Muammoli savol: Suxbat metodi orqali nimalar o„rganiladi? Bu metod bilan inson psixikasining o„rganishda suxbatning maqsadi va
vazifasi belgilanadi, uning ob‟ekti va sub‟ekti tanlanadi, mavzusi, o„tkaziladigan
vaqti aniqlanadi. Suxbat o„tkazish rejalashtiriladi, o„rganilayotgan narsa bilan
uzviylik bog„liq savol javob tayyorlanadi. Suxbatning bosh maqsadi muayyan
bir vaziyat yoki muammoni hal qilish jarayonida inson psixikasidagi
o„zgarishlarni o„rganishdir. Suxbat orqali turli yoshdagi odamlarning tafakkuri,
aql zakovati, xulq-atvori, qiziqishi, ziyrakligi, bilim saviyasi, e‟tiqodi,
dunyoqarashi, irodasi to„g„risida ma‟lumotlar olinadi. Suxbat metodining
ta‟kidlangan ijobiy jixatlari bilan birga ayrim zaif tomonlari ham mavjud.
Qaytariq so„zlar «g„aliz» iboralar, nutqning tezligi, fikrning mavhumligi,
zerikarliligi, muvaffaqiyatsizlikka sabab bo„ladi. SHuningdek, savol javobning
bir xil shaklda emasligi sinaluvchida o„ziga xos ishlash uslubi, oshkoralik
etishmasligi, iymanish, uyalish atroficha ma‟lumotlar olishni qiyinlashtiradi va
shu sababli boshqa metodlarga murojaat qilishga to„g„ri keladi.
Faoliyat maxsuli taxlil qilish metodi. Inson xotirasi, aqliy qobiliyati va
xayolini aniqlish maqsadida bu metod Yosh davrlari pisixologiyasida keng
qo„llaniladi. Bolalar chizgan rasmlar, yasagan o„yinchoqlar, modellar, yozgan
shexrlarni taxlil qilish orqali ularning mantiqiy xotirasi, tafakkuri, texnik, badiiy
va adabiy qobiliyati, ijodiy xayoli yuzasidan materiallar to„plash mumkin.
Mazkur metoddan foydalanishda mahsulotni yaratgan shaxs bevosita ishtirok
etmaydi. Ob‟ekt bilan sub‟ekt o„rtasida muloqot o„rnatish uchun shaxsning
psixikasi to„g„risida sirtdan muayyan xukm va xulosa chiqariladi. Ijodiy faoliyat
maxsullarining taxlil qilish orqali bolalar o„quvchilar talabalar konstruktorlar
olimlar, xunarmandlar, ishchilar, psixik, xususiyatlari to„g„risida ma‟lumotlar
to„plash mumkin. Lekin insondani psixik o„zgarishlar, kamol topish va ularning
kechishini ifodalovchi materiallar yig„ish uchun bu metodning o„zi etmaydi.
SHuning uchun inson psixikasini o„rganish maqsadida boshqa metodlardan
foydalanish maxqul.