Yosh davrlar psixologiyasi fanining predmeti va


Ijtimoiy sharoitning yaxshilanishi nazariyasi



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/31
tarix06.07.2022
ölçüsü1,18 Mb.
#62672
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   31
yosh davrlar psixologiyasi-страницы-43-123

Ijtimoiy sharoitning yaxshilanishi nazariyasi. Insonlarning turmush 
tarzi va yashash sharoitlarining yaxshilanib borishi, xuquq va erkinlik haqidagi 
bilimlarning ortib borishi, tibbiy-profilaktik tadbirlarning amalga oshirilishi
iste‟mol qilinadigan maxsulotlar sifatining ortishi, ota-onadan farzandga nasliy 
belgilarning bir tekis o„tishi kabi omillar akseleratsiya jarayonini tezlashtiradi, 
degan fikr turli mamlakat olimlari tadqiqotlarida keng tarqalgan. Ularning 
talqinicha insonlar turmush sharoitining yaxshilanishi, ular uchun yaratilayotgan 
qulayliklar, imkoniyatlarni ro„yobga chiqarish uchun shart-sharoitlarning 
mavjudligi psixik taraqqiyotning tezlashishiga zamin xozirlashi mumkin. Ushbu 
nazariyada muammoni yoritishga atroflicha yondoshilganligi yaqqol ko„zga 
tashlanadi. Xaqiqatdan ham kishilar uchun ijtimoiy shart-sharoitlar to„liq yaratib 
berilsa, uning ta‟sir kuchi yanada ortishi muqarrardir. 
Ijtimoiy akseleratsiya nazariyasi. Bu ilmiy nazariyaning asoschilaridan 
biri, yirik fiziolog olim A.A.Markosyanning ta‟kidlashicha xozirgi zamon 
kishisida mavjud bilimlar, va ma‟lumotlar xajmini yigirmanchi asr 
Ta‟lim-tarbiya sharoitlarida o„quvchilarning Yosh va psixologik 
xususiyatlarini xisobga olish zarur. YA‟ni mazkur yoshdagi bolalarning 
talablariga, imkoniyatlariga, xususiyatlariga mos keladigan pedagogik ish 
formalari, metodlari va vositalarini qo„llash tushuniladi. Lekin Yosh sxemasi
o„z moxiyatiga ko„ra, umumiy xarakterga ega. Ana shuning uchun ham mazkur 
yoshdagi bolaga, maktab o„quvchilariga nisbatan maqsadga muvofiq ta‟lim-
tarbiya tadbirlarini tanlashda Yosh sxemasining bir o„zi etarli emas. Yosh 
xususiyati bilan birga tarbiyalanuvchining individual xususiyatlarini ham 
xisobga olish kerak va ana shu individual xususiyatlariga mos ravishda 
o„quvchiga nisbatan individual munosabatda bo„lish lozim. Ta‟lim va 
tarbiyaning vazifasi bolada, maktab o„quvchisida, birinchidan mazkur Yosh 
bosqichida yuksak rivojlanish darajasini xarakterlab beradigan va ikkinchidan
bolani, maktab o„quvchisini keyingi Yosh bosqichiga, ya‟ni psixik 
rivojlanishning yanada yuksakroq darajasiga qonuniy ravishda o„tishga 
tayyorlaydigan psixik xususiyatlarini, xislatlarning va sifatlarni shakllantirishdir. 
Taraqqiyotning har bir Yosh bosqichi o„zining rivojlanish omillariga, 
qonuniyatlariga, yangiliklari va o„zgarishlariga ega bo„lib, ular shaxsning 
xarakteri, temperamenti, iqtidori, bilish jarayonlariga bevosita ta‟sirini o„tkazadi. 
Yosh taraqqiyoti davrlarining ham sifat, ham miqdor o„zgarishlariga 
ega bo„lgan ko„rsatkichlari borki, amaliy psixologiya har bir Yosh 
xususiyatlarni ana shu ikkala ko„rsatgich nuqtai nazaridan o„rganishi hamda 


shaxs xulqini boshqarish va ta‟sir ko„rsatishda ularga tayanmog„i lozim. 
Umuman psixologiyada isbot qilingan faktlardan biri shuki, turli davrlardagi 
inson taraqqiyoti o„ta murakkab jarayon bo„lib, har bir davrning o„z 
qonuniyatlari mavjud. Har bir bosqichda shaxsnng biror bir xususiyatlari 
o„zining etuklik fazasiga erishadi.masalan, olamni sensor jihatdan bilishning 
etuklik fazasi 18-25 yoshlarda, intelektual ijodiy etuklik - 35 yoshlarda 
shaxsning etukligi 50-60 yoshlarga kelib eng yuqori nuqtasiga erishadi. SHunga 
o„xshash hususiyatlar insonning butun umri mobaynida muttasil kamolga etib
rivojlanib borishini ta‟minlaydi. 

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin