Yosh davrlar psixologiyasi fanining predmeti va


- Mavzu: Taraqqiyotning asosiy masalalari



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/31
tarix06.07.2022
ölçüsü1,18 Mb.
#62672
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   31
yosh davrlar psixologiyasi-страницы-43-123

3- Mavzu: Taraqqiyotning asosiy masalalari 
R e j a : 
1.SHaxsning psixik taraqqiyoti masalasi. 


2.Psixik rivojlanishning shart-sharoitlari. 
3.Psixik rivojlanishning umumiy qonuniyatlari. 
4.Taraqqiyot nazariyalari. 
Muammoli savol: SHaxsning psixik taraqqiyoti masalasi deganda nima 
tushuniladi?. 
Davlatimiz tomonida qabul qilingan «Ta‟lim to„g„risidagi qonun» va 
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da shaxsni kamol toptirishdan iborat bo„lgan 
vazifalar belgilab qo„yilgan.
SHaxs bu ijtimoiy munosabatlar yig„indisi, ya‟ni individ sifatida 
tug„ilgan bola o„z atrofidagi kishilarning munosabatlari ta‟sirida va o„zini 
anglash jarayonida shaxsga aylanadi.
YUsuf Hos Hojibning «Qutadg„u bilig» asaridagi bosh masalalardan biri 
komil insonni tarbiyalashdir. A.Jomiyning «Baxoriston», «Tuxfatul axror» va 
boshqa asarlarida ilm, ma‟rifat, ta‟lim-tarbiya, kasb-hunar o„rganish xaqidagi 
fikrlar ifodalangan. A.Navoiyning «Xazoyinul-maoniy», «Maxbub-ul qulub», va 
boshqa asarlarida etuk, barkamol insonning axloqi, qobiliyati to„g„risida 
qimmatli muloxazalar yuritilgan. 
YUqoridagilardan tashqari Bobur, Farg„oniy, Mashrab, Gulxaniy, 
Nodira, Uvaysiy, Muqumiy, Furqat, Bedil, Zavqiy, Hamza, Avloniy va 
boshqalarning yoshlar tarbiyasiga, fexl-atvor, oilaviy hayot masalalariga, 
shaxslararo munosabatlarga doir qarashlari ham turli janrlardagi asarlarida
bayon qilingan. 
Muammoli savol: Psixologiyada rivojlanish muammosi qanday talqin 
etiladi? 
Ta‟lim-tarbiya ishlarining usullari, vositalari va tashkiliy formalarini 
ishlab chiqish hamda pedagogik jarayonni boshqarishning samaradorligi 
rivojlanish masalasini hal qilish bilan bog„liqdir. Bu inson psixikasi 
rivojlanishida bir tomondan tabiiy, biologik, tug„ma xususiyatlar o„zaro 
munosabati muammosi rivojlanishidan hamda tashqi va ichki omillarning 
(irsiyat va muhit) roli va ularning o„zaro munosabati muammosidan iborat. 
Odamda tug„ma ravishda tashkil topgan xususiyatlar ko„rish, eshitish 
sezgilarining ayrim xususiyatlari bilan bir qatorda hayot sharoitlari va 
faoliyatlarining ta‟lim tarbiya ta‟siri ostida tashkil topgan axloqiy sifatlar 
mavjuddir. Psixologiyaning ayrim namoyondalari psixik xususiyatlar tug„ma 
paydo bo„ladi, bola tug„ilmasdan shakllanadi degan pozitsiyada turadi. 
Angliyalik genetik SH.Aurebax «Har bir odam xuddi kartaboz qo„liga
karta olib o„ynagani kabi o„z hayotini qo„liga genlarni olib boshlaydi» deydi. 
Uning fikricha «Aqliy taraqqiyot darajasi maxsus qobiliyat, shaxsiy sifatlar 
bularning hammasi 
genetik 
faktorlar 
bilan 
muhit 
faktorlari 
o„zaro 
munosabatining natijasidan ibotardir» degan fikrni ilgari suradi.
Avstraliyalik psixolog K.Byuler - “Bolalarning faqat aqliy taraqqiyotigina 
emas balki ahloqiy taraqqiyoti ham nasliy tomonidan belgilangandir” deb 
ta‟kidlaydi.
Z.Freyd va uning izdoshlari inson faoliyatini boshqaruvchi instinktlarni tug„ma 
bo„lgan va sotsial ta‟sirotga bog„liq bo„lmagan dastlabki ongsiz extiyojlarni 
hamda mayllarni shaxs taraqqiyotini harakatga keltiruvchi kuchlar deb bilgan. 


Amerikalik psixolog va pedagog D.D‟yui inson tabiatini o„zgartirib bo„lmaydi 
deb xisoblagan. Uning fikriga ko„ra irsiyat tabiatni belgilaydi. 
Ayrim psixologlarning fikriga ko„ra muhit, ta‟lim tarbiya tabiat tomonidan 
yaratilgan xususiyatlarning namayon bo„lishi va o„z o„zicha rivojlanishi uchun 
zarur bo„lgan sharoitgina xolos. Ular psixik taraqqiyotda nasliy faktorlarning hal 
qiluvchi roli bor degan fikrni asoslashga intiladi.
Psixologlar V.N. Kolbonovskiy, A.R. Luriya, A.N. Mironovlar tajribasi 
boshqa ahvolni ko„rsatadi. YA‟ni bir tuxumdan bo„lgan egizaklardan bir xil 
tabiiy sharoitda, ta‟lim metodlariga qarab, ijodiy (ya‟ni kombinatorlik) 
faoliyatining ayrim turlarida mutlaqo har-xil natijalarni olish mumkin. Fransuz 
psixologi R.Zazzo bir tuxumdan bo„lgan egizaklar ustida shunga o„xshash 
tajribalar o„tkazib, psixika xususiyatlarning tug„ma xarakteri nazariyasiga qattiq 
zarba berdi. 
Psixologlar va pedagoglar ixtiyorida bo„lgan juda ko„p faktlar har ikkala
yo„nalishning ham cheklangan va bir yoqlamaligini ko„rsatadi. Odamning 
genetik xususiyatlari bir ma‟noda uning psixik xususiyatlarini belgilaydi deb 
xisoblash xatodir. Ammo buning teskarisi ham ya‟ni psixik taraqqiyotning tabiiy 
imkoniyatlaridagi individual farqlarni batamom inkor qilish va odamlardagi 
g„oyat xilma-xil barcha individual psixologik xususiyatlarni faqat tashqi 
ta‟sirotlar natijasidir, deyishi ham noto„g„ridir. 
SHunday qilib har bir ayrim kishining taraqqiyoti (tug„ilgandan boshlab) 
organizmning o„sishiga bog„liq holda muhit, ta‟lim va tarbiyaning ta‟sirida, faol 
shaxsiy faoliyat natijasida amalga oshadi. Inson aqliy xususiyatlari, irodasi shu 
yo„sinda rivojlanadi. SHaxsning individual xususiyatlari temperament, xarakter, 
qobiliyatlar va qiziqishlar shu tariqa shakllanadi va taraqqiy etadi. 

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin