bilan birgalikda tadqiqot ishlari olib borishni taqazo etmoqda. Amaliy yo„sindagi
ilmiy tadqiqot ana shu ko„p qirrali yondoshishni talab qiladi.
Psixologiya soxalarida (psixofiziologiya, kosmik psixologiya, meditsina
psixologiyasi, injenerlik yoki aviatsiya psixologiyasi) tadqiqot ob‟ektiga
sistemali yondoshish prinsipi amalga oshirilmoqda. Kompleks metod yordamida
o„rganilayotgan ob‟ektdagi o„zgarishlar turli nuqtai-nazardan taxlil qilinadi yoki
ularga turlicha yondoshiladi. Masalan, bolada oddiy bilimlarni o„zlashtirish
xususiyati psixologik jixatdan tekshirilayotgan bo„lsa, kompleks yondoshish
ta‟sirida ana shu o„zlashtirishning falsafiy, mantiqiy, fiziologik, ijtimoiy,
biologik xususiyatlari yoritiladi. Aytaylik keksayishning biologik omillarini
o„rganish uning psixologik, fiziologik, mantiqiy jixatlarini yoritishda xizmat
qiladi.
Kompleks dastur yordamida amalga oshirilgan tadqiqot natijasi ilmiy
ahamiyatga ega bo„lib insonshunoslik muammolarini hal qilishda katta yordam
beradi.
Ilmiy tadqiqot metodikalarining ikkinchi guruxi empirik metodlaridan iborat
bo„lib, bu guruxga kuzatish, eksperiment, test, anketa, so„rov, sotsiometriya,
suhbat, intervg„yu, faoliyat jarayoni va uning maxsulini tahlil qilish, tarjimai xol
kabilar kiradi va ular sinash, tekshirish, diagnoz va prognoz vazifalarni bajaradi.
Insonda tug„ilganidan umrining oxirigacha sodir bo„ladigan psixologik
o„zgarishlarni chuqurroq va ob‟ektivroq tadqiq etish uchun empirik metodlardan
navbati bilan foydalanish yaxshi natija beradi.
Dostları ilə paylaş: