Yog’ mahsulotlarini sifatini nazorat qilish kirish I


Viskozimetrik usulda suyuqliklar qovushqoqligini o’lchash



Yüklə 1,33 Mb.
səhifə13/23
tarix04.03.2023
ölçüsü1,33 Mb.
#86637
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   23
MAXAMATOV SHERZOD YANDASHOVICH

1.4 Viskozimetrik usulda suyuqliklar qovushqoqligini o’lchash
Suyuqliklar qovushqoqligini kapillyar viskozimetrlar yordamida o’lchash Puazeyl qonuniga asoslangan bo’lib, bu qonun kapillyar orqali oqayotgan suyuqlikning sarflanishi, kapillyar parametrlari va kapillyar uchlarida bosimning farqi o’rtasidagi bog’liqlikni belgilaydi.
Suyuqliklarning kinematik qovushqoqligini o’lchash uchun shisha kapillyar viskozimetrlar qo’llandi; suyuqlik kapillyar orqali bemalol oqib o’tadi. Ko’rsatib o’tilgan viskozimetrlar yordamida qovushqoqlikni o’lchash nisbiy usul bilan olib boriladi, buning uchun avvalo viskozimetrni qovushqoqligi ma’lum bo’lgan suyuqliklar bo’yicha darajalarga bo’lib chiqiladi.
Kinematik qovushqoqlikning SI tizimidagi birligi m2/s dir. GOST 8.417-81 SI tizimidan tashqari birlik sifatida Stoks birligidan foydalanishga yo’l qo’yadi:
1St = 1sm2/s =10-4 m2/s
Tekshirilayotgan suyuqlikning kinematik qovushqoqligi aniqlanayotganda, ushbu asbobdagi suyuqlik o’zgarmas hajmi o’tish vaqtini o’lchashga asoslaniladi va kinematik qovushqoqlik quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi:
(1.25)
bu yerda:
 – tekshirilayotgan suyuqlik qovushqoqligi, sSt;
C – viskozimetr doimiyligi, sSt/s;
τ – suyuqlikning muayyan hajmi tugallanish vaqti, s;
g – o’lchash olib borilayotgan joydagi erkin tushishning tezlanishi, m2/s;
g = 9,807 m2/s – erkin tushishning normal tezlanishi.
Shisha kapillyar viskozimetrlarni qiyoslash usulining mohiyati ilgari namunaviy kapillyar viskozimetrlarda attestatsiyadan o’tkazilgan graduirovka suyuqligining kinematik qovushqoqligi υ ni o’lchash asosida viskozimetrning S doimiyligini aniqlashdan iborat.
VU tipidagi shartli qovushqoqlik viskozimetrlari neft mahsulotlari va sinov davomida to’xtovsiz oqim hosil qiluvchi suyuqliklarning shartli qovushqoqligini o’lchashda qo’llanadi. Shartli qovushqoqlik o’lchash metodi GOST 6258-52 da nazarda tutilgan metodga asoslangan.
Tekshirilayotgan suyuqlikning 200 ml ma’lum temperaturada viskozimetrning oqish trubkasi orqali oqib tugashiga ketgan vaqtning shu asbobning uzidan 20 0C da 200 ml distillangan suvning oqib tugashiga ketgan vaqtga nisbati shartli qovushqoqlik deb ataladi.
Tekshirilayotgan suyuqlikning shartli qovushqoqligi VU ni
t-temperaturada shartli birliklarda quyidagi formulaga ko’ra hisoblanadi:
(1.26)
bu yerda:
τt – viskozimetrdan tekshirilayotgan suyuqlikning 200 ml
t-temperaturada oqib tugaydigan vaqti;
τ ­– viskozimetrdan 200 ml distillangan suvning t – 20 0C da oqib tushish vaqti.
τ kattaligini viskozimetr doimiyligi yoki suv raqami deb ataladi. GOST 6209-72 ko’ra VU tipidagi viskozimetrning doimiyligi qiymati τ =(51+1) s. Viskozimetr doimiyligi mazkur priborlarning metrologik harakteristikasi bo’lib, GOST 8.290-78da bayon qilingan metodika bo’yicha har 4 oyda 1marta nazorat qilinishi lozim.
VU tipidagi shartli qovushqoqlik viskozimetrlarni qiyoslash GOST 8.290-78 talablariga muvofiq quyidagi sharoitda o’tkaziladi:
– o’lchash vaqtida atrofdagi havo temperaturasi 20±5 0C;
– viskozimetr rezervuaridagi suv temperaturasi o’lchash vaqtida 20+ 0,25 0S;
GOST 8.290-78 ga ko’ra qiyoslashni o’tkazish vaqtida quyidagi operatsiyalar o’tkaziladi:
1) tashqi ko’zdan kechirish;
2) viskozimetr doimiyligini aniqlash.
Sharikli viskozimetrlarning ishlash printsipini Stoks tomonidan ishlab chiqilgan tushayotgan shar metodiga asoslangan. SHarning qovushqoq muhitdagi harakatining kichik tezligi uchun Stoks qonun kashf qilgan bo’lib, bu qonun sharga ta’sir qilayotgan kuch, muhit qovushqoqligi harakat tezligi va shar o’lchamlari o’rtasidagi bog’liqlikni aniqlaydi. Stoks metodi asosan sharning tekshirilayotgan suyuqlikda og’irlik kuchi ta’sirida harakat qilishi holati uchun rivojlantirildi.
SHarikli viskozimetrlar suyuqliklarning dinamik qovushqoqligini o’lchash uchun qo’llanadi. Dinamik qovushqoqlikning SI dagi birligi – paskal sekunda Pac.
GOST 8.417-81 dinamik qovushqoqlikning SI sistemadan tashqari birligi – puazdan foydalanishga yo’l qo’yadi:
1 puaz = 10-1 Pas.
Sharikli viskozimetrlar ichida eng ko’p tarqalgani Geppler viskozimetrlaridir.
Geppler viskozimetrlarini qiyoslash RD 50-366-82 metodik ko’rsatmalariga muvofiq holda olib boriladi. Viskozimetrlarni qiyoslash vaqtida quyidagi shartlarga rioya qilish lozim:
- qiyoslash o’tkazilayotgan xona havosining temperaturasi – (20±5) 0C;
- graduirovka suyuqligi temperaturasi 20 0C;
- o’lchash vaqtida graduirovka suyuqligi temperaturasining o’zgarishi 0,02 0C dan oshmasligi kerak;
Viskozimetrlarni qiyoslashda quyidagi operatsiyalar bajariladi:
- tashqi ko’zdan kechirish;
- viskozimetrga ilova qilingan shariklar komplekti uchun doimiyliklarni aniqlash.

Yüklə 1,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin