Yevrosiyoning geologik tuzilishi va foydali qazilmalari. Relyefi



Yüklə 133,72 Kb.
səhifə4/13
tarix16.12.2023
ölçüsü133,72 Kb.
#180922
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
1350805488 19027

Tekshirilish tarixi
Yevrosiyo va uning turli qismlariga taalluqli ma’lumotlar Yevropa va Osiyodagi xalqlarga miloddan oldingi vaqtlardan boshlab ma’lum bo‘lgan. Ayniqsa materikning janubiy o‘lkalari to‘g‘risidaga ma’lumotlar miloddan oldingi yashagan geograflarning asarlarida keng uchraydi. Qadimiy forslar miloddan oldingi VI asrda Girkan (Kaspiy) dengizini, uning janubi-sharqiy qismiga yondosh bo‘lgan parfiyaliklar yerlarini, Zakaspiy cho‘llarini, Xorazm vohasini bilganlar.
Miloddan avvalgi V asrda yunon tarixchisi va sayyohi Gerodot o‘zining "Tarix" kitobida Skifiya dashtlari (Qora dengaz bo‘yi dashtlari), Kavkaz o‘lkasi, Kaspiy dengizi, O‘rta Osiyo cho‘llari va Kichik Osiyo tabiati to‘g‘risida ma’lumotlar bergan. Gerodot Kavkazning Kolxida pasttekisligini botqoqli, issiq, sernam, o‘rmonli, yilning hamma. faslida yog‘ingarchilik bo‘lib turadi deb tariflagan. Rossiya tekisliganiig janubiy dashtlaridan shimoldagi joylarni "gileya" (o‘rmonli o‘lka) deb atagan, Kaspiy dengizini berk havza deb tasavvur qilgan.
Yeramizning II asrida Ptolemey chizgan birinchi dunyo haritasida Kaspiy dengizi berk havza sifatida va unga Sharqiy Yevropaning eng yirik daryosi Volgani (Katta Ra) quyilishi tasvirlangan. Bu haritada Ptolemey Yevropa bilan Osiyoni chegarasini Don daryosi bo‘ylab o‘tkazgan.
Qadimgi Xitoy sayyohlari o‘z davlatining yuksalish davrida yirik geografik kashfiyotlar qildi. Xitoy sayyohlaridan birinchi bo‘lib Chjan Syan miloddan oldingi II asrda Tyanshan’ tog‘laridan oshib o‘tib Farg‘ona vodiysiga keladi, Qizilqum cho‘llaridan o‘tib Xorazmga boradi, Amudaryo bilan Tanishadi, Pomir tog‘larida va Qadimgi Baqtriyada bo‘lib ko‘plab geografik ma’lumotlar to‘playdi.
Yevrosiyoning ichki o‘lkalari tabiatini o‘rganishda va tadqiq etishda O‘rta Osiyolik geograf olimlarning xizmati juda katta. IX asrda yashab ijod etgai, O‘rta Osiyo va arab geografiyasiga asos solgan Muhammad ibn Muso al-Xorazmiyning xizmatini alohida takidlash e’tiborga molikdir. Xorazmiy o‘z ilmiy faoliyatini tabiiy fanlar rivojlanishiga, tabiatni o‘rganishga va kartografik tadqiqot ishlariga qaratgan. Ayniqsa uning "Kitob surat al-ard" (Yerning surati) kitobida 637 ta muxim joylar, 209 ta tog‘ning geografik tafsiloti berilgan, daryolar, dengizlar va okeanlar havzasiiing shakli, ularda joylashgan orollarning koordinatalari bayon qilingan. Xorazmiy Yer kurasining kattaligini, meridian yoyining bir gradusi 111,8 km ga teng ekanligini aniqlagan.
Abu Rayhon Beruniy X asrning oxirlaridan XI asrning o‘rtalarigacha yashab ijod etgan. U Yer osti va yer usti tabiatining xususiyaglariga doir ilmiy ishlar qildi, daryo oqimi, tog‘lar, tog‘ ma’danlarini o‘rganish bilan shug‘ullandi. Amudaryo vodiysi, Qoraqum va Qizilqum cho‘llari paleogeografiyasi, tabiati va geologik rivojlanish tarixi to‘g‘risida ilmiy asoslangan fikrlarni yozib qoldirdi. Beruniyning Turon tabiati polegeografiyasi va dinamik geologiyasi hakida yozgan tavsiflari hamda qilgan tahlillari buyuk allomaning haqiqiy ilm sohibi bo‘lganligidan dalolat beradi. Beruniy Hindastonda yashagan davrlarda u joylarning yerlari, daryolari, tog‘lari, o‘simlik va hayvonot olamini batafsil o‘rganib "Hindiston" asarini yaratdi.
Geografiya fanining rivojiga o‘z hissasini qo‘shgan va XI asrda yashab ijod qilgan mashhur olimlardan yana biri Mahmud Koshg‘ariydir. U o‘ziniig "Devoni lug‘atit turk" asariga ilova qilgan "Dunyo haritasi" da Yevrosiyoning aksariyat o‘lkalari, mamlakatlari, shaharlari, dengizlari, daryolari, ko‘llari, tog‘lari, cho‘llari, dashtlari va boshqa geografik ob’ektlarning nomlari yozilgan. Jumladan haritaning sharqida Yaponiya (Jobarqo), Xitoy (Mochin), Qoshg‘ar mamlakatlaridan boshlab, O‘rta Osiyoning bir qancha regionlari, shaharlari, daryolari, Kaspiy (Abaskun) dengizi, Ozarbayjon yerlari, g‘arbda Bulg‘or va Mag‘rib yerlari, Andalus tog‘lari, shimolda Yevrosiyoning sovuq iqlimli yerlari, janubda to Hindiston yerlarigacha tasvirlangan. Haritada Afrikaning shimoliy qismidagi yuqori haroratli joylar, Sahroi Kabir cho‘llari, Misr, Habash va Zanji mamlakatlari ham alohida chegaralar bilan ko‘rsatilgan. Mahmud Qoshgariyning "Dunyo haritasi" XI asrda tuzilgan va o‘sha davr uchun ancha mukammal kartogrfik asar bo‘lgan.
XV asrning oxiri va XVI asrning boshlarida Zahiriddin Muhammad Bobur geografiya faniga o‘zining ilmiy asarlari bilan salmoqli ulushini qo‘shdi. Bobur Farg‘onada, Samarqandda, Afg‘onistonda, Hindistonda saltanatni boshkarish bilan birga bu viloyatlarning tabiiy sharoitini o‘rgandi. Keyinchalik ana shu o‘lkalarning daryo vodiylariga, tog‘ va tekisliklariga, o‘simliklariga, hayvonot dunyosi hamda aholisining urf-odatlariga o‘ziiing shoh asar hisoblangan "Boburnoma"da to‘liq tavsif berdi.
XIX asrda O‘rta va Markaziy Osiyoni rus sayyohlaridan P.P.Semyonov, N.M.Prjevalskiylar tadqiq etishni boshladilar. Bu sayyoxlar Tyanshan tog‘ tizmalarini, qumli cho‘llarni, tog‘ jinslarini, o‘simliklarni, ayrim tog‘ va tekislik ko‘llarini o‘rgandilar, ularning tavsifini yozdilar. Etnografik kuzatishlar olib bordilar. P.P.Semyonov o‘zining ilmiy xizmatlari evaziga Tyanshanskiy deb atalish huquqiga ega bo‘ldi.
1874 yilda I.V.Mushketov boshchiligidagi safar ishtirokchilari Turkistonning Sirdaryo havzasini va Tyanshan tog‘larining g‘arbiy qismini tabiiy sharoitini, geologik tuzilishini va qazilma boyliklarini tadqiq etishdi. 1900-1902 yillarda L.S.Berg Orol dengizining geologayasi, gidrologiyasi, iqlimi va hayvonot olamini mukammal o‘rganib "Orol dengizi" monografiyasini yozdi.
Yevrosiyo materigining O‘rta Osiyo tog‘-tekislik paragenetik landshaft o‘lkasini kompleks tadqiq qilishda O‘zbekistonlik tabiatshunos olimlarning xizmati katta. O‘rta Osiyo tabiiy hududiy komlekslarini "mukammal o‘rganish va tabiiy geografik rayonlashtirish borasida N.A.Korjenevskiy, V.M.Chetirkin, M.Qoriyev, L.N.Babushkin, N.A.Kogaylar katta ishlarni amalga oshirdilar.
1960 yillardan keyin A.A.Abdulqosimov O‘rta Osiyoning tog‘ oralig‘i botiqlarini, tabiiy va antropogen landshaftlarini kopleks tadqiq etib, ularning strukturasini tashkil etuvchi morfologik birliklarini turli masshtablarda haritalashtirdi, tabiiy geografik rayonlashtirdi, to‘siq landshaftlarni va landshatlar asimmetriyasini vujudga kelishini ilmiy asoslab berdi. L.A.Alibekov tog‘ va tekisliklarning o‘zaro aloqadorligini batafsil tekshirdi. A.A.Rafiqov O‘zbekistan hududini tabiiy meliorativ holatini, ekologiyasini, cho‘llashish jarayonini tahlil qilish borasida katta ishlarni bajardi. S.A.Nishonov Amudaryo va Sirdaryo oralig‘idagi arid iqlimni tabiat komlekslarini tadqiq qildi. O‘zbekistoning Zarafshon, Farg‘ona, Chirchik vodiylari, cho‘llari va tabiiy resurelari Z.M.Akramov, M.U.Umarov, P.Baratov, Yu.Sultonov, P.G‘ulomov, Sh.Zokirovlar tomonidan o‘rganildi. Tog‘lardagi karst hodisalariga va g‘orlarga M.Mamatqulov va M.Abdujabborovlarning asarlarida tafsilot berilgan.
Turkiston va O‘zbekistonning geologiyasi, geotektonikasi, foydali qazilmalari H.M.Hamroboyev, O.M.Akramxo‘jayev, iqlimi L.N.Babushkin, V.A.Bugayev, F.A.Mo‘minov, tuproq-o‘simlik qoplami, hayvonot dunyosi Q.Z.Zokirov, T.Z.Zohidov, Ye.P.Korovin, I.I.Granitov, M.M.Orifxonova, S.N.Rijov, A.Maxsudovlar tomonidan mukammal urganilgan. Turkiston tabiatini o‘rganish tarixi bilan H.Hasanov, A.Azatyan va R.Rahimbekovlar shug‘ullanganlar.
O‘zbekiston Geografiya jamiyatining Samarkand bo‘limi a’zolaridan bir guruhi Yevrosiyoiing g‘arbiy o‘lkalarini rang-barang landshaft komnlekslari bilan tanishishda va ularni tadqiq qilishda faol qatnashdilar. Yevropa Parlamentining tasis dasturiga muvofik A.A.Abdulkosimov boshchiligidagi Xalkaro ilmiy safar ishtirokchilari 1995-1998 yillarda Belgiya, Gollandiya, Fransiya, Italiya, Ispaniya va Germaniyada bo‘lishdi. Ular G‘arbiy Yevropaning Parij havzasi va Shimoliy tekisliklari, Alp tog‘lari, Pireney va Apennin yarim orollari, Atlantika okeanining La-Mansh va Pa-de-Kale bo‘g‘ozlari, Shimoliy, O‘rta va Adriatika dengizlari bilan yaqindan tanishdilar, bu regionlar to‘g‘risida ko‘plab geografik va kartografik ma’lumotlar to‘pladilar. Bu materiklardan G‘arbiy Yevropaning tabiiy geografik o‘lkalariga tavsif berishda keng foydalanildi va ular asos bo‘lib xizmat qildi.

Yüklə 133,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin