Anketa metodi. Yosh davri psixologiyasida keng qo„llaniladigan
metodlardan biridir. Uning yordamida turli yoshdagi odamlarning psixologik
xususiyatlari, narsa va xodisalarga munosabatlari urganiladi.
Anketa odatda uch turda tuziladi. Ularning birinchi turi anglashilgan
motivlarni aniqlashga mo„ljallangan savollardan tuziladi. Ikkkinchi turida xar
bir savolning bir nechtadan tayyor javoblari beriladi. Uchunchi tur anketada
sinaluvchiga yozilgan to„g„ri javoblarni ballar bilan baholash tavsiya etiladi,
anketadan turli yoshdagi odamlarning layokatlarini, muayyan soxaga
qizikishlari va qobiliyatlarini, o„ziga, tengdoshlariga, katta va kichiklarga
munosabatlarini aniqlash maqsadida foydalaniladi.
Sotsiometrik metod. Bu metod kichik gurux a‟zolari urtasidagi bevosita
emotsional munosabatlarni urganish va ularning darajasini ulchashda
qo„llaniladi. Unga amerikalik sotsiolog Djon Morenko asos solgan. Mazkur
metod yordamida muayyan guruxdagi xar bir a‟zoning o„zaro munosabatini
aniqlash uchun uning kaysi faoliyatida Kim Bilan birga katnashishi suraladi.
Olingan ma‟lumotlar matritsa, grafik, sxema, jadval shaklida ifodalanadi.
Biografiya (tarjimai hol) metodi. Inson psixikasini tadqiq qilish uchun
uning hayoti faoliyati ijodiyoti to„g„risidagi og„zaki va yozma ma‟lumotlar
muhim ahamiyatga ega. Bu borada kishilarning tarjimai holi, kundaligi, xatlari,
esdaliklari o„zgalar ijodiga bergan baholari, tanbehlari, taqrizlari aloxida o„rin
egallaydi. SHu bilan birga o„zgalar tomonidan to„plangan tarjimai hol haqidagi
materiallar: estaliklar ovozlari, fotolavxalar, xujjatli filg„mlar, taqrizlar
o„rganilayotgan shaxsni to„laroq tassavvur etishga xizmat qiladi.
Tarjimai hol inson psixikasining o„zgarishlarini kuzatishda uning suxbat
va tajriba metodlari bilan o„rganib bo„lmaydigan jixatlarini ochishda yordam
beradi. Masalan, mazkur ma‟lumotlar orqali ijodiy hayol bilan bog„liq
jarayonlar: shexriyat, musiqa, nafosat, tasviriy sanxat, texnik ijodiyotning nozik
turlari va kayfiyatlari taffakkurning o„ziga xosligi, shaxsning ma‟naviyat,
qadriyat, qobiliyat, iqtidor, istexdod singari fazilatlarini o„rganish mumkin.Yosh
davri psixologiyasining bolalarning tarjimai holi asosidagi ilmiy tadqiqot,
masalan N.A.CHenskaya, V.S.Muxinaning kuzatishlari. Ona kundaligi nomi
bilan mashxur. SHunday tadqiqotlar chet el psixologiyasida ham keng
tarqalgan.