Yevrosiyoning geologik tuzilishi va foydali qazilmalari. Relyefi


Tabiiy sharoitining asosiy xususiyatlari



Yüklə 133,72 Kb.
səhifə3/13
tarix16.12.2023
ölçüsü133,72 Kb.
#180922
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
1350805488 19027

Tabiiy sharoitining asosiy xususiyatlari
Geografik o‘rni va chegaralari
Yevrosiyo Yer yuzidagi eng katta materik bo‘lib, u Shimoliy yarim sharda, ekvator bilan 77° sh.k. lar oralig‘ida joylashgan. Materikni shimoldan Shimoliy Muz okeani, g‘arbdan Atlantika okeani, sharqdan Tinch okeani va janubdan Hind okeani va ularning chekka dengizlari o‘rab olgan. Yevosiyoning materikdagi eng chekka nuktalari: shimolda Chelyuskin burni (77° 43 sh.k.), janubda Piay burni (1° 16 t.k.), g‘arbda Rok burni (9° 34’ g‘.u.) va sharqda Dejnyov burnidir (169° 40’ g‘.u.). Materikning eng keng joyi shimoldan janubga qarab 8 ming km ga va eng uzun joyi-g‘arbdan sharqqa 16 ming km masofaga yoki 90° kenglik bo‘ylab va 160° uzoqlik bo‘ylab cho‘zilgan. Yevrosiyoning umumiy maydoni 53,4 mln. km2. Yer yuzidagi quruqlikning 37% ili tashkil etadi va materiklar o‘rtasida maydoning kattaligi jihatidan birinchi o‘rinda turadi. Yevrosiyoda ikkita qit’a Yevropa va Osiyo joylashgan. Yevrosiyo materigining nomi ham ana shu ikki qita nomidan kelib chiqqan.
Binobarin, Yevrosiyo Yevropa bilan Osiyo qit’alaridan tashkil topgan bo‘lib, ular o‘rtasidagi chegara quruqliklardan va dengizlardan o‘tkazilgan. Quruqlikdagi chegarasi Uran tog‘lariniig sharqiy etaklari, Emba daryosi, Kaspiy dengizining shimoliy qirg‘oqlari va Kuma-Manich botig‘i orqali o‘tkaziladi. Suvlikdagi chegarasi esa Azov, Qora, Marmar, Egey va O‘rta dengizlari hamda ularni tutashtirib turuvchi Bosfor, Dardanel bo‘g‘ozlari orqali o‘tadi. O‘rta dengiz Atlantika okeani bilan Gibraltar bug‘ozi orqali tutashgan.
Yevrosiyoning maydonini kattaligi, geologik tuzilshi va rel’efining murakkabligi, qutbyoni va ekvatoryoni ketliklari orlig‘ida joylashganligi, okeanlarning ta’sir doirasi turli darajada bo‘lishi, materik tabiatining zonallik xususiyatlarini va landshaft tizimlarini xilma-xilligida, keskin farqlanishida namoyon bo‘lgan. Unint hududida hamma geografik mintaqalar, ya’ni arktika mintaqasidan boshlab, to ekvatorial mintaqagacha va ularni tarkibiy qismlarini tashkil etuvchi barcha landshaft zonalari tizimigacha o‘z ifodasini topgan. Har qaysi mintaqa o‘zining mustaqil havo massalariga ega. O‘tkinchi yoki oraliq mintaqalarda esa asosiy qo‘shni mintaqalardan esuvchi fasliy havo massalari hukmronlik qiladi.
Materikning kattaligi va okeanlar bilan o‘ralganligi har qaysi mintaqada ulkan maydonlarni egallab yotgan geografik sektorlarni vujudga keltiradi. Jumladan mo‘’tadil mintaqada Atlantika yoni sektori, ichki o‘tkinchi va ekstrakontinental sektorlar hamda tor polosadan iborat tinch okeanyoni sektori mavjud.
Materik qirg‘oqlarining parchalanishi va qirg‘oq chiziqlarining yo‘nalishi uning hamma tomonlarida bir xil emas. Yevrosiyoning tor g‘arbiy qismining qirg‘oqlari boshqa tomonlarga nisbatan kuchli parchalangan. Ayniqsa Atlantika okeanining dengizlari materik ichkarisiga ancha uzoqqa kirib borib, shimolda Skandinaviya yarim orolini, janubda Pireney, Apennin, Bolqon, Kichik Osiyo va Qrim yarim orollarini hosil qiladi. Bu yarim orollar bir-biridan bir necha dengizlar va bo‘g‘ozlar orqali ajralib turadi.
Yevrosiyoning keng sharqiy qismining janubiy qirg‘oqlari mo‘’tadil parchalangan. Uniig janubiy qismida katta maydonini egallab yotgan Arabiston va Hindiston yarim orollari joylashgan. Ularning Qirg‘oqlari Hind okeani suvlari bilan yuvilib turadi. Materikning janubiy-sharqiy qismida Hindixitoy va Malakka yarim orollari joylashgan. Ularning qirg‘oqlari g‘arb tomonda Hind okeaniniig Andaman dengizi va sharq tomonda Tinch okeannish janubiy Xitoy dengizi suvlari bilan yuvilib turadi. Yevrosiyoning janubiy qirg‘oqlari yaqinida shimoliy va sharqiy qirg‘oqlariga nisbatan yirik orollar juda kam, ulardan eng kattasi Shri-Lanka orolidir.
Yevrosiyoning Tinch okean o‘rab turgan sharqiy qirg‘oqlari ham yaxshi parchalaigan. Qirg‘oq yaqinidagi dengizlar Tinch okeanidan Kamchatka yarim oroli, Aleut, Kuril, Yaponiya, Filippin kabi orollar tizimlari bilan ajralib turadi. Yevrosiyoni shimol tomondan o‘rab turgan Shimoliy Muz okeani qirg‘oqlari nisbatan kamroq parchalangan va uniig dengizlari quruqlik chekkalarida joylashgan. Materikning bu qismida Kola, Yamal, Taymir, Chukotka yarim orollari va qirg‘oq yaqinlarida Shpitsbergen, Frans Iosif Yeri, Novaya Zemlya, Severnaya Zemlya, Novaya Sibir, Vrangel kabi arxipelaglar va orollar joylashgan.
Materikning shimoliy qirg‘oqlari katta masofada Shimoliy Muz okeani va uning dengizlari suvi bilan yuvilib turadi. Bular Norvegiya, Barens, Oq, Qara, Laptevlar, Sharqiy Sibir va Chukotka dengizlaridir. Ulardan faqatgina bitta - Oq dengaz quruqlik ichkarisiga kirgan. Shimoliy Muz okeani dengizlarining aksariyati shelfda joylashgan.
Yevrosiyoning sharqiy qirg‘oqlari Tinch okeanidan orollar tizimi orqali ajralib turgan Bering, Oxota, Yapon, Sariq, Sharqiy Xitoy va Janubiy Xitoy dengizlari bilan o‘ralib turadi. Bu dengizlar materikning shimoliy qirg‘oqlari yaqinidagi dengizlarga nisbatan ancha chuqur. Tinch okean dengizlaridan Bering, Oxota va Yapon dengizining eng shimoliy qismi qishda muz bilan qoplanadi. Qolgan dengizlarda Kurosio iliq oqimi o‘tadigan joylarda muz qoplami hosil bo‘lmaydi.
Materikning janubiy qirg‘oqlari uncha katta bo‘lmagan masofada Hind okeani va uning dengiz hamda qo‘ltiqlarining suvlari bilan yuvilib turadi. Bular Arabiston, Qizil, Andaman dengizlari hamda Bengaliya, Fors, Omon, Adan ko‘ltiqlaridir. Geografik joylashishiga ko‘ra ular ham ichki, ham chekka dengiz va qo‘ltiqlarga bo‘linadi.
Yevrosiyoning g‘arbiy qirg‘oqlarini Atlantika okeani va uniig chekka hamda ichki dengizlari o‘rab olgan. Okeanning janubi-sharqiy dengizlari quruqlikning ancha ichkarisiga kirib boradi. Materikning g‘arbiy qirg‘oqlarini Baltika, Shimoliy, O‘rta, Adriatika, Egey, Marmar, Qora va Azov dengizlarining suvlari yuvib turadi. Ularning aksariyati ichki dengizlar hisoblanadi.

Yüklə 133,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin