Yosh fiziologiyasi va gigienasi fanining vazifasi, mazmuni, ahamiyati va tarixi


Ingichka ichakda ovqatning hazm bo`lishi



Yüklə 190,35 Kb.
səhifə68/84
tarix12.05.2022
ölçüsü190,35 Kb.
#57750
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   84
fiziologiya

Ingichka ichakda ovqatning hazm bo`lishi

Ingichka ichakning uzunligi katta odamlarda 6-7 m, diametri 2,5-3 sm. Ingichka ichak 12 barmoqli ichak-20 sm, och ichak va yon bosh ichakka bo`linadi. Oshqozon qisman parchalangan ovqat bo`tkasi 12 barmoqli ichakka to`shadi. Bu erda jigardagi o`t pufakda ishlab chiqilgan o`t suyuqligi va oshqozon osti bezida ishlab chiqilgan oshqozon osti bezining shirasi yordamida va 12 barmoqli ichak devorlarida ishlab chiqilgan ichak shirasi ta`sirida ovqat butkasi parchalanadi. Ichak shirasi 99% suv, qolgan qismi organik modda, fermentlardan (eripsin, lipaza, amilaza) va tuzdan iborat bo`ladi. Bir sutkada 1 ,5-2 litr ichak shirasi ishlab qikariladi. Ichak devori ishkoriy xususiyatga ega. Ichak devorlari juda ko`p so`rgichlardan iborat bo`lib, ular qon tomirlariga juda boy bo`ladi. Parchalangan ovqat shular yordamida qonga suriladi. Bolalarda ichakning uzunligi tanasiga nisbatan katta odamnikiga qaraganda uzun. Bola yoshi ortishi bilan ichak shirasini miqdori va fermentlarning qontsertratsiyasi ortib boradi. Oshqozon osti bezi ikki xil vazifani bajaradi.


Uning og`irligi chaqaloklarda-2,63 g., 12 yoshda uning uzunligi katta odamnikiga teng bo`ladi. Me`da osti bezining og`irligi 70-80 g. barg shaqlida, uning boshi, tanasi, dum qismlari bo`ladi. Me`da osti bezi bir sutkada 500800 sm3 shira ishlab chiqaradi, Uning 98% suv, qolgan qismi oqsil va tuzdan iborat. SHira tarkibidagi fermentlar, ya`ni eripsin, peptonlarni aminokislotalargacha, lipaza yog``larni yog`` kislotasi va glitsiringacha parchalaydi.

Jigar organizmdagi eng katta bez bo`lib, og`irligi 1,5 kg. chap qovirg`alar ostida joylashgan. Jigar kuyidagi vazifalarni bajaradi: darvoza venasini hosil qilgan vena qon tomiri ovqatdagi va qondagi zaharli moddalarni zaharsizlantiradi; qon deposi hisoblanadi. Bu erda 10% qon zapasi saqlanadi; o`lgay eritrotsitlar jigarda to`planadi, bolalarda esa eritrotsitlar hosil bo`ladi; Ko`per hujayralarida o`t suyuqligi ishlab chiqariladi; Jigar ortiqcha glyo`qozani glikogen sifatida zapas saqlab turadi; Jigar tana temperaturasini turg`un saqlashda ishtirok etadi. Jigardan doimiy ravishda ovqatlangandan 20-30 minutdan so`ng o`t ajralib chiqadi va 12 barmoqli ichakka kuyiladi. O`t yog`larni emulsiyalaydi, suvda yaxshi erishini tezlashtiradi, ovqat hazm qilish kanalini harakatini yaxshilaydi, ichakdagi mikroblarni o`ldiradi. Bolaning yoshi ortishi bilan jigarning hajmi, og`irligi tuzilishi o`zgarib boradi. Yangi tug`ilgan bola jigarning og`irligi 130 g, 2-3 yoshda-460 g, 6-7 yoshda-675 g, 8-9 yoshda- 720 g, 12 yoshda-1130 g, 16yoshda-1260 g. Bolalar o`t kislotasining qontsentratsiyasi va miqdori kam bo`ladi.


Yüklə 190,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin