Yevrosiyoning geologik tuzilishi va foydali qazilmalari. Relyefi



Yüklə 133,72 Kb.
səhifə2/13
tarix16.12.2023
ölçüsü133,72 Kb.
#180922
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
1350805488 19027

Kurs ishining vazifalari: Yevrosiyoning maydonini kattaligi, geologik tuzilshi va rel’efining murakkabligi, qutbyoni va ekvatoryoni ketliklari orlig‘ida joylashganligi, okeanlarning ta’sir doirasi turli darajada bo‘lishi, materik tabiatining zonallik xususiyatlarini va landshaft tizimlarini xilma-xilligida, keskin farqlanishida namoyon bo‘lgan. Unint hududida hamma geografik mintaqalar, ya’ni arktika mintaqasidan boshlab, to ekvatorial mintaqagacha va ularni tarkibiy qismlarini tashkil etuvchi barcha landshaft zonalari tizimigacha o‘z ifodasini topgan..

  1. Yevrosiyo materigiga umumiy ta`rif.

Yer shari axolisining yarmidan ortig`i yashaydigan va planetamizdagi eng katta quruqlik massivi bo`lmish Yevrosiyo materigini to`rt okean Shimoliy Muz okeani, Atlantika okeani, Tinch okeani va Xind okeani o`rab olgan bo`lib, u ekvator bilan 77° shim. kenglik orasida joylashgan. Materikning chekka nuqtalari - Chelyuskin burni (77° 43 sh.k.). Piay burni (1°16 sh.k.). Roka burni (9°34 g.u.) va Dejnyov burnidir (169° 40 g`.u.). U shimoldan janubga 8 ming km ga, g`arbdan sharqka 16 ming km ga cho`zilgan. Yevrosiyoga kiritiladigan ba`zi orollar bu materikdan ancha olisda joylashgan. Shpitsbergen, Frans Iosif Yeri va Severnaya Zemlya orollari 80° sh.k. dan shimolga kirib borgan. Malayya arxipelagidagi orollar esa janubiy yarim sharda 11° sh.k. gacha tushib kelgan. Atlantika okeanidagi Azor orollari 28° g`.u. dadir. Orollarning umumiy maydoni 2,75 mln. km2, Yevrosiyoning maydoni orollar bilan birga -53,4 mln. km.kv. Materikning juda kattaligi uning tabiiy sharoiti juda murakkab va xilma-xil ekanligiga sabab bo`lgan. Yevrosiyoning g`arbiy qismi, ya`ni Yevropa qit`asi eng tor bo`lib, uni dengizlar juda parchalab yuborgan: maydonining 1/3 qismi orollar va yarim orollarga to`g`ri keladi hamda dengizdan eng uzoqdagi joyi atigi 600 km keladi. Materik sharqqa tomon kengaya boradi. Osiyo qismida orollar va yarim orollarga materik jami maydonining 1/4 qismi to`g`ri keladi.
G`arbdan sharqqa tomon materik yer yuzasining xarakteri ham o`zgara boradi. Yevropaning parchalangan relyefi Sharqdan Sharqiy Yevropa, G`arbiy Sibir va Turon tekisliklarining hamda O`rta Sibir platosining keng saxni bilan almashinadi.
Yevrosiyoni g`arb va janubi-g`arbdan Atlantika okeani va uning dengizlari o`rab turadi. Bu okeanning Yevrosiyoga bevosita tutashib turuvchi shimoli-sharqiy qismi O`rta Atlatika tizmasidan sharqda G`arbiy Yevropa suv osti soyligidan iborat; uning eng chuqur joyi 6000 m dan ortadi.
Materik sayozligidan shimolda Shimoliy Muz okeani bir qancha chuqur suv osti soyliklariga bo`linib ketgan: bu soyliklarni bir-biridan ajratib turgan suv osti tizmalarida bir gruppa materik orollari-Shpitsbergen, Frans-Iosif Yeri va boshqalar joylashgan. Ba`zi orollar 80° sh.k. dan shimoldadir. Shimoliy Muz okeanini Tinch okeanidan suv osti balandliklari ajratib turadi, bu balandliklar ustida chuqurligi 50 m gacha bo`lgan Bering bug`ozi joylashgan.
Yevrosiyoning sharqiy qirg`oqlarini Tinch okean suvlari yuvib turadi, bu okean butun Dunyo okeanining yarmini tashkil etadi. Tinch okeanining g`arbiy qirg`oqlari nixoyatda o`yilib ketganligi va orollarning juda ko`pligi bilan ajralib turadi. Deyarli meridional yo`nalgan qator orollar va yarim orollar bir-biriga tutash chekka dengizlar sistemasini okeandan ajratib turadi, chunonchi, Kamchatka yarim oroli va Kuril orollari Oxota dengizini, Yapon orollari va Koreya yarim oroli Yapon dengizini ochiq okeandan ajratib turadi. Materik, Koreya yarim oroli va Ryukyu orollari o`rtasida materik sayozligida Sariq dengiz bilan Sharqiy Xitoy dengizi joylashgan: Xindixitoy, Filippin va Zond orollari Janubiy Xitoy dengizini chegaralab turadi. Tinch okeanining chekka qismi materik yer po`stidan iborat geosinklinal strukturaga ega, markaziy qismi esa chuqurligi 5000 m dan ortiq joylari bo`lgan okean tipidagi cho`kmalardan iborat.
Kuril-Kamchatka cho`kmasining chuqurligi 10542 m, Yer sharidagi eng chuqur Mariana cho`kimasining chuqurligi 11022 m Filippin cho`kmasi - 10265 metr. Orollardagi tog`larning balandligi 2-3 ming m va undan ortiq. Orollar yoyi orasida joylashgan suvosti tektonik soyliklarining chuqurligi 2-6 ming m (Yapon dengizi – 4036 m, Janubiy Xitoy dengizi 4400 m, Filippin soyligi - 6363 m).
Osiyoning janubiy qirg`oqlarini yuvib turuvchi Xind okeanining katta qismi okean yer po`sti tipidagi qadimgi suv osti cho`kmasidan iborat. Okeanning g`arbiy qismi Afrika, Arabiston yarim oroli, Madagaskar oroli Xindiston yarim orolini bir-biriga tutashtirib turgan qadimiy quruqlikning cho`kishidan hosil bo`lgan. Sharqda Zond orollarining janubiy soxillari yaqinidan eng chuqur joyi 7430 m
bo`lgan bukilmalar polosasi o`tadi. Okeanning katta qismida 3000-5000 m li chuqurliklar ustun turadi. Yevrosiyo qirg`oqlari yaqinidagi eng katta suv osti soyligi Arabiston soyligidir.
2. Xozirgi Yevrosiyo o`rnida tabiat rivojlanishining kembriygacha bo`lgan bosqichida uchta juda katta platforma oblasti bo`lgan. Bular Yevropa, Sibir va Xitoy platformalaridir. Janubrokda, asosan Shimoliy tropikdan janubda, bundan ham oldinroq juda katta Gondvana superplatformasi vujudga kelgan. Platformalar orasida geosinklinal mintaqalar bo`lgan. Uchta Shimoliy platformadan janubda Alp-Ximolay geosinklinal mintaqa cho`zilib ketgan. Bu geosinklinal xozirgi xorijiy Yevropaning ko`p qismini egallagan va janubi-sharqka tomon davom etib, shimoliy platformalarni Gondvanadan ajratib turadi. Shimoldan o`ngga Ural-Tyanshan, Mongoliya-Oxota va Kaledon geosinklinal oblastlari kelib tutashgan. Bu platformalar shimoliy platformalarni bir-biridan ajratib turgan. Janubi-sharqda Alp-Ximolay geosinklinal mintaqa meridional yo`nalishda cho`zilgan G`arbiy Tinch okean geosinklinal mintaqa bilan qo`shilgan. Bu mintaqa esa Tinch okean geosinklinal xalqasini bir qismidan iborat bo`lgan.
3. Tektonik tuzilishi va relyefining asosiy xususiyatlari.
Yevrosiyo materigi tarkib topishining murakkab tarixi tabiatning barcha komponentlarida aks etgan. Lekin u yer yuzasining tuzilishi xususiyatlarida ayniqsa yaqqol namoyon bo`lgan. Yevrosiyoning yer yuzasi murakkabliligi, xilma-xilligi va Yer sharining boshqa xech yerida takrorlanmasligi bilan ajralib turadi. Yevrosiyo uchun Yer sharida ma`lum bo`lgan tektonik strukturalarning barcha tipi va barcha xil relyef tipining tarqalganligi xarakterlidir.
Yevropa platformasi Skandinaviya yarim orolining sharqiy qismi bilan Finlandiyada joylashgan Baltika qalqonidan hamda asosiy qismi Rossiyada joylashgan plitaning g`arbiy chekkasidan tashkil topgan. Relyefda unga Shvetsiya bilan Finlandiyaning zamini qattiq tekisliklari va yassi tog`liklari, shuningdek Yutlandiya va Daniya yarimorollari, Polsha, GDR, GFR ning shimoliy qismlari hamda Gollandiyaning deyarli hamma qismini o`z ichiga oluvchi O`rta Yevropa qatlamli tekisligi to`g`ri keladi. Bu barcha rayonlar maksimal muzlanish, qisman esa so`nggi muzlanish chegarasi ichida joylashgan bo`lib, bu xol uning relyefida aks etgan. Baltika kristalli qalqonining qattiq zaminli tekisligi muzlanish markazida joylashgan bo`lib, neogen-antropogendi intensiv ravishda parchalanib ketgan, u muzlik eroziyasi-ekzaratsiyasi relyefi shakllarining ustun turishi bilan xarakterlanadi.
Xitoy platformasi doirasida tokembriy fundamentida burmali palaxsani va palaxsali tog`lar ham tarqalgan bo`lib, ular qadimgi fundamentning botiqlarida joylashgan past akumulyativ tekisliklar yoki platolar bilan almashinib turadi. Epiplatformadagi o`rtacha balandlikdagi tog` massivlariga Shandun yarim oroli yoki Shimoliy Koreyadagi tog`lar, past akumulyativ tekislikka - Markaziy Manchjuriya yoki Shimoliy Xitoy tekisliklari: baland platoga - Ordos misol bo`la oladi. Qashqar soyligining (botig`ining) asosida chuqur cho`kkan Tarim massivi yotadi.
Yevrosiyo materigining katta-katta maydonlari paleozoy erasida hosil bo`lgan burmali tog`lardan iborat bo`lib, ular strukturalarining nixoyatda xilma-xilligi hamda mezo-kaynozoydagi rivojlanish tafovutlari bilan ajralib turadi. Markaziy hamda Sharqiy Osiyoda ham tog` relyefi va tekislik relyefi tarqalgan.
Yevrosiyoning janubiy va janubi-sharqiy qismlari tektonik strukturasi jixatidan mezo-kaynozoy burmali tog`lari zonasi kiradi. Xindixitoyning katta qismi (Malakka yarim oroli ham shunga kiradi), Tibet tog`larining janubiy chekkasi va Qoraqum-mezozoy burmalanishida paydo bo`lgan tog`lardan iborat bo`lib, neogen-antropogen davrida aktiv neotektonik xarakatlar ta`sirida bo`lgan. Bu tog`lar Yer sharidagi eng ulkan tog`li o`lka-Baland Osiyo sistemasiga kiradi.
4. Iqlimi - Yevrosiyo iqlimida bu materik maydonining juda kattaligi bilan bog`liq xususiyatlar yaqqol aks etgan. Materik asosiy qismining ekvator bilan Shimoliy kutbiy doira oralig`ida joylashganligi, sharqiy va markaziy qismlarning yaxlit ekanligi, g`arbiy va janubiy qismlarining esa parchalanganligi, okean xavzalarining ta`siri, orografisining murakkabligi Yevrosiyo iqlim sharoitining nixoyatda xilma-xilligiga olib kelgan.
Sovuq va quriq kontinental havo Osiyo maksimumining shimoliy va Sharqiy chekkasi bo`ylib, bu vaktda Iliqrok bo`lgan Tinch okeaniga tomon esadi, Tinch okean ustida esa past bosim oblasti-Shimoliy Tinch okean minimumi rivojlanadi. Osiyoning janubiy qismi qishda passat sirkulyatsiyasi tasirida bo`ladi.
Shimolda yanvarning o`rtacha xarorati - 20-25°S ga teng. Osiyoning qishda passat shamollari ta`sirida bo`lgan janubiy yarim orollarida ham quruq ob-havo ustun turadi. Yozda Yevrosiyodagi va okeanlarning unga qushni rayonlaridagi meteorologik sharoit ancha o`zgaradi. Osiyo maksimumi tugab, qizib ketgan materik ustida past bosim qaror topadi va bu past bosimning berk markazlari Xind daryosi xavzasi va Fors qo`ltig`i soxilida joylashadi.
Arabiston yarim orolining katta qismi uchun ham yozning quruq kelishi va havo xaroratining yuqoriligi xarakterlidir, yarim orol Shimoliy Atlantika maksimumidan keluvchi shimoli-sharqiy passatlar ta`siridadir.
ICHKI SUVLARI - Orollarni ham qo`shib xisoblaganda, Yevrosiyo xududida hosil bo`ladigan yillik oqim 16 ming km kub ga yaqin, ya`ni butun Yer shari daryolari yillik yalpi oqimiining yarmidan salgina kam xolos. Oqim qalinligi (qatlami) bo`yicha xisoblanganda bu 300 mm ga teng, ya`ni butun Yer shari bo`yicha olingan o`rtacha raqamdan yuqori. Oqim qatlamining o`rtacha qalinligiga ko`ra faqat Janubiy Amerika Yevrosiyodan oldinda turadi.
Yevrosiyo materigida ichki suvlar nixoyatda notekis taksimlangan. Materikning tektonik strukturasi va relyefidagi katta tafovutlar, iqlim tafovutlari, hamda ular bilan bog`liq xolda yog`inlarning tekis tushishi yer usti suvlarining ham, yer osti suvlarining ham taqsimlanishida katta tafovutni vujudga keltiradi. Bu xol daryolar yillik oqimining mm xisobidagi qalinligining taqsimlanishi kartasida yaqqol ko`rinadi.
Yevrosiyoning yer yuzasi Atlantika, Shimoliy Muz okeani, Tinch va Xind okeanlari xavzasiga kiradi. Materikning chekka qismlari, ayniqsa g`arbiy, sharqiy va janubiy-sharqiy qismlarida suv tarmoqlari zich bo`lib, ularga eng yirik daryo sistemalari kiradi.
Yevrosiyoning ko`plab daryolari muzliklardan boshlanadi va to`yinadi. Yevrosiyoning xozirgi muzlanishi bir tomondan, Arktika va Subarktika Orollari bilan, ikkinchi tomondan - eng yuksak va seryog`in tog` sistemalari bilan qoplangan. Qor chizig`i 700 m dan 1000 m gacha balanddan o`tuvchi Islandiya orolida katta muzlanish markazi bor.
Bundan yuqorida tog` massivlari firn maydonlari bilan qoplangan bo`lib, ulardan ko`pdan-ko`p daryolarga suv beruvchi muzliklar xar tomonga tarqalgan.
Dunay- Yevropaning eng katta daryosidir. Uning uzunligi 2850 km, xavzasi maydoni 817 ming km.kv. quyilishi qismidagi yillik o`rtacha suv sarfi 6430 m3/sek.
Rona-Yevropaning O`rta dengizga quyiluvchi eng katta daryosidir.
Yanszi-Osiyo daryolari orasida eng kattasi va dunyodagi eng a`zim daryolardan biridir. Uning uzunligi 5530 km. xavzasi maydoni 1726 ming km2, o`rtacha suv sarfi 22000 m3/ sek.
Yevrosiyo mo`tadil mintaqa o`simliklarining eng muxim zonal tipigina bargli o`rmonlardir. Aralash o`rmonlar g`arb va janubga tomon bargli o`rmonlar bilan almashinadi: bu o`rmonlarni daraxtlari turiga qarab bir necha tipga bo`lish mumkin: dub-qayin, dub (eman), buk (qora kayin) va buk-qayin o`rmonlari. Keng bargli o`rmonlari Yevropa tabiiy o`simliklarining ustun tipi deb xisoblash mumkin.
Subekvatorial va ekvatorial mintaqa o`simliklari savannalar hamda turli tipdagi tropik o`rmonlardan iborat. Malayya arxipelagi o`rmonlarida turli epifitlar va parazit o`simliklar: moxlar, paporotniklar, orxideyalar ayniqsa ko`p.
O`rmonlardan ochilgan joylarda xilma-xil maxalliy va boshqa tropik o`lkalardan keltirilgan o`simliklar ekiladi. Indoneziya kauchukli o`simliklar va dorivor o`simliklar yetishtiriladi.
Yevrosiyoning katta, shimoliy qismi Golarktika zoogeografik oblastiga; kichik janubiy qismi esa Xind-Malayya va Efiopiya oblastlariga kiradi. Yevrosiyo shimolining qirg`oq bo`yi suvlari, daryo va ko`llari baliqqa, asosan losos baliqlariga boydir. Yevrosiyoning o`rmon xayvonlarini ancha xilma-xilligi bilan ajarlib turadi. Bu yerlarda los, qo`ng`ir ayiq, silovsin, rasomaxa, olmaxon, burundiq, malla rangli dala sichqonlari; qushlardan-qur, karqur, chil, klestlar yashaydi.
Qushlar orasida argus deb ataladigan yaltiroq rangli ajoyib - qirg`ovul, tovus va Avtraliyadan tarqalgan "Jannat qushlari" juda katta oyoq tovuqlar yashaydi. Sudralib yuruvchilar turlariga boyligi va juda yirikligi bilan qishini xayratga soladi. Komodo nomli kichik bir orolda uzunligi 3-4 m ga boradigan ulkan echkiemar yashaydi. Kalimantan oroli daryolarida yirik timsox-gavial uchraydi. Zaxarli ilonlar ko`p, bug`ma ilonlar ham tarqalgan. Ularning eng kattasi olachipor piton bo`lib, uzunligi 8-10 m ga, og`irligi 100 kg yetadi. U yirik xayvonlarga uchun emas, balki odam uchun ham xavflidir.
Yevropa asosan o`rtacha kengliklarda joylashgan bo`lib, uning faqat shimoliy chekkasi subarktika va Arktika mitaqalariga, janubiy qismi esa subtropik mintaqaga kiradi.
Yevropani shimol, g`arb va janubda Atlantika va Shimoliy Muz okeanlarining dengizlari o`rab turadi. Sharqda Yevropa bilan Osiyo o`rtasidagi chegara shartlidir: bu chegara odatda, Ularning sharqiy tog` etaklari, Emba daryosi, Kaspiy dengizi, Kuma-Manich botig`i orqali o`tkaziladi. Yevropa maydoni 10,5 mln km,kv. ga teng. Bu esa Yer sharidagi quruqlikning taxminan 1/13 qismi demakdir.
Yevropaning shimoldan janubga 35° cho`zilganligi tufayli (materikning eng shimoldagi nuqtasi- Nordkin burni 71°,08 shimoliy kenglikda) eng janubiy nuqtasi Marroki burni 36° shimoliy kenglikda) geografik kenglik buylab joylashgan zonal landshaft farqlari juda aniq. Kenglik buylab 76° dan ko`prok cho`zilganligi natijasida landshaftlar g`arbdan sharqka qarab ham anchagina o`zgarib boradi. Atlantika okeanidan sharqqa qarab ham anchagina o`zgarib boradi. Atlantika okeanidan sharqqa tomon uzoqlashgan sari iqlimning kontinentalligi sezilib boradi.
Yevropaning qirg`oq chizig`i juda egri-bugri bo`lib, ichki dengizlar, qo`ltiqlar, yarim orollar ko`p. Qirg`oq chizig`ining umumiy uzunligi taxminan 38000 km. G`arbiy Yevropaning eng ichki rayonlari dengizdan bori yo`g`i 600 km uzoqdadir.
Yevropada hammasi bo`lib 36 davlat bor. Uning sharqiy qismini Rossiyaning Yevropa qismi xududi ishg`ol qiladi. Qolgan xududining hammasi ikkinchi jaxon urushigacha kapitalistik mamlakatlarga qarar edi.
Geologik tuzilishi - Yevropaning tabiiy kartasida qator yirik orografik birliklar aniq ko`rinib turadi. Bulardan eng yirigi Yevropa tekisligidir. Yevropa tekisligi deganda Yevropaning Sharqiy Yevropa tekisligi, Germaniya-Polsha tekisligi va Yutlandiya yarim oroli tekisliklarini o`z ichiga olgan xudud tushuniladi. Yevropa tekisligidan farq qilib Sharqiy Yevropa platformasi platformada emas, balki qalqonda joylashgan Fennoskandiya tekisliklari Yevropa tekisligiga kirmaydi. Sharqiy Yevropa tekisligi bilan Germaniya-Polsha tekisligi o`rtasidagi chegara juda shartli bo`lib, sobiq Sovet-Polsha davlat chegarasi bo`ylab o`tqazilgan edi.
Yevropa tekisligidan shimolda va shimoli-g`arbda Fennoskandiya pasttekisliklari va yassi tog`liklari bor. Bular g`arbda Skandinaviya tog`lariga borib tutashadi. Germaniya Polsha tekisliklaridan janubrokda Gersin Yevropasi deb ataladigan o`rtacha balandlikdagi tog`lar va o`r-qir tekisliklar polosasi cho`zilgan. Bu polosa g`arbda, Fransiya xududida juda keng bo`lib, sharqda torayadi va Sharqiy Yevropa tekisligi chekkasiga kelib tugaydi. Bu polosada Markaziy Fransiya massivi Shvarsvald, Vogeza, Reyn Slanetsli tog`lari va Chexiya tog` massivi hamda uning chekka tog`lari joylashgan.
Yevropa orografiyasining ko`pgina xususiyatlari uning geologik taraqqiyoti va tektonik tuzilishi tarixini aks ettiradi.
Yevropa geologik tarixi taraqqiyotida bir necha asosiy bosqichlari bo`lgan.
Xozirgi relyef xususiyatlari va uning tarkib topish tarixi G`arbiy Yevropada quyidagi strukturali-morfologik regionlarni ajratishga imkon beradi: A) Shimoliy G`arbiy Yevropa, B) Islandiya, V) Germaniya-Polsha tekisligi, G) Yevropadagi gersin tog`lari oblasti, D) Yevropa Alp-Karpat tog`lari oblasti, YE) Janubiy tog`li Yevropa.
Shimoliy G`arbiy Yevropa tarkibiga Baltika qalqoni va kaledon antekliza strukturali qiradi. Ular qadimdan bir-biriga qo`shilib ketganligidan kaledon bosqichidan so`ng asosan kontinental sharoitda bir xilda taraqqiy qilgan.
Skandinaviya tog`lari tog`li Fennoskandiyaning eng baland va o`r-qir qismidir. Bu tog`lar turlicha balandlikdagi yassi tog`liklardan iborat bo`lib, Qoyali o`tkir cho`qqilar va shu yassi tog`liklardan ko`tarilib turadi.
Skandinaviya tog`laridan sharqda pastroq Norland yassi tog`ligi bor, bu yassi tog`lik Botnik qo`ltig`iga tomon zinapoya shaklida pasayib boradi.
Britaniya orollarining tog`li rayonlari kelib chiqishi hamda morfologiyasiga ko`ra Skandinaviya tog`lariga o`xshaydi. Bu tog`lar Skandinaviya tog`laridan past (Ben-Nevis-1343 m).
Atlantika okeanining shimoliy qismida Islandiya oroli bor. Bu orol Shimoliy Atlantika materigining cho`kishi va asosan bazaltli lavalarning oqib chiqishi natijasida paydo bo`lgan. Butun orol kaynozoyda oqib chiqqan lava qoplamidan tarkib topgan.
Yevropaning gersin xarakatlari ro`y bergan joylari relyefining asosiy xususiyati o`rtacha balandlikdagi burmali-palaxsali tog`lar va sertepa qirralardir: Markaziy Fransiya tog` massivi, Vogeza, Rudali tog`lar, Sudet, Shumova tog`lari, Reyn Slanetsli tog`lari va boshqalar. Bu tog`larni tepalari gumbaz shaklida bo`lib, yon bag`irlari eroziya natijasida kuchli yuvilgan. Tog` tepalari bilan yon bag`irlari relyeflarining katta farq qilishi ularning turli yo`llar bilan paydo bo`lish oqibatidir.
Tog`lar orasida joylashgan Gersin Yevropasi tekisliklari sineklizalar- paleozoy fundamenti xavzalari yoki tog` etagidagi bukilmalar va grabenlarga (Yuqori Reyn grabeni) to`g`ri keladi. London va Parij xavzalari tekisliklari, Shvaba-Frankoniya va Tyuringiya baland tekisliklari sineklizalari joylashgandir: ularning relyefi zinasimon kuestalidir.
Yevropa Alp-Karpat tog`lari oblasti uchun ancha baland burmali va burmali-palaxsali tog`lar bilan tog` orasidagi va tog` etagidagi tekisliklar xarakterlidir. Burmali tog`lar Alp tektonikasi oblastining shimoliy qismida yoy shaklida bukilgan tizmalar zanjiridan iborat. Bu tizmalar, Alp, Karpat va Stara Planina tog`laridir.
Alp tog`lari xozirgi relyefining tarkib topishi tarixi murakkab. Bu tog`larning yirik strukturali xususiyatlari Alp orogenezi natijasida bu orogenezning turli bosqichlarida paydo bo`lgan. Kuchli daryo va muz eroziyasi mezorelyef va mikrorelyefni vujudga keltiradi.
Karpat tog`lari Alp tog`larini orografik va tektonik davomidir. Karpat tog`lari Alp tog`laridan ancha farq qiladi. Bu farqlar Karpat tog`larining pastroq bo`lishida ham, tog` muzlik Relyefining kamroq tarqalishida ham o`z aksini topgan.
Stara Planina tog`lari Relyefiga ko`ra Karpat tog`lariga o`xshaydi. Yevropaning Alp-Karpat tog`lari oblastidagi pastroq akkumulyativ tekkisliklar O`rta Dunay, quyi Dunay, Venetsiya-Padan va Garonna tekisliklarining tarkib topishi Alp burmali tog`larining paydo bo`lishi bilan bog`liqdir.
G`arbiy Yevropada ko`pgina foydali qazil-malarning, ayniqsa rudali qazilmalarning geografik tarqalishi asosiy tektonik oblastlar bilan juda bog`liqdir.
G`arbiy Yevropaning kaledon oblastida rudali qazilmalar ancha kam. Skandinaviyada kolchedan, titan, magnetit va mis-nikel rudalarining ayrim konlari asosiy jinslar intruziyasi bilan bog`liq.
Gersin tektonika oblastida nordon jinslar intruziyalarida uchraydigan rudali konlar: qalay, polimetall, uran va mis rudalari keng tarqalgandir.
Alp oblastidagi intruziyalar bilan xromit, simob konlari, mis kolchedani konlari, polimetall rudalari, boksit, neft, tuz konlari bilan bog`likdir.
Eng yirik temir ruda konlari Lotaringiya temir-ruda xavzasida joylashgan. Bu konlarning vujudga kelishi cho`kindi jinslar bilan bog`liq bo`lib, ular gersin fundamentining mo`ldasimon sineklizasida joylashgan. Rudali qatlam qora qumtoshlari orasida o`rnashgan. Rudali qatlam lateritlari suv yuvib ketishi va ularning dengiz yaqinida cho`kishidan hosil bo`lgan. Ruda tarkibida 30-50 foiz temir bor.
Temir rudasining Tyuringiya xavzasi. Normandiya, rudali tog`lar, Uelsdagi past navli cho`kindi konlari ikkinchi darajali ahamiyatga ega.
Xromit asosan Bolqon yarim orolining g`arbida bo`lib, o`ltra asosiy magmatik jinslar orasidadir. Bu jinslar chuqur yoriqlar orqali bo`r va uchlamchi davr qatlamlari orasiga kirib kelgan.
Asosiy mis rudasi konlari O`rta dengiz bo`yidadir. Ko`pincha mis kolchedani asosiy ruda xisoblanadi. Konlar gidrotermal yo`l bilan hosil bo`lgan. Ulardan eng yiriklar Ispaniyadagi Rio-Tinto va Yugoslaviyadagi Bordir. Norvegiyaning kaledon strukturalari intruziyalaridagi pirit konlari: Reros, Sulitelma, Lyokken kamroq ahamiyatga ega.
Energetika foydali qazilmalari orasida G`arbiy Yevropada ko`mir yetakchi o`rin tutadi. G`arbiy Yevropadagi asosiy toshko`mir konlari gersin tog` etagi bukilmalaridagi o`rta va yuqori karbon qatlamlaridadir. Buyuk Britaniya ko`mir xavzalari, shimoliy Fransiya va Belgiya havzalari, Quyi Reyn-Vestfaliya havzasi, Saar va Lotaringiya havzalari.
G`arbiy Yevropada neft kam. G`arbiy Yevropadagi ko`pgina mamlakatlar neftni chetdan keltirishga majbur. Mavjud neft konlari odatda Alp tog`lari etaklaridagi uchlamchi davr yotqiziqlari orasidadir. Karpat tog`larining tashqi yoyi bo`ylab joylashgan flish qatlamlarida va tog` oralig`idagi xavzalarning (Ruminiya) neft konlari eng katta ahamiyat kasb etadi. Albaniya xududidagi Dinara tog`-larining g`arbiy zonasida ham anchagina neft zapaslari bor, bu yerda neftdan tashqari bitum konlari ham uchraydi.
G`arbiy Yevropada rudamas foydali qazilmalardan anchagina mikdorda tuz, oltingugurt va xilma-xil qurilish materiallari bor.
Natriy va kaliy tuzlari eng katta sanoat ahamiyatiga ega. Bu tuzlarning asosiy konlari Germaniya-Polsha Passtekisligining yotqiziqlarida bo`lib, u yerlarda yer osti tuz gumbazlari bor.

Yüklə 133,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin