Aqliy va jismoniy mehnat vaqtida yurak-tomirlar tizimining funksiyalari Bolalar ulg’aygan sayin jismoniy ish bajarganda puls soni ortib boradi. 8-9 yoshli bolada jismoniy ish vaqtida maksimal puls 184, 14-15 yoshda 206 bo’ladi. 16-18 yoshli o’smirlarda jismoniy ish vaqtida maksimal puls bir oz siyraklashib 196, qizlarda esa 201 bo’ladi. Jismoniy ishdan so’ng 8 yoshli bolalarda puls tezroq va 16-18 yoshli o’smirlarda sekinroq bo’lib, asli holiga keladi. Bolalar charchaganda o’rtacha puls siyraklashadi. O’quvchilar o’quv yili oxiriga borib, charchab qoladi, shunda yurak qisqarishi ortadi. Bola jismoniy mashq bilan muntazam ravishda shug’ullanib tursa, yuragining massasi va sistolik hamda daqiqalik hajmi ancha ortadi. Ko’plab ilmiy tadqiqot ishlarining natijalariga ko’ra,chang’ida yurganda, velosiped uchganda, futbol o’ynaganda, yengil atletika va boshqalar bilan shug’ullanganda, bolalar yuragining massasi, sistolik va daqiqalik hajmi ortadi. Yuraking sistolik hajmi muskul ishi vaqtida 12 yoshli bolalarda 104 sm3, 13 yoshda 112 sm3, 14 yoshda 116 sm3 bo’ladi.
Yurak-tomirlar tizimiga turli his-hayajon (xursandchilik, g’am, og’riq, qo’rquv va boshqalar) kuchaytiruvchi yoki susaytiruvchi ta’sir etadi.
Yurak-qon tomirlar tizimi gigiyenasiKun tartibi yurak-tomir tizimiga kuchli ta’sir etadi. Bolaning kun tartibi to’g’ri tashkil etilsa, yurak-tomir tizimi mutadil ishlaydi. Shuning uchun ham ular bajaradigan jismoniy ish va mashqlarning jadalligi va og’ir-yengilligi, ularning yoshiga mos bo’lishi kerak, ayniqsa salbiy his-hayajon, chekish, spirtli ichimliklar ichish, uzoq muddat harakatsizlik yurak-tomir tizimi ishini buzadi.
Bolalarning kiyimi, poyafzali qon aylanishni qiyinlashtirmaydigan, vena tomirlarida qon dimlanib qolishiga yo’l qo’ymaydigan bo’lishi kerak. Poyafzal tor bo’lsa, oyoqning qon bilan ta’minlanishi qiyinlashadi. Oyoqda turli qadoq, yara paydo bo’ladi. Bolalarning sof havoda bo’lishi, jismoniy mashqlar bilan shug’ullanishi, vaqtida ovqatlanishi yurak-tomirlarning normal ishlashida muhim ahamiyatga ega.