Osiyoni bosib olgach, ipakchilik bilan koloniyalarni shug‘ullantirish, pilla
tayyorlash miqdorini yildan-yilga oshirib bordi, ipakchilik birmuncha rivojlandi.
Natijada ayrim joylarda maxsus qurtxonalar qurish, tut o‘stirish va qurt
boqish ishlari rivojlana boshlaydi .
Kavkaz respublikalari pillachiligi tarixi uzoq o‘tmishga ega, lekin bunga oid
ma’lumotlar juda kam. Tarixiy manbalardan ma’lum bo‘lishicha, Kavkazga
pillachilik V asrda kirib keldi. Faqat XIV asrdagina biroz rivojlandi. U Shirvon,
Gruziya, Qorabog‘ va Lezgistonda keng tarqaldi. Shemaxa Kavkaz orti
mamlakatlari pillachilikning markazi bo‘lganligi bayon etilgan..
M.Eyvazov (1968) ning ma’lumotiga ko‘ra Ozarbayjonda XVIII asrdayoq
pillachilik Sheki, Tog‘li Qorabog‘, Naxchevan, Shemaxada yaxshi rivojlangan. U
yerdan ipak Italiya, Iroq, Eron va boshqa mamlakatlarga eksport qilinardi. Ipakdan
tashqari Yevropaga ipak qurti urug‘ini ham chiqarilgan..
Pillachilik u yerda ayniqsa XIX asr va XX asr boshlarida yanada rivojlandi,
lekin juda qoloq texnikaga asoslangan, ilm-fan bilan bog‘lanmagani uchun pilla va
ipakning sifati zamon talabi darajasiga yetmagan.
« Туркистанские ведомости » [3] jurnalida yozilishicha: «Turkiston
o‘lkasini Rossiya bosib olgan paytda bu yerda pillachilik yaxshi rivojlangan bo‘lib,
har yili 100 ming pud ipak tayyorlanib, uning 20 ming pudi Rossiyaga jo‘natilgan».
Dostları ilə paylaş: