Yosh fiziologiyasi va gigienasi fanining vazifasi, mazmuni, ahamiyati va tarixi



Yüklə 190,35 Kb.
səhifə71/84
tarix12.05.2022
ölçüsü190,35 Kb.
#57750
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   84
fiziologiya

Oqsillar almashinuvi. Oqsillar, ya`ni proteinlar odam organizmining sog`lom, normal o`sishi, sog`ligi va rivojlanishida muhim rol uynaydi. Ular organizmda ikki xil fiziologik vazifani bajaradi, ya`ni plastik va energetik.

Oqsillarning plastik ahamiyati shunday iboratki, ular barcha hujayra va to`qimalarning tarkibiy qismiga kiradi. Oqsillarning energetik vazifasi esa, ular parchalanganda energiya hosil bo`ladi, masalan, 1g oqsil parchalanganda 4,1 kkal. energiya ajratadi. Bu energiya odam tanasini haroratini birday saqlash, ichki organlarni normal ishlashi, odamning harakatlanishi va boshqa ishlarni bajarish uchun sarflanadi. Oqsillar molekulasidagi aminokislotalar soniga qarab oqsillar sifatli va sifatsiz turlarga bo`linadi. Tarkibida organizm uchun barcha aminokislotalarni o`zida to`plagan oqsillarga sifatli oqsillar deyiladi. Ular hayvon mahsulotlarida (go`sht, baliq, ikra, sut va sut mahsulotlarida) bo`ladi. Tarkibida ba`zi aminokislotalari bo`lmagan oqsillar sifatsiz oqsillar deyiladi. Ular non, non mahsulotlarida bo`ladi. Bolalar organizmini normal o`sishi va rivojlanishi uchun kundalik ovqat tarkibida sifatli oqsillar 80-90% tashkil etishi kerak. Bolalar ovqati tarkibida sifatli oqsillarning kam bo`lishi o`sish va rivojlanishni sekinlashtiradi, yuqumli kasalliklarga chidamlilik xususiyati pasayadi, asab tizimsining qo`zg`aluvchanligi, aqliy faoliyat susayadi. Oqsillar ortiqcha bo`lsa asab tizimsi, jigar va buyraqlar faoliyati bo`ziladi .




Yüklə 190,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin