Aqliy qobiliyatning yoshga bog„lik xolda o„zgarishi.
Aqliy qobiliyatlarning individual asoslari o„rtasidagi tafovutlar kabi uning Yosh
taraqqiyoti bilan bog„liq tafovutlarining mavjudligi ham shubxasizdir. YA‟ni inson
psixikasining ontogenezdagi taraqqiyoti bir-biri bilan bog„langan bir rivojlanish bosqichidan
ikkinchi sifat jixatdan farq qiluvchi bosqichga o„tish jarayonini ifodalaydi. Bu o„zgaruvchan
davrlar, taraqqiyotning bosqichliligi – uzluksiz jarayonni shartli bo„lish natijasi emas, balki
bu ob‟ektiv reallikdir.
Aqliy qobiliyatning yoshga bog„liq xolda rivojlanishi masalasi qator psixologlar
tomonidan qayd etilgan. Ammo ta‟lim amaliyotida bu muammo chuqur taxlil etilib, turli
yoshda o„quvchilarning intellektual saloxiyatini oshirib borish bo„yicha ishlarni talab
darajasida hal etilgan deb ayta olmaymiz. Aqliy qobiliyatlarning yoshga bog„liq holda
rivojlanishi qonuniyatlarini bilish turli Yosh davrlarda aqliy qobliyatlarni maqsadga muvofiq
xolda shakllantirish imkoniyatlarini ochadi.
Aqliy qobiliyatlarning yoshga bog„liq jihatlarini tadqiq etish bo„yicha psixologiya
juda boy tajribaga ega. CHet el psixologlaridan J.Piaje, Dj.Kelli, A.Vallon, Rus
psixologlaridan
L.S.Vыgotskiy,
S.L.Rubinshteyn,
A.N.Leontev,
L.I.Bojovich,
V.A.Muxina, E.A.Golubeva, N.S.Leytes, o„zbek psixologlaridan M.G.Davletshin
E.G„.G„oziev, B.R.Qodirov, Z.T.Nishanova va boshqalar tafakkur va aqliy qobiliyatning
yoshga bog„liqligini turli yo„nalishlarda o„rganganlar. Jumladan taniqli o„zbek psixologi
E.G„.G„ozievning «Tafakkur psixologiyasi» nomli asarida bu boradagi tadqiqotlar keng
yoritilgan.
SHvetsariyalik psixolog J.Piaje intellekt muammosiga o„z shaxsiy
nuqtai nazaridan kelib chiqib yondoshgan. J.Piaje intellekt nazariyasini ikkita
muhim jihatga, ya‟ni intellekt funksiyalari va intellekt davrlariga ajratadi. J.Piaje
mulohazasiga ko„ra, intellektning asosiy funksiyalari qatoriga uyushqoqlik
(tartiblilik) va adaptatsiya (moslashish, ko„nikish) kiritilgan bo„lib, ular
intellektning funksional invariantlari deb yuritiladi. SHuningdek muallif
intellektning quyidagi rivojlanish bosqichlarini ajratib ko„rsatadi:
1. Sensomotor intellekt davri (tug„ilgandan 2 yoshgacha);
2. Operatsiyalardan ilgarigi tafakkur davri (2 yoshdan 7 yoshgacha);
3. Konkret (yaqqol) operatsiyalar (aqliy harakatlar davri 7, 8 yoshdan 11,
12 yoshgacha);
4. Formal (rasmiy) operatsiyalar (aqliy harakatlarni maqsadli amalga
oshirish davri).
J.Piajening fikriga ko„ra intellektning o„sishi bolada nutq paydo
bo„lishidan ilgari boshlanadi. Intellekt (aqliy qobiliyat)ning kurtagi bolaning
dastlabki tartibsiz xatti-harakatlarida o„z ifodasini topadi. Keyinchalik maqsadga
yo„naltirilgan harakatlar aktini amalga oshirish natijasida intellektning genetik
ildizini o„rganish uchun muhim imkoniyatlar yaratildi. J.Piaje konkret
operatsiyalar davri predmetlar bilan aloqalar o„rnatishdan iborat ekanligini
ta‟kidlab, psixologiya ilmida olg„a siljish yasadi. Formal (rasmiy) operatsiyalar
davriga tasnif berilganda esa predmetlar bilan aloqa qilish yo„qolib borishi qayd
etiladi. SHuningdek intellektning o„sishi insonning operatsiyalar sistemasi bilan
qurollanishidan iborat, hamda intellekt davrining o„zaro o„rin almashinishi
tafakkur o„sishini bildiradi, davrning ketma-ketligi esa rivojlanishning ichki
qonuniyatlarini ifodalaydi-deb ta‟kidlaydi.
Taniqli rus psixologi L.S.Vыgotskiy, A.N.Leontevlarning ishlab chiqqan
konsepsiyasiga binoan insonning ontogenezda taraqqiy etishi jarayonida tashqi
faoliyat (xatti-harakatlar) asta – sekin ichki xatti-harakatlarga, ya‟ni aqliy
harakatlarga aylanadi. Boshqacha so„z bilan aytganda, tashqi alomatlar ichki
alomatlarga o„tishi sodir bo„ladi. Tashqi faoliyatning ichki faoliyatga o„tishi
shuni bildiradiki, o„quvchi bu davrda jarayonning tuzilishini o„zlashtiradi, tashqi
bilimlardan qanday foydalanish qoidalarini egallaydi.
A.N.Leontev, L.S.Vыgotskiy g„oyasini rivojlantirib, mazkur holatni
tajriba yo„li bilan o„rganib, o„quvchida yangi aqliy harakatni vujudga keltirish
uchun, eng avvalo uni tashqi harakat tuzilishi bilan tanishtirish zarur, faqat ana
shundagina ushbu harakatni bir davrning o„zida eksteriorizatsiyalashtirishni
ta‟minlash
mumkin,
degan
xulosaga
keladi.
Harakatni
eksteriorizatsiyalashtirilgan shaklda, uning yoyiq, tashqi shaklda tavsiya
qilinayotgan harakat shakllana boshlaydi. Dastlabki o„zlashtirishdan keyin,
harakatni asta-sekin o„zgarish jarayonining natijasida umumlashtirish vujudga
keladi, uni amalga oshirish tarkiblarining qisqarishi va darajasining o„zgarishi
bilan ajralib turadi. Demak u ichki harakatga aylanib, bolaning diliga batamom
jo bo„ladi.
Har bir Yosh davr tafakkur va aqliy qobiliyatning namoyon bo„lishi,
shakllanishi va rivojlanishida o„ziga xos ob‟ektiv va sub‟ektiv shart-sharoitlarni
yuzaga keltiradi. Bu borada psixolog S.L.Rubinshteynning «Inson psixikasining
rivojlanishi ijtimoiy, tarixiy, biologik va neyrodinamik jihatdan shartlanganlik
xarakteriga ega» degan fikri o„rinlidir. Jumladan bolaning nutqni egallagunga
qadar bajaradigan aqliy harakatlari tafakkurning tabiiy va ijtimoiy-tarixiy
shartlangan xolda o„sishini ifodalasa, nutqni egallagandan so„ng sodir bo„ladigan
aqliy o„zgarishlar va aqliy o„sish ijtimoiy shart-sharoit hamda maqsadga
yo„naltirilgan ta‟lim-tarbiya maxsuli ekanligini xarakterlaydi.
Ma‟lumki tafakkurning mavjudligi narsa va xodisalarning mazmunini
tushunish bilan izoxlanadi. Ilk bolalik yoshi davrida so„z bilan predmet
o„rtasidagi aloqa, bog„liqlikni tushunish jarayoni sodir bo„ladi, ya‟ni
tushunishnig eng qulay (senzitiv) davri bir yoshdan bir yarim yoshgacha bo„lgan
davr xisoblanadi
.
Bu davrda bolalar predmet va jismlarning nomlarini engil
o„rganishi uchun shart-sharoit mavjud bo„ladi. Ilk bolalik davrida amaliy harakat
tafakkuri shakllanadi, jismlar bilan turli harakatlarni o„zlashtirishda ulardagi
muxim va o„zgarmas alomatlarni ajratish ko„nikmasi xosil bo„ladi.
Bu davrda bolada «Men o„zim» konsepsiyasining vujudga kelishi shaxsiy
fazilatlar bilan bir qatorda aqliy imkoniyatlarning ham yuzaga chiqishi uchun
sharoit yaratadi.
Psixolog E.G„oziev maktabgacha Yosh davrda aqliy o„sish muammosini
taxlil qilib psixolog J.Piajening bolaning o„yinda jismlarga yangi nom berishi
omilini aqliy o„sishning ramziy ma‟noli tafakkur shakllanishining tayanchi
sifatida qarashiga e‟tiroz bildiradi va narsaning nomini o„zgartirish bilan bolada
tafakkur va aql zakovat o„sishini kutish mantiqqa zid deb xisoblab, aslida
narsalarni qayta nomlash emas, balki o„yin harakatlarining xususiyatini
o„zgartirish bolaning aqliy o„sishiga sezilarli ta‟sir o„tkaza oladi degan xulosaga
keladi.
Haqiqatdan ham maktabgacha Yosh davrda o„yin faoliyati jarayonida
bolalarda harakatning yangi ko„rinishi, ya‟ni uning fikriy, aqliy jihati namoyon
bo„ladi. Xulosa qilib shuni ta‟kidlash joizki bu Yosh davrda bolaning aqliy
kamol topishida o„yin faoliyati muxim ahamiyat kasb etadi. Aynan o„yin
faoliyati bilan shug„illanish aqliy o„sish uchun shart-sharoit xisoblanadi.
Olimlarning ta‟kidlashicha kichik maktab yoshidagi o„quvchilar tafakkuri
ta‟lim jarayonida juda ko„p o„zgarishlarga uchraydi.
Mashxur rus psixologi L.S.Vыgotskiy ko„rsatib o„tganidek, idrok va
xotira maktab ta‟limi boshlanishi oldidan anchagina taraqqiyot yo„lini bosib
o„tgan bo„ladi, kichik maktab yoshidagi davrda esa intellekt (aql) jadal taraqqiy
etadi. Tafakkurning rivojlanishi idrok va xotirani sifat jihatdan qayta
o„zgarishga, ularni ixtiyoriy va boshqariladigan jarayonga aylanishga olib keladi.
Vo„gostkiyning ko„rsatishicha maktab yoshiga bola idrok va xotira funksiyasiga
nisbatan kuchsiz intellekt funksiyasi bilan qadam qo„yadi. Biroq intellekt
shunday rivojlanadiki, na xotira va na idrok bunday rivojlanishni o„z boshidan
kechirmaydi.
Bu erda ta‟lim mazmuni va motivlarining stimullashtiruvchi roli,
o„qituvchining ta‟lim-tarbiya protsessini tashkil qiluvchilik roli xususan yaqqol
ko„zga tashlanadi. Tadqiqotlarning ko„rsatishicha, o„quv jarayoni har xil
yo„sinda tashkil qilinganda, ta‟lim mazmuni o„zgartirilganda, o„qitishning turli
usullariga qarab kichik maktab yoshidagi o„quvchilarning tafakkuri nihoyatda
xilma-xil xarakteristikaga ega bo„lishi mumkin.
Kichik maktab o„quvchilarida tafakkur operatsiyalari rivojlanishi konkret
narsa va xodisalarning ko„rgazmali xususiyatlari va sifatlariga asoslangan xolda
kechadi, ya‟ni bu davrda o„quvchilar tafakkuri konkret operatsiyalar bosqichida
turadi.
SHunday qilib, kichik maktab o„quvchisi ta‟lim faoliyati jarayonida
konkret tafakkurga ega bo„lib boradi, ya‟ni narsa va xodisalarni tashqi
tomondan bilishdan asta sekin ularning moxiyatini bilishga, muxim xususiyat va
belgilarni tafakkurda aks ettirishga o„tadi. Bu davrning yana bir muxim jixati
aynan shu davrdan boshlab, ya‟ni ta‟lim faoliyatining etakchilik rolidan
foydalanib o„quvchilar tafakkuri va aqliy qobiliyatlarini ta‟lim jarayonida
maqsadli rivojlantirish va jiddiy psixokorreksion ishlarni olib borish uchun
shart-sharoitlar mavjud bo„ladi.
Psixologiyada
o„smirlik yoshining xarakteristikasi xaqida so„z
yuritilganda asosan gap shaxsning aqliy taraqqiyoti o„tish davri bilan bog„liq
xolda yuzaga keladigan muammolar yuzasidan boradi. O„smirlik yoshida bilish
jarayonlarining taraqqiyoti hamda aqliy taraqqiyot muammolariga bag„ishlangan
ishlar mavjud,ammo ular barmoq bilan sanarli darajada bo„lib muammoni
atroflicha yoritib berish uchun etarli emas.
O„smirlik davrida aqliy imkoniyatlarning o„sishida ularning voqea
xodisalarga nisbatan ongli munosabatda bo„lishi hamda o„qishga bo„lgan
munosabatlari darajasining kuchayishi ham ta‟sir ko„rsatadi. Bu omil ularning
o„qish faoliyati motivlarining murakkabligida namoyon bo„ladi, ya‟ni
o„smirlarning o„qish faoliyati motivlari tarkibiga keng ijtimoiy motivlar (bilim
olishning ijtimoiy jixatdan muxim ekanligini anglash, mustaqil xayot va
mexnatga tayyorlanish uchun o„qishning zarurligi) bilan muvaffaqiyatga intilish,
izzat nafs bilan bog„liq bo„lgan bilish motivlari hamda shaxsiy motivlar (obro„
qozonishga intilish, raxbarlik rolini o„ynash va xokozo) birga qo„shilib ketgan
bo„ladi.
O„smirlik davrida aqliy taraqqiyotda muxim siljishlar yuz beradi. Bu
davrda fikrlash faoliyatining asosiy xususiyati abstrakt tafakkur qobiliyatining
o„sib borishi bilan bir qatorda voqelikni to„g„ri va aniq, mantiqan aks ettirish
uchun tafakkurning konkret obrazli turi ham tafakkurning umumiy strukturasida
muxim rol o„ynashda davom etadi. SHuningdek bu davrda aqlning muxim
sifatlaridan tafakkurning tanqidiyligi sezilari darajada taraqqiy etishi
xarakterlidir. SHuningdek psixologik adabiyotlarda o„smirlik davri aktiv,
mustaqil, ijodiy tafakkurning tarkib topishi uchun senzitiv davr ekanligi
ta‟kidlanadi.
Xulosa qilib aytish joizki, o„smirlik davrida aqliy qoboliyatlarni xar
tomonlama rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar mavjud bo„lib, ulardan
to„g„ri foydalanish bizning nazarimizda bu davrda sodir bo„ladigan ayrim salbiy
xolatlarning oldini olishga xizmat qilishi tabiiydir.
Tadqiqot ishimiz ilk o„spirinlik va o„spirinlik Yosh davrida aqliy qobiliyat
diagnostikasi va psixokorreksiyasiga bag„ishlanganligi tufayli aynan shu Yosh
davrda aqliy qobiliyatlarning o„ziga xos tarzda rivojlanishi va namoyon bo„lishi
xususiyatlarini chuqurroq taxlil qilishni lozim topdik.
Ma‟lumki o„spirinlik Yosh davrida bolalar umumiy ta‟lim maktabining
yuqori sinflarida, akademik litsey, kasb-xunar kollejlari hamda oliy o„quv
yurtlarida ta‟lim faoliyatini davom ettiradilar. Ilk o„spirinlik davrida
o„quvchining mustaqil fikr yurita olmasligi uning psixikasidagi jiddiy kamchilik
xisoblanadi. Bu davrda o„quvchi aqlining tanqidiyligi vaziyatga qarab
o„zgaruvchan xarakter kasb etadi. Buning asosiy sabablaridan biri – voqelikning
mohiyatini ilmiy jihatdan to„g„ri tushunmaslikdir. SHuningdek o„spirinning «o„z
pozitsiyasi»da bo„sh kelmasligi, narsa va xodisalarning asl mohiyatini anglab
turib, ba‟zan ataylab «o„jarlik» qilishi ham bu xolatning bir ko„rinishi
xisoblanadi. E.G„oziev ta‟kidlashicha, «ularda moddiy dunyo to„g„risida shaxsiy
fikrlar, mulohazalar, ilmiy dunyoqarash tarkib topganidan keyingina
tafakkurning tanqidiylik xususiyati rivojlana boshlaydi. Aqlning tanqidiyligini
tarbiyalashda o„qituvchi o„quvchining o„ziga xos tipologik xususiyatlariga, aqliy
kamolot darajasiga, bilimlari saviyasiga, muloxaza doirasining kengligiga, nutq
qobiliyatiga, shaxsiy nuqtai nazariga, o„qishga nisbatan munosabatiga,
qiziqishining xususiyat va darajasiga, aqliy faoliyat operatsiyalarini qanchalik
bilishiga, mavjud o„qish ko„nikmasi va malakalariga alohida e‟tibor berishi
lozim».
O„spirin aqliy qobiliyatining asosini tafakkurining quyidagi sifatlari
tashkil etadi: mazmundorligi, chuqurligi, kengligi, mustaqilligi, samaradorligi,
tezligi. Tafakkur mazmundorligi o„spirin ongida tevarak atrofdagi voqelik
bo„yicha muloxazalar, muhokamalar va tushunchalar qanchalik joy olganligiga
bog„liq bo„ladi. tafakkur chuqurligi esa moddiy dunyodagi narsa va
hodisalarning
asosiy
qonunlari,
xossalari,
o„zaro
bog„lanishi
va
munosabatlarining fikrlash jarayonidagi to„liq aks etishi tushuniladi.
Tafakkurning tashabbuskorligi o„spirinning o„z oldiga yangi g„oya, muammo va
vazifalar qo„yishi, ularni amalga oshirishda samarador vositalarni qo„llashida
namoyon bo„ladi. o„spirin tafakkurining tezligi berilgan savolga to„liq javob
berish uchun sarflangan vaqt bilan belgilanadi va u fikrlash uchun zarur
materiallaning xotirada mustahkam saqlanganligiga, uning tez yodga tushira
olishga, muvaqqat bog„lanishning tezligiga, turli xis-tuyg„ularning mavjudligiga,
diqqati va qiziqishiga, bilim saviyasiga, qobiliyatiga, egallagan ko„nikma va
malakalariga bog„liq bo„ladi.
Talabalik yillarida o„spirin biologik jixatdan barkamollik, ijtimoiy nuqtai
nazardan etuklik, jismonan baquvvatlik bosqichiga ko„tariladi. Bu davrda ilk
o„sirinlik davrida vujudga kela boshlagan tafakkurning mustaqillik, teranlik,
ixchamlik, tashabbuskorlik, tanqidiylik sifatlari kun sayin takomllashib, yangi-
yangi sifat va alomatlar bilan boyib boradi. Talabalarda o„z-o„zini nazorat qilish,
o„z-o„zini baholash, o„z-o„zini anglash, o„z-o„zini boshqarish aql-zakovatning
muhim jixatlari taraqqiyotning yangi bosqichiga ko„tariladi.
Talabalar tafakkuri asosan o„qish, amaliy mashg„ulot va mustaqil bilim
olish faoliyatlarida jadal va uzluksiz ravishda rivojlanadi. Oliy ta‟limdagi
mustaqil ishlarning barchasi: konspekt tuzish, referat, annotatsiya, tezis,
seminarga tayyorgarlik, kurs va bitiruv ishlari yozish talabadan mustaqillikni
ijodiy yondoshishni talab etadi. Bu davrda ta‟lim jarayonida fikr yuritish
jarayonlaridan unumli foydalanish evaziga har qanday murakkab bilimlarni
egallash imkoniyati vujudga keladi. Talabalar tafakkur shakllari (tushuncha,
xukm, xulosa chiqarish)ning funksional va operatsional jihatlari bilan yaqindan
tanishadilar, shuningdek ulardan mustaqil foydalanish uchun barcha intellektual,
aqliy zahiralarini ishga solishga harakat qiladilar.
YUqoridagi muloxazalarga qaramasdan tabalar tafakkurida sub‟ektiv-
shaxsiy xususiyatga ega bo„lgan zaif jihatlar mavjuddir, ya‟ni fikr yuritish
faoliyatini nazorat qilishda bu davrda qator kamchiliklarga yo„l qo„yiladi.
Tafakkurning tanqidiylik va tashabbuskorlik sifatlarida ayrim nuqsonlar
uchraydi. SHuningdek talabalarning intilishi bilan o„z-o„zini baholash hamda
aqliy taraqqiyot o„rtasidagi munosabat mutanosiblikka, o„zaro uyg„unlikka ega
emas (bu holat bizning tadqiqotlarimizda ham kuzatildi). SHu tufayli imkoniyat
bilan orzular o„rtasida ziddiyat vujudga keladi, natijada oqillik o„rnini g„ayrlik
egallay boshlaydi. Bunday salbiy, xissiy kechinmaning oldini olish uchun ta‟lim
jarayonida maxsus treninglardan foydalanish ijobiy natijalar beradi.
Tadqiqot ishimizda ilk o„spirinlik va o„spirinlik Yosh davridagi aqliy
imkoniyatlar va ulardan samarali foydalanishdagi nomutanosibliklarni tahlil
qilish hamda ular o„rtasida o„zaro mutanosiblikni shakllantirish maqsadida
psixodiagnostik va psixokorreksion tadbirlar amalga oshirildi.
Dostları ilə paylaş: |