Yosh fiziologiyasi va gigienasi



Yüklə 4,48 Mb.
səhifə152/190
tarix21.09.2023
ölçüsü4,48 Mb.
#146452
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   190
Yosh fiziologiyasi va gigienasi

10.2. Nafas harakatlari


Nafas olish va nafas chiqarish aktlari. Ritmik ravishda bajariluvchi nafas olish va nafas chiqarish aktlari tufayli atmosfera va o’pka pufakchalarida bo’lgan alveoleyar havolar orasidagi gazlar almashinuvi amalga oshadi.
O’pkada muskul to’qimalari yo’q, ana shu sababli ham u faol qisqarish xususiyatiga ega emas, nafas olish va nafas chiqarish aktlarini bajarilishida faol rolni nafas muskullari o’ynaydi. Nafas muskullarining paralichi paytida, nafas organlari shikastlanmagan bo’lsa ham nafas olish mumkin bo’lmay qoladi.

44-rasm. Plevralar aro bo’shliqdagi manfiy bsimni mavjudligini ko’rsatuvchi tajriba chizmasi.
1-chap o’pka; 2-yurak; 3-plevra; 4-diafragma; 5-plevralar aro bo’shliqga kiritilgan igna; d va D1 tizzasidagi simob darajasi.
Nafas olishda tashqi qovurg’alararo muskullar va diafragma qisqaradi. Qovurg’alararo muskullar qovurg’alarni biroz ko’taradi va ularni atrofga kengaytiradi. Bu paytda ko’krak qafasini hajmi ortadi. Diafragma qisqarganida uning gumbazi tekislanadi, bu esa ko’krak qafasini hajmini kenagyishiga olib keladi. Chuqur nafas olinganida ko’krak va bo’yinning boshqa muskullari ham ishtirok etadi. O’pka germitik holdagi yopiq ko’krak qafasida joylashib, nafas olish va chiqarish paytida uning devorlari harakati orqasidan passiv ergashib qisqarib kengayadi, chunki bu holat plevraning ko’krak qafasiga tutashganligi hisobiga yuz beradi, va bu holatga ko’krak bo’shlig’ idagi manfiy bosim ham yordam beradi. Manfiy bosim – bu atmosfera bosimidan past bosimdir. Nafas olinayotgan paytda u atmosfera bosimidan 9-12 mm sim.ust.past, nafas chiqarishda esa –2-6 mm.sim.ust.past bo’ladi. Rivojlanish davomida ko’krak qafasi o’pkaga nisbatan tez o’sadi, shu sababli ham o’pka doimiy ravishda (hatto nafas chiqarish paytida ham) cho’zilgan. O’pkaning cho’zilgan elastik to’qimasi qayta qisqarishga harakat qiladi. Elastiklik hisobiga qisqarish uchun o’pka to’qimasining kuchi atmosfera bosimiga qarshilik ko’rsatadi. O’pka atrofidagi plevralararo bo’shliqda atmosfera bosimidan o’pkaning elastik tortilishidan hosil bo’lgan bosimga teng bo’lgan bosim hosil bo’ladi. Shunday qilib o’pka atrofida manfiy bosim yuzaga keladi. Manfiy bosim tufayli plevralararo bo’shliqda o’pka kengayayotgan ko’krak qafasi orqasidan ergashib kengayadi, bu paytda o’pka cho’ziladi. Atmosfera bosimi havo o’tkazuvchi yo’llar orqali ichkaridan o’pkaga ta’sir ko’rsatadi, uni ko’krak devorlariga qisadi. Kengaygan o’pkadagi bosim atmosfera bosimidan past bo’ladi va bosimlar farqi hisobiga atmosfera havosi nafas yo’llari orqali o’pkaga tomon harakatlanadi. Nafas olinayotgan paytda ko’krak qafasining hajmi qancha ortsa, shunchalik o’pka kengayadi, nafas olish shuncha chuqur bo’ladi.
Nafas muskullarining bo’shashidan keyin qobirg’ alar avvalgi holatiga qaytib tushadi, diafragmaning gumbazi yuqoriga ko’tarilib konus shaklini oladi, oqibatda ko’krak qafasining hajmi va o’pka kichiklashadi (qisqaradi) va havo tashqariga chiqariladi. Chuqur nafas chiqarishda qorin muskullari, ichki qovurg’alararo tishsimon va boshqa muskullar ishtirok etadi.

Yüklə 4,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin