Yog’ mahsulotlarini sifatini nazorat qilish kirish I


Yog‘-moy mahsulotlarini qadoqlashga qo‘yiladigan talablar



Yüklə 1,33 Mb.
səhifə6/23
tarix04.03.2023
ölçüsü1,33 Mb.
#86637
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
MAXAMATOV SHERZOD YANDASHOVICH

Yog‘-moy mahsulotlarini qadoqlashga qo‘yiladigan talablar

  1. 17. Yog‘-moy mahsulotlarining qadog‘i, ozuqaviy yog‘-moy mahsulotlarining yaroqlilik muddati va ozuqaviy bo‘lmagan yog‘-moy mahsulotlarining saqlanish muddati mobaynida muomalada bo‘lganda mahsulot xavfsizligini va identifikatsiya qilish belgilari o‘zgarmasligi ta’minlanishi lozim.

  2. 18. Ozuqaviy yog‘-moy mahsulotining iste’mol qadog‘i shikastlanganda yog‘-moy mahsulotlarining egasi tomonidan mustaqil ravishda yoki vakolatli idoralarning ogohlantirishiga ko‘ra muomaladan chiqarib tashlanishi kerak.

  3. 19. Yog‘-moy mahsulotlariga tegib turadigan qadoqlar (qadoqlash uchun ishlatiladigan materiallar) Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 7-iyuldagi 476-son bilan tasdiqlangan Oziq-ovqat mahsulotlariga tegib turadigan qadoqlarning xavfsizligi to‘g‘risidagi Umumiy texnik reglament talablariga muvofiq bo‘lishi kerak.

  4. 20. Ishlatilgan qadoq materialini inson hayoti, sog‘lig‘i muhofazasi va atrof muhit xavfsizligini ta’minlash maqsadida qayta ishlash, utilizatsiya qilish va yo‘q qilish imkoni bo‘lishi lozim.

  5. Yog‘-moy mahsulotlarini tamg‘alashga qo‘yiladigan talablar

  6. 21. Yog‘-moy mahsulotlarini tamg‘alash Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 12-iyuldagi 490-son qarori bilan tasdiqlangan Oziq-ovqat mahsulotini tamg‘alash yuzasidan uning xavfsizligi to‘g‘risidagi Umumiy talablariga muvofiq amalga oshiriladi.

  7. 22. Ozuqaviy yog‘-moy mahsulotlarini tamg‘alashdagi ma’lumotlar davlat tilida bayon qilinadi. Mazkur ma’lumot yana boshqa tillarda ham bayon etilishi mumkin, bunda uning mazmuni davlat tilidagi ma’lumot mazmuni bilan bir xil bo‘lishi lozim.

  8. . Tamg‘alashda ushbu Texnik reglamentning va unga va ko‘zda tutilgan ta’riflar asosida shakllangan mahsulotlar nomidagi so‘zlar tartibini o‘zgartirishga yo‘l qo‘yiladi. Masalan: “rafinatsiyalangan dezodoratsiyalangan soya moyi”, “soya moyi rafinatsiyalangan dezodoratsiyalangan”, “yog‘ pishiriq uchun”, “pishiriq uchun yog‘”, “mayonezli sous”, “sous mayonezli” va boshqalar.

. Margarin va spredlarning nomlarida “yog‘” so‘zini, u bilan bir xil o‘zakli so‘zlarni, shuningdek, “yog‘” so‘zini o‘z ichiga olgan iboralarni ishlatishga yo‘l qo‘yilmaydi.

  1. . Ozuqaviy yog‘-moy mahsulotlari qadog‘idagi tamg‘alash tushunarli, oson o‘qiladigan, aniq va iste’molchilarni chalg‘itishga olib kelmaydigan bo‘lishi, bunda yozuvlar, belgilar, ramzlar tamg‘alash joylashtirilgan fondan farq qilishi kerak.

  2. Yaroqlilik muddati va ishlab chiqarilgan sana uchun shrift o‘lchami mm da quyidagicha bo‘lishi lozim:

  3. mahsulot massasi 100 grammgacha bo‘lganda — 2,8 mm dan kam emas;

  4. mahsulot masssasi 100 grammdan ko‘p bo‘lganda — 3,2 mm dan kam emas.

  5. 26. Ozuqaviy yog‘-moy mahsulotlarining iste’mol qadog‘ini tamg‘alashda quyidagi ma’lumotlar keltirilishi kerak:

  6. Texnik reglamentning va unga ko‘rsatilgan nomlanishga muvofiq ozuqaviy yog‘-moy mahsulotlarining nomi;

  7. Texnik reglamentga muvofiq o‘simlik moyi olinadigan moyli xomashyoning nomidan kelib chiqib o‘simlik moyi turlarining nomlanishi (zaytun moyining nomlanishi Texnik reglamentga muvofiq ko‘rsatiladi) hamda ushbu moyning ma’lum tozalanish jarayonlaridan o‘tganidan kelib chiqib tozalanganlik darajasida ko‘rsatiladi, masalan, “rafinatsiyalanmagan kungaboqar moyi” yoki “rafinatsiyalangan soya moyi” yoki “rafinatsiyalangan dezodoratsiyalangan raps moyi” va boshqalar;

  8. o‘simlik qo‘shimchalari qo‘shilgan o‘simlik moyi nomiga, mahsulotga qo‘shilgan o‘simlik qo‘shimchasining nomi ko‘rsatilishiga ruxsat etiladi;

  9. xushbo‘ylantirilgan o‘simlik moyi uchun (tegishli xushbo‘y qo‘shimchaning nomi ko‘rsatilgan) xushbo‘yli “(o‘simlik moyi olingan xomashyo nomiga asosan moy turi) moy”; o‘simlik ekstrakti qo‘shilgan o‘simlik moyi uchun “(ekstrakt olinadigan o‘simlik nomi) ekstraktli (o‘simlik moyi olingan xomashyo nomiga asosan moy turi) moy” nomlanishiga ruxsat beriladi; vitaminlar qo‘shilgan o‘simlik moyi uchun “vitaminlashtirilgan (o‘simlik moyi olingan xomashyo nomiga asosan moy turi) moy” nomlanishi ko‘rsatiladi;

  10. o‘simlik moyi aralashmalari (omuxta) uchun — o‘simlik moylarini nomlari texnik jihatdan tartibga solish obyektlari nomini ko‘rsatmasdan ularning massa ulushi kamayishi tartibida ko‘rsatilishiga ruxsat beriladi, masalan, “o‘simlik moyi omuxtasi”, “kungaboqar-soya moyi”, “paxta-maxsar moyi”;

  11. o‘simlik moylari fraksiyalari uchun — nomlanishda fraksiyalangan moy turining nomi va fraksiyasi nomi ko‘rsatiladi, masalan, “paxta palmitini”, “palma oleini” va boshqalar;

  12. mahsus qo‘llanishga mo‘ljallangan yog‘lar uchun — nomlanishda texnik jixatdan tartibga solish obyektining nomi — “maxsus qo‘llanishga mo‘ljallangan yog‘” ko‘rsatiladi, bundan tashqari ishlatiladigan yog‘ning qo‘llanilishiga muvofiq nomi kiritilishiga, masalan, “qandolatchilik yog‘i”, “novvoychilik yog‘i” va boshqalarga ruxsat beriladi.

  13. 27. Bitta ingrediyentdan tashkil topgan ozuqaviy yog‘-moy mahsulotlariga, agar mahsulotlarning nomi ushbu ingrediyentning nomiga mos keladigan bo‘lsa, yog‘-moy mahsulotlari tarkibini ko‘rsatish shart emas.

  14. 28. Yog‘-moy mahsulotlarining ozuqaviy qiymati (mahsulotning 100 grammidagi energetik qiymati, oqsillar, yog‘lar, uglevodlar, vitaminlar, makro- va mikroelementlar) ko‘rsatiladi.

  15. Oqsillar, yog‘lar, uglevodlar va kaloriyaliligi energetik qiymati to‘g‘risida ma’lumot ularning 100 gramm oziq-ovqat mahsulotidagi qiymati kamida 2


Yüklə 1,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin