Yog’ mahsulotlarini sifatini nazorat qilish kirish I


Yog‘-moy mahsulotlarini muomalaga chiqarishga qo‘yiladigan talablar



Yüklə 1,33 Mb.
səhifə9/23
tarix04.03.2023
ölçüsü1,33 Mb.
#86637
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   23
MAXAMATOV SHERZOD YANDASHOVICH

Yog‘-moy mahsulotlarini muomalaga chiqarishga qo‘yiladigan talablar

  • 65. Yog‘-moy mahsulotlarining har bir turkumi yog‘-moy mahsulotlarining Texnik reglament talablariga muvofiqligini tasdiqlovchi ma’lumot kiritilgan jo‘natish hujjatlari bilan muomalaga chiqarilishi kerak.

  • 66. Texnik reglament talablariga javob bermaydigan yog‘-moy mahsulotlari muomalaga chiqarilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

  • 67. Muomalaga chiqarilgan yog‘-moy mahsulotlarining Texnik reglament talablariga nomuvofiqligi aniqlanganda yog‘-moy mahsulotining egasi tomonidan muomaladan chiqarilib Texnik reglamentning muvofiq qaytarib olinadi va utilizatsiya qilinadi (qayta ishlanadi).

  • Yog‘-moy mahsulotlarini sotish jarayonlariga qo‘yiladigan talablar

  • 68. Yog‘-moy mahsulotlarini sotuvga chiqarishda ularning ozuqaviy yog‘-moy mahsulotlari uchun — yaroqlilik muddati, ozuqaviy bo‘lmagan yog‘-moy mahsulotlari uchun saqlash muddati davomida mazkur Texnik reglament talablariga asosan xavfsizligi ta’minlanishi kerak.

  • Yog‘-moy mahsulotlaridan namuna olish, identifikatsiya qilish va muvofiqligini baholash va sinovdan o‘tkazish

  • Identifikatsiya qilish

  • 69. Identifikatsiya qilish deganda muvofiqlikni baholash maqsadida taqdim etilgan yog‘-moy mahsulotlarining qo‘shib jo‘natiladigan hujjatlari va tamg‘alashda ko‘rsatilgan aniq belgilariga o‘xshashligi aniqlanishi tushuniladi.

  • 70. Yog‘-moy mahsulotlarini idenfikatsiya qilish mahsulot nomlanishi va (yoki) mahsulotning mazkur Texnik reglamentda ushbu mahsulot ta’rifida keltirilgan, vizual va (yoki) orgonaleptik va (yoki) analitik usulda aniqlangan belgilari bo‘yicha amalga oshiriladi.

  • Yog‘-moy mahsulotlarini identifikatsiyalash quyidagi bir va (yoki) bir necha usulda amalga oshiriladi:

  • nomlanishi bo‘yicha — iste’mol qadog‘idagi tamg‘alashda va/yoki mahsulotning yuk hujjatlarida ko‘rsatilgan yog‘-moy mahsuloti nomlanishi va qo‘llanishini yog‘-moy mahsulotlarining turini aniqlashda belgilangan nomlanishi bilan solishtirgan holda;

  • ko‘z bilan ko‘rish (vizual) usuli — yog‘-moy mahsulotini tashqi ko‘rinishini ushbu Texnik reglamentning va unga va ta’rifda keltirilgan belgilar bilan solishtirish;

  • organoleptik usul — yog‘-moy mahsulotlarining organoleptik ko‘rsatkichlarini mazkur Texnik reglamentda ushbu yog‘-moy mahsulotlari uchun keltirilgan ta’rifdagi belgilarga solishtirish yo‘li bilan identifikatsiya qilinadi. Organoleptik usul yog‘-moy mahsulotini nomlanishi va vizual usul bilan idenfikatsiyalashning imkoni bo‘lmagan holda qo‘llaniladi. Mahsulotda mikrobli buzilish alomatlari bo‘lgan holda mahsulotning organoleptik ko‘rsatkichlarini baxolash istisno qilinadi;

  • tahlil qilish usuli — yog‘-moy mahsulotlarining fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlarini ushbu Texnik reglamentning va unga va keltirilgan belgilarga muvofiqligini tekshirish yo‘li bilan identifikatsiya qilinadi. Tahlil qilish usulidan yog‘-moy mahsulotini nomlanishi, vizual yoki organoleptik usullar bilan identifikatsiyalashning imkoni bo‘lmaganda qo‘llaniladi.

  • 71. Mazkur Texnik reglamentdagi texnik jihatdan tartibga solish obyektlariga tegishliligini aniqlash maqsadida ishlab chiqarish, saqlash, tashish va sotish jarayonlarini identifikatsiyalashda bu jarayonlar aynan yog‘-moy mahsulotlarini ishlab chiqarish, saqlash va sotish maqsadida amalga oshirilishi va ushbu mahsulotga bo‘lgan xavfsizlik talablari ta’minlanishiga ishonch hosil qilinishi kerak. Ishlab chiqarish, saqlash, tashish va sotish jarayonlarini identifikatsiyalash ushbu jarayonlarni ko‘z bilan ko‘rib baholash orqali amalga oshiriladi.

  • 72. Identifikatsiyalash keng qamrovli baholash tusiga ega bo‘lib, unda yog‘-moy mahsulotlarini organoleptik va fizik-kimyoviy tahlil qilish usullari hamda mahsulotlarning qalbakilashtirilishini aniqlashga imkon beradigan, shu jumladan, fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlarning (o‘simlik moylarida eruk kislotasi, yog‘ kislotalari tarkibi va yog‘ kislotasi trans izomerlari) sinov usullari qo‘llaniladi.

  • O‘simlik moylarining tarkibi va fizik-kimyoviy xossalari (qalbakilashtirishni aniqlash uchun) muvofiq amalga oshiriladi.

  • Ozuqaviy yog‘-moy mahsulotlarini qalbakilashtirish turlari:

  • o‘simlik moylari, margarin va mayonez mahsulotlarini assortiment qalbakilashtirish — foydali va qimmat moylarni (zaytun, makkajo‘xori) narxi jihatidan arzon moylar (soya, raps) bilan almashtirish, amaldagi retsepturaning e’lon qilingan tarkibiga amal qilinmasligi yoki yuqori sifatli va ma’lum maqsadga mo‘ljallangan mahsulotlarni oddiy yog‘-moy mahsulotlariga almashtirish;

  • sifati bo‘yicha qalbakilashtirish — kam tozalangan moylar, misol uchun texnik maqsadlar uchun mo‘ljallangan palma moyini ishlatish, shuningdek, sut yog‘ini o‘simlik moylari va yog‘lariga almashtirish.

  • Yog‘-moy mahsulotlari, agar ularga qo‘shib jo‘natilgan hujjatlardagi va yorliqlardagi ma’lumotlar ushbu Texnik reglamentda belgilangan nomlanish va (yoki) identifikatsiya qilish qo‘rsatkichlariga to‘g‘ri kelmasa yoki noto‘g‘ri bo‘lsa, qalbakilashtirilgan hisoblanadi va majburiy ravishda chaqirib olinishi kerak.

  • 73. Oziq-ovqat xavfsizligini nazorat qilish funksiyalarini amalga oshiruvchi vakolatli organlar qalbakilashtirilgan yog‘-moy mahsulotlarini ishlab chiqarish va sotishni qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda to‘xtatib turish va bu haqida iste’molchilarni xabardor qilish choralarini ko‘radilar.




    1. Ozuqaviy yog‘-moy mahsulotlaridagi zaharli elementlarning ruxsat etilgan miqdori


      Yüklə 1,33 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   23




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin