Yosh davrlar psixologiyasi fanining predmeti va



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/31
tarix06.07.2022
ölçüsü1,18 Mb.
#62672
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   31
yosh davrlar psixologiyasi-страницы-43-123

 
Yosh davrlar inqirozlari 
 SHaxsning kamol topishi murakkab jarayon ekanligini unda Yosh o„sishi bilan 
bog„liq xolda sodir bo„ladigan o„zgarishlar va yangilanishlarning xilma-xilligi 
hamda o„ziga xosligida ko„rish mumkin. Ma‟lumki Yosh o„sishi bilan bola faqat 
miqdor jihatdar emas, balki sifat jihatdan ham o„sib boradi. Demak bolaning 
biologik jihatdan o„sishi uning psixikasida ham o„sish va o„zgarishlarga sabab 
bo„ladi. Ammo biologik o„sish bilan psixik o„zgarishlar har doim ham 
mutanosiblikka ega bo„lavermaydi. CHunki psixik o„sish bir tomondan 
individuallik xarakteriga ega bo„lsa, ikkinchi tomondan u ma‟lum ijtimoiy va 
psixik shart-sharoitlarga ham bog„liq bo„ladi.

Bolada sodir bo„ladigan psixik o„sish, o„zgarish real hayotda o„z o„rni va 


mavqeiga ega bo„lishi biroz murakkabroq kechadi. Buning sababi bir tomondan 
bolada hali etarlicha tajribaning etishmasligi bo„lsa, ikkinchi tomondan 
kattalarning boladagi ehtiyoj va intilishlari ortida turgan rivojlanish 
xususiyatlarini to„liq anglab etmasliklaridadir. Natijada esa bolalar va 
kattalarning munosabatlarida keskin vaziyatlar vujudga keladi. Bunday 
vaziyatlar tufayli bolalar va kattalarning boshdan kechiradigan psixik 
kechinmalari, xolatlari psixologik tilda inqiroz tushunchasi bilan ifodalanadi.
Demak, inqiroz tushunchasining mazmuni psixik o„sishdagi ziddiyat, qarama-
qarshilikdan 
iborat. 
Bu 
jarayonda 
bolalar 
bilan 
kattalar 
o„rtasida 
kelishmovchiliklar yuzaga keladi.
 Inqiroz bolalarda xilma-xil ehtiyojlarning paydo bo„lishi bilan ularning 
qondirilishi imkoniyatlari o„rtasida to„siq sifatida vujudga kelar ekan albatta 
uning ta‟sirida u yoki bu tomonga o„zgarish ro„y beradi. Masalan, ma‟lum 
taraqqiyot bosqichida bolada vujudga kelgan mustaqil harakat qilish ehtiyoji uni 
mustaqillikka erishishi uchun turtki bo„lib xizmat qiladi va bola muayyan 
darajada mustaqillikka erishadi. Ikkinchidan, kattalarning bu jarayonda yo„l 
qo„yishi mumkin ta‟lim va tarbiyaviy xatolari oqibatida ular ruhiyatida ayrim 
salbiy illatlar paydo bo„lishi mumkin. Demak inqirozni na salbiy va na ijobiy 
jarayon deb baholashga to„g„ri keladi. SHu tufayli ota-onalar, tarbiyachilar va 
pedagoglar bundan to„g„ri xulosa chiqargan xolda bolalar bilan inqiroz 
davrlarida ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo„lish talab etiladi. 
Yosh davrlar psixologiyasida asosiy inqiroz davrlari sifatida bolalarning 3 
yoshli, 7 yoshli hamda o„smirlik davri inqirozlari alohida e‟tirof etiladi. 


 Uch yoshli bolaga to„g„ri tarbiya berish, ta‟sir o„tkazish, ularning harakatlarini 
maqsadga muvofiq yo„naltirish orqali ularda mustaqil xolda ovqatlanish, 
kiyinish, yuvinish, o„z o„rnini yig„ishtirishga ayrim topshiriq va vazifalarni 
puxta bajarishga o„rgatish mumkin. Psixolog olimlarning ta‟kidlashicha bolaning 
uch yoshgacha o„sishida erishgan yutuqlari uning xulq-atvorini, bilish 
jarayonlarini sifat jihatdan ancha o„zgartirib yuboradi. SHunga qaramay, 
bolaning o„sishida kattalarning ta‟siri, roli etakchiligicha qolaveradi, lekin asta-
sekin o„sib borishi bolaning mustaqilroq bo„lishini ta‟minlaydi.
Bolaning mustaqilligi faqat uning jismoniy hamda aqliy imkoniyatida, 
kuchi etadigan jarayonga nisbatan o„z munosabatini kattalarning ko„magisiz 
amalga oshirishida emas, balki o„zining kuch quvvati, qurbi etmaydigan, 
muayyan amaliy ko„nikmalarini egallay olmagan turmush muammolarini hal 
etishda ham ko„rinadi. 
Psixologlar N.A.Menchinskaya, V.S.Muxinalarning ta‟kidlashlaricha, bu 
davrdagi ziddiyatda bolalardagi injiqliklarning bosh omili atrofdagi odamlarning 
ular shaxsiga adolatsiz, noto„g„ri, mensimay munosabatda bo„lishidan iboratdir. 
Kichik maktab yoshidagi bolalarning psixologik xususiyatlarini o„rgangan
A.N.Golubevaning fikricha, noqulay sharoitda bolaga tarbiyaviy ta‟sir ko„rsatish 
unda o„jarlikni paydo qiladi. SHuningdek bu yoshdagi bolalarning o„jarligi 
doimiy bo„lmaydi, masalan o„z tengdoshlariga nisbatan o„jarlik qilish ahyon-
ahyondagini ro„y beradi. Ular asosan katta yoshdagi odamlarga, shunda ham 
muayyan tarbiyachiga yoki oila a‟zolarining birortasiga o„jarlik qiladilar. 
A.N.Golubeva bolalardagi o„jarlik barqaror emasligi sababli uning oldini olish 
mumkinligini uqtirib o„tadi. 
A.P.Larinning tadqiqotlarida esa noqulay va nomaqbul tarbiyaviy shart-
sharoitlarda qaysarlik juda erta, hatto uch yoshda ham paydo bo„lishi 
ifodalangan. Dastlab bu xususiyat ba‟zi-ba‟zida ro„y beradi, lekin u hech qachon 
barcha katta yoshdagi kishilarga qaratilgan bo„lmaydi, ya‟ni uning ob‟ekti 
aloxida shaxs xisoblanadi. 
Ammo bola xarakterining bu sifati muhitning noto„g„ri ta‟siri oqbatida 
biror darajada barqarorlashsa, keynchalik ko„pchilikka qaratilgan, umumlashgan 
shaklga aylana boshlaydi. O„jarlik bir guruh odamlarga yo„nalganligini ham 
uchratish mumkin. 
A.P.Larinning to„plagan ma‟lumotlariga ko„ra, o„jarlikning asosiy 
sabablari –bolaning mustaqilligini cheklab qo„yish, erkinlik tuyg„usi va 
tashabbusni so„ndirish va uning ongini (anglash suratini) kamsitishdan iborat. 
Mazkur omillar bolaning kattalarga munosabati negizini tashkil qiladi va 
uning psixik o„sishi davomida muayyan darajada o„zgarib boradi. Ularning 
o„zgarishi kattalarning bolaga u erishgan kamolot bosqichini xisobga olib, 
oqilona munosabatda bo„lishiga bog„liq.
Bola xulqida muayyan sharoitning ta‟siri bilan paydo bo„lgan o„jarlik va nojo„ya 
qiliqlar mavjudligi, uning psixikasida jiddiy o„zgarish ro„y berganini, endi 
bolaga uning xozirgi o„sish darajasini xisobga olib, munosabatda bo„lish 
zarurligini bildiradi. 
Bolaning psixikasida vujudga keladigan inqirozning sabablari sifatida 
quyidagilarni extirof etish mumkin: 


- kattalar bolaning jismoniy va aqliy imkoniyatlarini xisobga olmasliklari; 
- xohish va istaklarini mustaqil xolda turmushda qaror toptirishga intilishlariga 
to„sqinlik qilishlari; 
- ayrim ko„zga tashlangan qiyinchiliklarni bartaraf qilishga o„rinishlariga yo„l 
qo„ymasliklari; 
- bola o„z xolicha ish tutishini cheklashlari. 
Kattalar bolalarning rayiga, mustaqilligiga qarshi turmasdan, mumkin 
qadar istagiga, intilishiga yordam bersalar, uning shaxsini shakllantirish 
jarayonidagi qiyinchilik o„z-o„zidan barham topadi, nizo yoki ixtilofning oldi 
olinadi. 
Oilada, maktabgacha tarbiya muassasalarida shaxslararo munosabatlar 
ilmiy asosda qurilib, muayyan qoidalarga suyanilsa va pedagogik odob 
doirasidan chetga chiqilmaca, yuqorida aytilgan ziddiyatlar yuzaga kelishi 
mumkin emas. 
O„jarlik, qaysarlik, kattalarga itoatsizlikning vujudga kelishi – bolaning 
kattalarga qaramlikdan qutulishga o„rinishi va kichik maktabgacha Yosh 
davridan maktabgacha Yosh davriga o„tishning tashqi ifodasi xisoblanadi. 
Mustaqillikka intilish mazkur Yosh davridagi o„zgarishlar, yangilanishlar, 
ya‟ni shaxsiy xatti-harakatni va “men o„zim”ni anglashning mahsuli sifatida 
yuzaga chiqadi. 
Ko„pchilik psixologlarning tadqiqotlaridan ma‟lumki, bolalar mazkur 
inqiroz davrida bir nechta ko„rinishdagi qaysarlikni namoyon etadi. Ana shunday 
ko„rinishlarninsh bittasi biz nazarda tutgan 3 yoshli inqirozga to„g„ri keladi. SHu 
davrda uning ruhiy dunyosida sifat va miqdor jihatdan turli o„zgarishlar ro„y 
beradi. Bu o„zgarishlar uning olamni boshqacha kashf qilayotganiga, psixikasi 
ma‟lumot va axborotlar bilan kun sayin boyib borayotganligiga bog„liqdir. Ayni 
shu yoshda boladao„z irodasiga ishonch hissi tug„iladi, u o„zligini anglay 
boshlaydi. O„zligini anglash qarama-qarshiliklarni, ziddiyatlarni engish bilan 
amalga oshadi. 
Psixik o„sishning boshqa davrlarida ro„y beradigan inqiroz davri ham 
xuddi shunday tarzda kechadi, ammmo turli davrda inqirozlarning sabablari 
turlicha bo„ladi. Jumladan: kichik maktab yoshida sodir bo„ladigan inqiroz 
ko„proq bolaning o„quv faoliyati jarayoni va uning kechishi bilan bog„liq xolda 
kechadi. 
  Maktab ta‟limi o„quvchining turmush tarzini, ijtimoiy mavqeini, sinf jamoasi 
va oila muhitidagi ahvolni o„zgartiradi, uning asosiy vazifasi o„qishdan, bilim 
olish, ko„nikma va malakalarni egallash, tabiat va jamiyat to„g„risidagi 
qonuniyatlarni o„zlashtirishdan iborat bo„lib qoladi. Ta‟lim muayyan darajada 
uyushqoqlik, intilish, irodaviy zo„r berish, faollik va maqsadga muvofiq 
faoliyatni talab etadi. Ixtiyorsiz hatti-harakat o„rnini anglashilgan, rejali, aqliy 
mehnat egallay boshlaydi. Ta‟lim jarayonida o„quvchi oldiga qo„yiladigan 
talablar tobora ko„payib, murakkablashib boraveradi. 
O„qishning dastlabki kunlaridanoq kichik maktab yoshidagi bolaning 
o„sishini harakatga keltiradigan turli ziddiyat, qarama-qarshiliklar, ichki 
ixtiloflar 
vujudga 
keladi. 
Ana 
shular 
zamirida 
boladagi 
psixik 
kamolotningdarajasi va ijobiy xislatlar bilan talablar o„rtasidagi qarama-


qarshiliklar yotadi. Talablarning tobora ortishi bolaning psixik jihatdan 
to„xtovsiz o„sishini taqazo etadi va shu berk zanjirning uzluksiz harakati 
natijasida insonning kamoloti amalga oshadi. 
 Yosh davrlar taraqqiyotida o„smirlik davri alohida ahamiyat kasb etadi. 
O„smirlik davri taqlidchanligi, muqim nuqtai nazarning shakllanmaganligi, 
hissiyotliligi, mardligi, tantiligi bilan farqlanadi. SHuning uchun tashqi 
ta‟sirlarga beriluvchan o„smir o„g„il-qizlarga alohida e‟tibor berish zarur. 
O„smirlik davrida bolalik xolatidan kattalik xolatiga o„tishsodir bo„ladi. 
O„smirning psixik o„sishini harakatga keltiruvchi kuch – uning faoliyatini 
vujudga keltirgan yangi ehtiyojlar bilan ularni qondirish imkoniyatlari o„rtasida 
qarama-qarshiliklar tizimining namoyon bo„lishi yotadi. Mana shu dialektik 
qarama-qarshiliklar ortib borayotgan jismoniy, aqliy hamda axloqiy imkoniyatlar 
bilan barqarorlashgan, steriotipga aylangan tashqi olamni aks ettirishning 
shakllari o„rtasida sodir bo„ladi. Vujudga kelgan ziddiyatlar va qarama-
qarshiliklarni 
psixologik 
kamolotni 
ta‟minlash, 
faoliyat 
turlarini 
murakkablashtirish orqali o„smir shaxsida yangi psixologik fazilatlarni tarkib 
toptirish bilan asta sekin yo„qotish mumkin.
Venalik psixolog Z.Freyd va uning shogirdlari o„smirlik davrini 
baholashda insonga azaldan berilgan qandaydir ilk mayl nishonasi sifatida 
vujudga keladigan o„z mavqeini belgilashga ongsiz intilish deb xisoblaydilar.
Ayrim psixolog olimlar esa o„smirlikni biogenetik o„sishning biologik 
omillariga, ya‟ni jinsiy etilishga alohida ahamiyat beradilar. Ularning fikricha, 
o„smirning psixik jihatdan inqirozga etaklovchi, hayajonga soluvchi sub‟ektiv 
ichki kechinmalari o„g„il va qiz bolalarda o„ziga xos xolatni yuzaga keltiradi. 
O„smir uchun xarakterli xisoblangan norozilik, qo„pollik, qaysarlik, 
shafqatsizlik, tajanglik, ginaxonlik kabi illatlar jinsiy etilishning maxsuli, yangi 
tuyg„ular, mayllar, kechinmalar o„smir xatti-harakatlarida xukmron bo„lib, uning 
xulq atvorini belgilaydi deb xisoblaydilar. 
Turli Yosh davrlarda ro„y beradigan inqirozlar xususida keltirilgan 
ma‟lumotlardan ko„rinib turibdiki, Yosh taraqqiyoti jarayonida sodir bo„ladigan 
har qanday inqiroz bola ruhiyatida u yoki bu psixik o„sish, yangilanish va 
o„zgarishlarning sababchisi va ro„yobga chiqaruvchi vositasi sifatida namoyon 
bo„ladi. 

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin