O’g’il bolalar va qizlarda qon bosimi, mm simob ustunida (K.Kubat bo’yicha).
Yoshi, yillar
da
|
O’g’il bolalarda
|
Qizlarda
|
Sistolik bosim
|
Diastolik bosim
|
Puls bosim
|
Puls chastotasi
|
Sistolik bosim
|
Diastolik bosim
|
Puls bosim
|
Puls chastotasi
|
6
|
90,24
|
48,27
|
41,97
|
97,02
|
91,29
|
49,63
|
41,60
|
98,02
|
7
|
98,47
|
53,12
|
45,38
|
95,00
|
94,13
|
51,60
|
42,53
|
97,30
|
8
|
102,37
|
60,27
|
42,10
|
90,58
|
99,79
|
55,50
|
44,29
|
91,38
|
9
|
103,37
|
61,20
|
49,21
|
83,00
|
108,33
|
59,80
|
44,03
|
84,72
|
10
|
104,41
|
61,50
|
44,58
|
88,42
|
107,61
|
60,92
|
46,89
|
86,94
|
11
|
106,08
|
61,32
|
43,64
|
80,22
|
110,31
|
61,81
|
49,00
|
84,72
|
12
|
104,96
|
65,60
|
42,69
|
84,75
|
113,21
|
66,20
|
47,01
|
84,48
|
13
|
108,98
|
65,40
|
47,14
|
83,50
|
111,75
|
65,93
|
45,82
|
82,20
|
14
|
112,54
|
66,38
|
49,20
|
82,00
|
113,80
|
67,20
|
46,00
|
80,30
|
15
|
115,67
|
68,90
|
51,15
|
80,36
|
115,29
|
67,40
|
47,84
|
78,58
|
16
|
120,05
|
73,34
|
51,96
|
77,10
|
119,71
|
69,81
|
50,90
|
75,08
|
17
|
125,30
|
73,08
|
52,75
|
75,59
|
120,77
|
70,21
|
50,56
|
71,08
|
Qonning oqish tezligi. Qon ham xuddi daryodagi suv kabi uning tor joyida tez, keng joyida esa sekin oqqanidek tomirlarning umumiy yig’indisi tor bo’lgan joylarda tez (arteriyalarda) va keng bo’lgan joylarda (kapillyarlarda) juda sekin oqadi.
Qon aylanish tizimining eng tor qismi aorta hisoblanadi, unda esa qon eng tez oqimga ega (500 mm/s). Aortaning har bir arteriyasi, odam tanasidagi hamma arteriyalarning ko’ndalang kesimining yuzasi, aorta yuzasidan katta. Barcha kapillyarlarning yuzasini umumiy yig’indisi aorta yuzasidan 800-1000 martaga katta va kapillyarlarda qonning oqish tezligi esa aortadagiga qaraganda 1000 martaga sekindir (0,5 mm/s). Kapillyarlarda qonning sekin oqishi gazlar almashinuvini ta’minlaydi hamda to’yimli moddalarni qondan va parchalanish mahsulotlarini esa to’qimalardan qonga o’tishini ta’min etadi.
Qonning aylanish tezligi yosh ulg’ayishi bilan sekinlashadi, bu o’z navbatida tomirlarni uzayishi bilan bog’liq bo’lsa keyingi davrlarda esa tomirlar devorining elastikligini pasayishi bilan bog’liqdir. Bolalarda yurakning juda tez qisqarishi ham qonning tomirlarda oqish tezligini oshishiga olib keladi. Yangi tug’ilgan bolalarda qon katta va kichik qon aylanish doiralarini to’liq aylanib chiqishi uchun 12 s zarur 3 yashar bolalarda –15 s, 14 yoshda –18,5 s.dan ortiq vaqt sarflanadi. Voyaga yetgan odamlarda qon aylanish vaqti 22 s tashkil qiladi.
9.10. Qon aylanishining boshqarilishi
Yurak va tomirlar innervasiyasi. Yurakning faoliyati ikki juft nervlar: adashgan va simpatik nervlar bilan boshqariladi. Adashgan nerv uzunchoq miyadan boshlansa, simpatik nerv esa orqa miyaning bo’yin qismidagi simpatik tugunidan boshlanadi. Adashgan nerv yurak faoliyatini tormozlaydi. Simpatik nerv bo’ylab yurakga tushayotgan nerv impulslari ta’siri ostida yurakning faoliyat ritmi tezlashadi va har bir yurakning qisqarishi kuchli bo’ladi.
Qon aylanuvchi tomirlar ko’ndalang kesimi yuzasining o’zgarishi simpatik tomirlarni toraytiruvchi nervlar bo’ylab tomirlar devorlariga keladigan impulslari ta’siri ostida yuz beradi.
Bola tug’ilish paytida uning yurak muskullarida simpatik nervini ham parasimpatik nervlarining uchlari yetarlicha yaxshi ko’rinib turadi. Bolalar hayotining dastlabki yillarida (2-3 yoshgacha) simpatik nervning yurakka tonik ta’siri ustun bo’ladi, bunda yurakni qisqarish chastotasi bo’yicha gap yuritish mumkin (yangi tug’ilgan bolalarda 1 daqiqiada 140 martagacha qisqaradi).Bu yoshda adashgan nerv markazining tonusi past bo’ladi.
Bolaning yoshi ulg’ayishi bilan adashgan nervning yurakga ta’siri orta boradi. I.A.Arshavskiy fikricha, bu jarayonda muhim rolni skelet muskullarining rivojlanishi o’ynaydi. Bola 3-4 oylik bo’lganida u boshini tuta oladi, ayni shu yoshda adashgan nervni yurak faoliyatiga ko’rsatuvchi ta’sirining dastlabki belgilari namoyon bo’la boshlaydi (ko’z olmachasini bosish reflektor ravishda yurak ritmini sekinlashishini chaqiradi).
3-4 yoshli bolalarda harakat faolligi jiddiy darajada ortadi, bu vaqtga kelib adashgan nervning tonik ta’siri mustahkamlanadi. Bolalarda harakatlarning to’xtatilishi adashgan nervning yurak faoliyatiga ta’sirining to’xtalishi bilan birgalikda kechadi. 7 yoshdan 12 yoshgacha bo’lgan muddatda adashgan nervning boshqaruvchilik roli ortadi, ya’ni yurakning qisqarish ritmining sekinlashishi bilan birga kechadi.
Yurak va tomirlar faoliyatiga reflektor ta’sirlar. Odamning emotsional holatiga u bajaradigan ishiga bog’liq holda yurak qisqarishining ritmi ham, kuchi ham o’zgaradi. Odamning holati qon aylanish tomirlariga ta’sir ko’rsatib ularning yuzasini toraytiradi. Qo’rqqanda, achchiqlanganda, jismoniy ish bajarganda qon tomirlari yuzasini o’zgarishi tufayli odam oqarishi yoki qizarishi mumkin.
Yurakning ishi va qon tomirlarining yuzasini o’zgarishi organizmni talabi bilan bog’liq bo’lib, uning organ va to’qimalarining kislorod va to’yimli moddalar bilan ta’minlanishiga ham bog’liqdir. Yurak-tomirlar tizimini faoliyatining organizm turgan sharoitga moslashishi bir-biri bilan o’zaro aloqada faoliyat ko’rsatuvchi nerv va gumoral reflektor mexanizmlar bilan ta’min etiladi. Nervlarning yurak va tomirlar faoliyatini boshqaruvchi ta’siri ularga markaziy asab tizimidan, markazdan qochuvchi nervlar orqali beriladi. Har qanday sezuvchan uchlarni qo’zg’atish yo’li bilan yurakning qisqarish chastotasini tezlashishini yoki sekinlashishini reflektor ravishda chaqirish mumkin. Markazga intiluvchi nerv tolalarining uchlarida issiq yoki sovuq, igna sanchish va boshqa turdagi ta’sirotchilar ta’siri qo’zg’alishlar chaqiradi, bu esa markaziy asab tizimiga berilgan yerdan adashgan yoki simpatik nerv tolalari orqali yurakkacha yetib boradi.
Yurakning markazdan qochuvchi nerv tolalari impulslarni faqatgina uzunchoq va orqa miyadan olmasdan balki markaziy asab tizimining boshqa yuqorigi bo’limlaridan shu jumladan bosh miya katta yarim sharlari po’stlog’idan ham impulslar oladi. Ma’lumki, og’riq yurak qisqarishining tezlashishini chaqiradi. Masalan, bolalarni davolash paytida ukol qilgan bo’lsa, oq yaktakli kishilarni ko’rishni o’ziyoq bolalarda yurak urishini tezlashishini chaqiradi. Xuddi shunday holatlarni start berilishidan oldin sportchilarda, o’quvchi va talabalarda esa imtihonlardan oldin kuzatish mumkin.
Bir vaqtning o’zida impulslar markaziy asab tizimidan yurakga va tomirlar harakatini boshqaruvchi markazdan boshqa nervlar orqali qon tomirlariga boradi. Shuning uchun tashqi va ichki muhitdan organizmga tushayotgan ta’sirotchilar ta’siriga yurak ham tomirlar ham javob beradi.
Qon bosimining o’lchamini doimiyligini boshqarilishida tomirlarni o’zlaridagi reseptorlar tomonidan chaqiriladigan impulslar-tomirli reflekslar muhim ahamiyatga ega. Maxsus fiziologik ahamiyatga ega bo’lgan rolni aorta yoyida, va uyqu arteriyasining ichki va tashqi arteriyalarga bo’linadigan joyida joylashgan reseptorlar o’ynaydi. Ana shu joylarda yurak-tomirlar tizimining o’z-o’zini boshqarilishida ishtirok etuvchi tomirli refleksogen zonalarning reseptorlari tomirlarda qon bosimi ko’tarilganida qo’zg’aladi, shu sababli ularni baroreseptorlar yoki pressoreseptorlar deb yuritiladi. Aortada qon bosiminning ko’tarilishi uning devorlarini cho’zilishini chaqiradi va oqibatda aortal refleksogen zonaning pressoreseptorlarini qo’zg’atadi. Reseptorlarda yuzaga kelgan qo’zg’alish aortal nerv bo’ylab uzunchoq miyagacha yetib boradi. Reflektor ravishda adashgan nervlarning yadrolari tonusi ortadi va yurak faoliyatini tormozlanishini chaqiradi, natijada yurak qisqarishining chastotasi va kuchi kamayadi. tomirlarni toraytiruvchi markaz tonusi bu paytda pasayadi, bu esa ichki organlar tomirlarini kengayishini chaqiradi.
Yurak ishini tormozlanishi va qon tomirlari teshiklarini kengayishi, ko’tarilgan qon bosimini normal o’lchamgacha tiklanishiga olib keladi.
Uyqu arteriyasining tashqi va ichki arteriyalarga tarmoqlanuvchi joyida sinokarotidli refleksogen zona joylashgan. Aynan shu joyda karotidli sinusda qon bosimi ko’tarilganidan qo’zg’aladigan pressoreseptorlar joylashgan. Sinokarotidli, nerv bo’ylab qo’zg’alish (tiltomoq nervlari tarkibida) uzunchoq miyagacha yetib boradi. Qon bosimini tenglashishiga olib keluvchi keyingi mexanizmlar xuddi aortal refleksogen zonalaridagi reaksiyalar kabi kechadi.
Qon aylanishining gumoral boshqarilishi. Yurak va tomirlar faoliyatiga qon tarkibidagi kimyoviy moddalar ham ta’sir ko’rsatadi. Buyrak usti bezidan adrenalin gormoni ishlab chiqiladi va u yurak faoliyatini kuchaytiradi va tezlashtiradi, qon tomirlar teshigini toraytiradi. Parasimpatik nervlarning uchlarida asetilxolin hosil bo’ladi, u esa o’z navbatida qon tomirlari teshiklarini kengaytiradi va yurak faoliyatini sekinlashtiradi va zaiflashtiradi. Moddalar almashinuvi natijasida hosil bo’ladigan ayrim tuzlar ham yurak ishiga ta’sir ko’rsatadi. Masalan qon tarkibida kaliy ionlari konsentratsiyasining ko’payishi yurak ishini tormozlasa, kalsiy tuzlari ionlari konsentratsiyasini ko’payishi yurak faoliyatining tezlashishi va kuchayishini chaqiradi.
Gumoral ta’sirlar qon aylanish tizimi faoliyatining nerv boshqarilishi bilan uzviy bog’liq. Qonga ajralayotgan kimyoviy moddalarning o’zlari va ularning qon tarkibidagi konsentrasiyasini ma’lum darajada saqlab turilishi asab tizimi bilan boshqariladi.
Qon aylanish tizimining barcha faoliyati organizmni turli sharoitlarda zarur miqdordagi kislorod va to’yimli moddalar bilan ta’minlashga, hujayralardan va organlardan almashinuv mahsulotlarini chiqarishga, qon bosimini doimiy darajada saqlashga qaratilgan. Bu esa organizmni ichki muhitini doimiyligini saqlash uchun sharoit yaratadi.
Dostları ilə paylaş: |