ontogenetik taraqqiyotida ro„y beradigan psixik o„zgarishlar, yangilanishlar,
ularning kechishi, shart-sharoitlarini tadqiq etishda umumiy psixologiya
metodlaridan keng foydadanadi. SHuningdek Yosh davrlar psixologiyasi
o„zining maxsus metodlariga ham egaki, ular orqali psixik o„sish jarayonini
uzluksiz, kompleks o„rganish imkoniyatiga ega bo„ladi.
Yosh davrlar psixologiyasida umumiy psixologiyaning kuzatish,
eksperiment, anketa, test, so„rov kabi metodlari hamda kompleks, biografik
metod, longityud metod, egizaklar metodi, faoliyat maxsullarini tahlil qilish kabi
maxsus metodlari qo„llaniladi.
Fan va texnika taraqqiyoti shaxs psixikasi taraqqiyotining xususiyatlarini
eksperimental ravishda o„rganish uchun murakkab va nozik asboblarni yaratish
imkonini berdi. Eksperimental materiallar asosida asta-sekinlik bilan turli
yoshdagi bolalar psixikasi taraqqiyotining qonuniyatlari aniqlana boshlandi.
Muammoli savol: Yosh davrlar psixologiyasida psixologik qonuniyatlarni
tekshirish qanday bosqichlarda olib boriladi?
Yosh davrlar psixologiyasi fani ham psixologiya ilmining boshqa
soxalari singari o„zining ilmiy-tadqiqot metodlariga ega. Psixologik
qonuniyatlarni muayyan reja asosida olib boriladigan tekshirishlar tufayligina
xolisona aniqlik kiritish mumkin. Psixologik tadqiqotlar jarayonini quyidagi
asosiy bosqichlarga bo„lish maqsadga muvofiqdir:
1. Muammoning qo‘yilshi. Xar qanday ilmiy-tekshirish ishlari kabi,
psixologiyada olib boriladigan ilmiy tekshirish ishlari ham nazariy va amaliy
ahamiyatga ega bo„lgan muammoni aniqlashdan, shuningdek bu muammo
fanda qanchalik yoritilganligini aniqlash maqsadida mazkur mavzuga oid ilmiy
va maxsus adabiyotlarni taxlil qilishdan boshlanadi.
2
. Tadqiqot metodikasini tanlash. Psixologik tadqiqotlar turli metodlar {bu
metodlar xaqida quyida batafsil fikr yuritiladi) bilan olib boriladi.
Tekshirishlarning muvaffaqiyatli chiqishi ko„p jixatdan metodni to„g„ri
tanlashga bog„liq bo„ladi.
Dostları ilə paylaş: