Yevrosiyoning geologik tuzilishi va foydali qazilmalari. Relyefi



Yüklə 133,72 Kb.
səhifə6/13
tarix16.12.2023
ölçüsü133,72 Kb.
#180922
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
1350805488 19027

Baykal burmalanishi oblaslari. Baykal burmalanishi materikning sharqiy qismi uchun harakterli bo‘lib, bu geologik strukturalar proterozoy erasi bilan paleozoy erasi o‘rtalig‘ida, aniqrog‘i proterozoyning oxiri va kembriyning boshida geosinklinal tipdagi harakatchan chekka zonalarda vujudaa kelgan. Bu bosqichda hosil bo‘lgan strukturalar relefi burmali-palaxsali tog‘lardan: Sharqiy Sayan, Yenisey kryaji, Tunkin tog‘lari, Hamar-Daban, Baykalbo‘yi, Shimoliy Baykal, Olyokma-Vitim tog‘liklari hamda Vitim yassi tog‘ligidan iborat. Bu strukturalar Sibir platformasini g‘arb, janub va janubi-sharqdan yarim halqa sifatida o‘rab olgan. Baykal burmalanishi bosqichida vujudga kelgan tog‘larning va yassi tog‘liklarning geologik tuzilishi kembriydan oldingi va undan keyingi tog‘ jinslaridan tarkib topgan. Bu mintaqada ayniqsa granit intruziyalari va oqib chiqkan trappa magmalari ko‘p uchraydi.
Paleozoy burmalanishi oblastlari. Paleozoy erasida yuz bergan tog‘ hosil bo‘lishi jarayonlari ikki bosqichdan-kaledon yoki quyi paleozoy burmalanishidan va gersin yoki yuqori paleozoy burmalanishidan iborat.
Kaledon (quyi paleozoy) burmalanishida hosil bo‘lgan strukturalar Atlantika geosinklinal mintaqasida bir necha oblastlarni tashkil etadi. Bular Skandinaviya yarim orolidagi tog‘lar, Buyuk Britaniyaning shimoliy qismi va boshqalar. Kaledon burmalanishi natijasida Yevrosiyo geosinklinal mintaqasida Markaziy Fransiya massivi, Janubiy Yevrosiyoning bir qismi, Kichik Osiyo va Eron tog‘liklari, palaxsali o‘rtaliq massivlari shakllandi. Materikning markaziy va sharqiy qismlarida G‘arbiy Sayan, Kuznesk Olatovi, Salair kryaji, Oltoyning sharqiy rayonlari, Qozog‘iston burmali tog‘larining g‘arbiy qismi, Tyanshanning shimoliy yoylaridagi burmali tog‘lar, Tannu-Ola tog‘larining katta qismi va Xitoyning janubi-sharqidagi burmalangan tizmalar hosil bo‘ldi. Kaledon burmalanishi qisman Uralda, Novaya Zemlyada, G‘arbiy Sibir tekisligiga yondosh bo‘lgan joylarda ham sodir bo‘lgan. Quyi paleozoyning tog‘ jinslari kuchli burmalangan va metamorflashgan.

Yüklə 133,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin