Yevrosiyoning geologik tuzilishi va foydali qazilmalari. Relyefi



Yüklə 133,72 Kb.
səhifə8/13
tarix16.12.2023
ölçüsü133,72 Kb.
#180922
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
1350805488 19027

Yer qimirlash va vulkanlar
Yevrosiyoning janubiy qismidan Yer kurasining juda katta Yevropa-Osiyo seysmik mintaqasi o‘tadi, sharqiy chekkasidan esa Tinch okean seysmik mintaqasi o‘tadi. Bu mintaqalar eng serharakat joylar hisoblanadi. Yer yuzida ro‘y beradigan kuchli zilzilalarning aksariyati shu mintaqalarga to‘g‘ri keladi. Yer qimirlash tabiiy ofat jarayonlarining bir turi bo‘lib, uning shavqatsiz silkinishidan kishilar, shaharlar, kurilishlar katta talofat ko‘radi. Masalan, 1923 yilda yer qimirlash natijasida Yaponiyaning poytaxti Tokio, 1948 yilda Turkmanistonning poytaxti Ashxabod, 1995 yilning yanvar oyida Yaponiyaning Kobe shahri to‘liq vayron bo‘ldi. 1966 yildagi yer qimirlash Toshkent shahrida juda katta zarar yetkazdi. 1998 yilda Afg‘onistonda sodir bo‘lgan kuchli zilzila natijasida o‘nlab qishloqlar to‘lik vayron bo‘ldi, minglab aholi qurbon bo‘ldi va boshpanasiz qoldi.
Hozirgi paytda olimlar Yer po‘stida ro‘y beradigan jarayonlarni har tomonlama o‘rganishga kirishganlar. Tabiatda sodir bo‘ladigan bunday dahshatli hodisalarni har tomonlama mukammal o‘rganish yer qimirlashning qayerda va qachon bo‘lishini oldindan aytib berishga hamda aholini ogohlantirishga yordam beradi.
Vulkanlarning geografik tarqalishi ham zilzilalar singari Yer po‘stining seysmik mintaqalari bilan chambarchas bog‘liq. Vulkanlar ayniqsa Tinch okean "Olovli xalqasi"da keng tarqalgan. Shuning uchun ham Yevropa-Osiyo seysmik mintaqasi Yer seysmik energiyasining 15% ini shu mintaqada sarf qilsa, Tinch okean seysmik mintaqasi esa Yer seysmik energiyasining 80% ga yaqinini shu yerda sarf qiladi. Yevrosiyodagi otilib turadagan eng katta, eng baland va guzal vulkan Kamchatka yarim orolidagi Klyuchi Sopkasi bo‘lib, uning balandligi 4750 m, kraterining diametri 500 m, uning yon bag‘rlarida 60 dan ziyod qo‘shimcha konuslar ko‘tarilib turibdi. Klyuchi Sopkasining cho‘qqisi qor va muzliklar bilam qoplangan. Ularning quyi chegarasi dengiz sathidan 1500-2000 m balandlikdan boshlanadi. Vulkanning otilishi juda dahshatli bo‘lib, gulduragan ovozi 250-300 km gacha boradi. Harakatdagi vulkanlar Kuril, Yaponiya, Ryukyu, Filippin, Katta Zond orollarida keng tarkalgan.
O‘rta dengiz orollari va sohillarida, Arman tog‘ligida, Kavkaz tog‘larida ham vulkanlar ko‘p. Masalan, Katta Kavkaz tog‘ tizmasidan Kazbek va Elbrus tog‘ cho‘qqilari to‘rtlamchi davr boshlarida harakatdagi vulkanlar bo‘lib, hozir so‘ngan vulkanlar qatoriga kiradi.
Seysmik mintaqalarning serharakat joylarida vulkanlardan tashqari geyzer buloqlari ham otilib turadi. Geyzerlar ayniqsa Kamchatka yarim orolining sharqiy sohillarida ko‘p uchraydi. Bulardan eng yiriklari Troynoy, Fontan va Velikan geyzerlari hisoblanadi. Velikan geyzerining maydonchasi 30x40 m, chuqurligi 3 m, o‘rtacha har 4 soatu 10 minutda bir marta otiladi va 2 minut davom etadi. Uncha katta bulmagan geyzerlar Kamchatkaning janubida, Paujet buloqlari rayonida uchraydi. Geyzer buloqlari birinchi marta 1755 yilda S.P.Krasheninnikov tomonidan kashf etilgan.
Geyzerlar yer qa’ridan otilib chiquvchi qaynoq suvlardir. Geyzerlarning xalq xo‘jaligida ahamiyati juda katta. Qaynoq suv bug‘i elektr stansiyalarning turbinalarini bemalol aylantira oladi. Bunday elektr stansiyasi Kamchatkada qurilgan. Geyzer suvlaridan uylarni, korxonalarni va issiqxonalarni isitish uchun foydalaniladi.

Yüklə 133,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin