Yosh davrlar psixologiyasi fanining predmeti va


Muammoli savol: Yosh psixologiyasida test metodidan qanday



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/31
tarix06.07.2022
ölçüsü1,18 Mb.
#62672
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   31
yosh davrlar psixologiyasi-страницы-43-123

Muammoli savol: Yosh psixologiyasida test metodidan qanday 
maqsadlarda foydalaniladi? 


Test metodi. «Test»-ingilizcha so„zdan olingan bo„lib, sinash tekshirish 
degan ma‟noni anglatadi. SHaxsning aqliy o„sishini, qobiliyatlarini, irodaviy 
sifatlari va boshqa psixik xususiyatlarini tekshirishda qo„llaniladigan qisqa 
standart masalali topshiriq, misol, junboqlar test deb ataladi. Test ayniqsa 
odamning kasbiy qobiliyatini aniqlash mumkinligini, kasbga yaroqliligi yoki 
yaroqsizligini, istexdodlilar va aqli zaiflikni aniqlashda, kishilarni saralashda 
keng qo„llaniladi. Test metodining qimmati tajribaning ilmiylik darajasiga, 
tekshiruvchining 
maxoratiga 
va 
qiziqishiga, 
yig„ilgan 
psixologik 
ma‟lumotlarning ob‟ektivligi va ularning ilmiy tahlil qila bilishiga bog„liqdir.
1905 yilda fransuz psixologi A.Bine va uning shogirdi A.Simon insonning 
aqliy o„sishi va istexdod darajasini o„lchash imkoniyati borligi g„oyasini olg„a 
surganidan keyin psixologiyada test metodi qo„llana boshlandi. Xozirgi davrda 
nodir testlar qatoriga psixologlardan Rorshax, Rozensveyg, Kettel, Veksler,
Meyli, Ayzenk, Anastazi, Raven va boshqalarning ijodlarini kiritish mumkin.
Eng keng tarqalgan testlar qatoriga yutuqqa erishish (maqsadga etish) testlari
(ular darsliklarda berilgan bilim va malaka darajalarini baholashga qaratilgan) 
intellektual testlar (aqliy rivojlanish darajasini o„lchashga mo„ljallangan) shaxs 
testlari (inson emotsiyasi, qiziqishi, motivatsiyasi, va hulqidan iboratdir.) shaxs « 
loyixa » (proektiv) testlari (savollarga bitta aniq javob berish talab qilinadi, 
javoblarni taxlil qilib shaxs xususiyatlarini «loyixasini» ishlab chiqiladi) kiradi. 
Tajriba (eksperiment) metodi. Bu metod turli yoshdagi odamlar
(chaqaloq, bola, o„smir, o„spirin, balog„atga etganlar va qarilar) ning psixikasini 
chuqurroq, aniqroq, tadqiq qilish metodlari ichida eng muhimi xisoblanadi. 
Eksperiment metodi yordamida suxniy tushunchalarning shakllanishi, nutqining 
o„sishi, favqulotda xolatdan chiqish, muammolli vaziyatni hal qilish jarayonlari,
shaxsining xis-tuyg„ulari, xarakteri, tipologik xususiyatlari o„rganiladi. Inson 
psixikasining nozik ichki bog„lanishlari, munosabatlari, qonuniyatlari, xossalari, 
murakkab, mexanizmlari tekshiriladi. Buning uchun eksperiment materiallarini 
tekshiruvchi sinchikovlik bilan tanlashi ob‟ektiv tarzda xar-xil xolat va 
vaziyatlarni yaratishi bunda sinaluvchining yoshi, aqli, idroki, xarakteri, 
xususiyati, his-tuyg„ulari, qiziqishi va saviyasiga, turmush tajribasiga ko„nikma 
va malakalariga e‟tibor berish lozim.
Eksperiment metodi o„z navbatida tabiiy va labaratoriya metodlariga 
ajratiladi. Tabiiy metod psixologik pedagogik masalalarni xal qilishda 
qo„llaniladi. Bu metodning ilmiy asoslarini 1910 yilda A.F.Lazurskiy 
taxriflagan. Tabiiy eksperimentdan foydalanishda ishlab chiqarish jamoalari 
a‟zolarining, ilmiy muassasalari xodimlarining, o„quvchilar ,keksaygan 
kishilarning o„zaro munosabatlari ish qobiliyatlari, mutaxassislikka yaroqliligi 
muammolarini xal qilish nazarda tutiladi. Tabiy sharoitda inson psixikasini
o„rganishda sinaluvchilar (bog„cha bolalari, maktab o„kuvchilari, ishchilar,
dexkonlar, xodimlar va xokozolar) ning o„zlari bexabar bo„lishi ta‟lim 
jarayonida berilayotgan bilimlar tadqiqot maksadiga muvofiklashtirilishi katta 
yoshdagi odamlarga tarbiyaviy ta‟sir o„tkazishi kundalik mexnat tarzi doirasida 
amalga oshirilishi zavod va fabrikada esa moddiy maxsulot ishlab chikarish 
samaradorligini oshirishga qaratilishi lozim. 


Labaratoriya metodi ko„pincha individual shaklda sinaluvchilardan 
yashirmay maxsus psixologik asboblar, yul-yuriklar, tavsiyalar, ko„rsatma va 
ilovalirdan foydalanib olib boriladi. Xozirgi zamon kishisi psixikasidagi 
o„zgarishlarni aniqlaydigan asboblar, murakkab elektron xisoblash mashinalari, 
qurilmalar, moslama va jixozlar mavjud. Ular odamdagi psixologik jarayonlar
xolatlar, funksiyalar vujudga kelayotgan yangi sifatlarni qayd qilish va 
o„lchashda qo„llaniladi. Ko„pincha ditektorlar, elektron va radio o„lchagichlar,
sekundomer, 
xronorefleksometr, 
taxistoskop, 
audiometr 
eksteziometr 
elektromiogramma, elektroensefalogramma kabilardan foydalaniladi. 

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin