Kuzatish orqali turli
yoshdagi odamlarning diqqati, his-tuyg„ulari, nerv
sistemasining tashqi ifodalari, temperament xususiyatlari,
imo-ishoralari,
sezgirligi, xulq-atvori, nutq faoliyati va xokozolari o„rganiladi. Ammo shaxsning
o„ta murakkab ichki psixologik kechinmalar, yuksak xissiyotlar,
tafakkur,
mantiqiy xotira va aql zakovatini tadqiq etishga bu metodning imkoniyati
etmaydi.
Psixologiya fanida o„z-o„zini kuzatishdan ham foydalaniladi. Ko„pincha
tajribada psixolog yoki yuqori malakali moxir o„qituvchi o„zini kuzatish orqali
ilmiy xulosa chiqara biladi. Masalan; o„z taffakkurini kuzatib o„zidagi
emotsional o„zgarish haqida ma‟lumot oladi.
Natijada tafakkurning sifati,
mazmuni, moxiyati va qay tarzda, qanday tezlikda, qay shaklda ro„y
berishini
kuzatadi.
SHunday qilib, kuzatish metodining qulay va sistemali jihatlari bilan birga zaif
tomonlari ham mavjud. SHu sababli insonning murakkab psixikasi boshqa
metodlarlardan foydalanib tadqiq qilinadi.
Dostları ilə paylaş: