YEVROSIYONING GEOLOGIK TUZILISHI VA FOYDALI QAZILMALARI. RELYEFI Reja:
Kirish 1. Yevrosiyo materigiga umumiy ta`rif.
2. Relyefi va geologik tuzilishi.
3. Foydali qazilmalari.
4. Kaynozoy burmalanishi oblastlari
5. Yer qimirlash va vulqonlar
Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish Kurs ishining dolzarbligi: Yevrosiyo Yer yuzidagi eng katta materik bo‘lib, u Shimoliy yarim sharda, ekvator bilan 77° sh.k. lar oralig‘ida joylashgan. Materikni shimoldan Shimoliy Muz okeani, g‘arbdan Atlantika okeani, sharqdan Tinch okeani va janubdan Hind okeani va ularning chekka dengizlari o‘rab olgan. Yevosiyoning materikdagi eng chekka nuktalari: shimolda Chelyuskin burni (77° 43 sh.k.), janubda Piay burni (1° 16 t.k.), g‘arbda Rok burni (9° 34’ g‘.u.) va sharqda Dejnyov burnidir (169° 40’ g‘.u.). Materikning eng keng joyi shimoldan janubga qarab 8 ming km ga va eng uzun joyi-g‘arbdan sharqqa 16 ming km masofaga yoki 90° kenglik bo‘ylab va 160° uzoqlik bo‘ylab cho‘zilgan. Yevrosiyoning umumiy maydoni 53,4 mln. km2. Yer yuzidagi quruqlikning 37% ili tashkil etadi va materiklar o‘rtasida maydoning kattaligi jihatidan birinchi o‘rinda turadi. Yevrosiyoda ikkita qit’a Yevropa va Osiyo joylashgan. Yevrosiyo materigining nomi ham ana shu ikki qita nomidan kelib chiqqan.
Kurs ishining maqsadi:Binobarin, Yevrosiyo Yevropa bilan Osiyo qit’alaridan tashkil topgan bo‘lib, ular o‘rtasidagi chegara quruqliklardan va dengizlardan o‘tkazilgan. Quruqlikdagi chegarasi Uran tog‘lariniig sharqiy etaklari, Emba daryosi, Kaspiy dengizining shimoliy qirg‘oqlari va Kuma-Manich botig‘i orqali o‘tkaziladi. Suvlikdagi chegarasi esa Azov, Qora, Marmar, Egey va O‘rta dengizlari hamda ularni tutashtirib turuvchi Bosfor, Dardanel bo‘g‘ozlari orqali o‘tadi. O‘rta dengiz Atlantika okeani bilan Gibraltar bug‘ozi orqali tutashgan.