilishi va foydali qazilmalari. Relyefi



Yüklə 133,72 Kb.
səhifə9/13
tarix16.12.2023
ölçüsü133,72 Kb.
#180922
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
1350805488 19027

Yassi tog‘liklar va tog‘liklar. Yevrosiyoniyg katta balandlik qismini yassi tog‘liklar va tog‘liklar tashkil etadi. Ular materik hududida juda notekis tarqalgan. Eng yirik makrostrukturali yassi tog‘liklar va tog‘liklar materikning Osiyo qismida joylashgan. Bular O‘rta Sibir, Gobi, Ordos yassi tog‘liklari va Tibet, Kichik Osiyo, Armaniston, Eron, Beyshan tog‘liklaridir. Yevropaning turli regionlarida joylashgan yassi tog‘liklar va tog‘liklar maydon jihatidan bir muncha kichik va kam tarqalgan. Bular Skandinaviya yarim orolidan Norland, Pireney yarim orolidagi Meseta, Buyuk Britaniya orolidaga Shotlandiya yassi tog‘liklari hamda Bolqon yarim orolidagi Dinar tog‘ligidir. Barcha yassi tog‘liklar va tog‘liklar materikning tekislik va pasttekisliklakriga o‘xshab geologik eralarning turli davrlarida paydo bo‘lgan.
O‘rta Sibir yassi tog‘ligi. O‘rta Sibir yassi tog‘ligi Shimoliy Osiyoning markaziy qismida, Yenisey daryosi bilan Lena daryosi oralig‘ida joylashgan. Uning hozirgi relef shakllarini tarkib topishida yer betiga chiqib yotgan kristall jinsli qalqon va anteklizalar, zinapoyalarni vujudga keltirgan trappa effuziv jinslar, eroziya jarayoniga to‘skinlik kiluvchi ko‘p yillik muzloq yerlarning mavjudligi, kontinental rejimning uzok vaqt davom etishi asosiy rol o‘ynagan. Yassi tog‘lik paleozoy va mezozoyda eroziya va nurash jarayonlari ta’sirida bo‘lgan. Uzoq yillar davom etgan turli xil tabiiy geografik jarayonlar ta’sirida supasimon tog‘lar, qadimgi peneplenlar, keng vodiylar, balandlik va tog‘lik joylarda chuqur erozion vodiylar hosil bo‘lgan. O‘rta Sibir yassi tog‘ligining eng baland Putorana tog‘ massivi uning shimoli-g‘arbiy qismida joylashgan. Massivning eng baland nuqtasi Kamen tog‘i bo‘lib dengiz sathidan 1071 m qo‘tarilgan. Sharqda yassi tog‘likning eng past joyi Lena-Vilyuy pasttekisligi bo‘lib, uning yuzasi dengiz satxidan 75 m dan 200 m gacha ko‘tarilgan. Yassi tog‘likning poydevorini Sibir, platformasi tashkil etadi.
Gobi yassi tog‘ligi. Gobi atamasi mongolcha gov so‘zidan olingan bo‘lib suvsiz joy degan ma’noni bildiradi. Gobi Markaziy Osiyoning yirik yassi tog‘ligi bo‘lib, uning asosiy qismini kristall jinslar tashkil etadi, qolgan hududi dengiz va kontinental yotqiziqlar bilan qoplangan. Yassi tog‘lik dengiz sathidan o‘rtacha 800-1200 m balandlikda joylashgan. Yer yuzasining relef shakllari qiya tekisliklardan, keng tog‘oralig‘i vodiylaridan, cho‘kmalardan tashkil togan. Yassi tog‘likning kamroq maydoni nisbiy balandligi tekislik yuzasidan 1000-1500 m ko‘tarilib turgan tog‘lar bilan band. Bu tog‘lardagi ayrim cho‘qqilarnint balandligi 2500 m gacha yetadi va undan ham oshadi.

Yüklə 133,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin