Biologik va ijtimoiy jarayonlarning birligi.Odam mehnat asosida shakllandi va uning yashashi uchun birinchi bosh mezon- sharoitdir. Odamlar boshqa barcha tirik mavjudotlar ichida turli-tuman juda nozik harakatlarni bajarish qobiliyati ega ekaligi bilan farq qiladi. Bu qobiliyat esa mehnat jarayonida rivojlanadi va takomillashadi.
Odam o’zining yashashi uchun xom-ashyo vositalarini yaratishi, o’zining talablarini qondirish maqsadida, tabiat ehsonlaridan unumli foydalanishi uchun tabiatni qayta shakllantiradi (o’simliklarning yangi navlari, hayvonlarni yangi zotlarini yaratdilar, foydali qazilmalarni izlab topdilar va hokazo).
Odamlar sezgi organlari, asab tizimi va skelet muskullari ishtirokida tabiatga ta’sir ko’rsatib, o’zining tabiatini, o’z organizmining tuzilish va funksiyasini, ayniqsa sezgi organlari, asab tizimi va skelet muskullari faoliyatini ham o’zgartiradi.
Odam organizmi bilan hayvonlar organizmi orasidagi asosiy sifatiy farqni qadimgi odamsimon maymunlar tanasidagi funksiyalarni va tuzilishini filogenez o’zgarishini o’rganishda aniq ko’rish mumkin.
Hayvonlardan odamlarga o’tishda biz faqatgina odamlarga xos bo’lgan yangi qonuniyatlarga duch kelamiz. Odamni faqatgina hayvon deb qarash mumkin emas, chunki gavda tuzilishi uning organizmining funksiyasi, uning axloqi va fikrlashi, jamoaviy mehnat qilish jarayonlaridagi faoliyati jamiyatning tarixiy rivojlanishi bilan ta’minlangan.
Nervli va gumoralli boshqaruvchi mexanizmlar
Gumoralli yoki suyuqliklar bilan boshqarilish. Ko’p hujayrali organizmlar hujayralari orasidagi o’zaro aloqani birinchi eng qadimgi shakli – organizm suyuqliklariga tushuvchi moddalar almashinuvining mahsulotlari ishtirokidagi kimyoviy o’zaro aloqasidir. Moddalar almashinuvining bunday mahsulotlarga yoki metabolitlarga oqsillarning parchalinishi mahsulotlari, karbonat angidrid gazi va boshqalar kiradi. Bu ta’sirni suyuqliklar orqali berilishi, korrelyasiyani gumoralli mexanizmini yoki organlar orasidagi bog’liqlikni ta’minlaydi.
Suyuqliklar bilan bog’lanish quyidagi xususiyatlari bilan xarakterlanadi. Birinchidan gavdadagi qon yoki boshqa suyuqliklarga tushuvchi kimyoviy moddalarning harakatlanishida aniq manzilgoh yo’q; uning ta’siri ma’lum joy uchun chegaralanmagan, shu sababli bu kimyoviy modda barcha organ va to’qimalarga ta’sir ko’rsatishi mumkin. ikkinchidan, kimyoviy moddalar nisbatan sekin tarqaladi. Nihoyat uchinchidan u juda kam miqdorda ta’sir ko’rsatadi va odatda tez parchalanadi yoki organizmdan chiqariladi. Gumoral bog’liqlik hayvonot dunyosi va o’simliklar dunyosi uchun umumiydir.