Qonning reaksiyasi. Qon plazmasi faqatgina doimiy osmotik bosimga va tuzlarning ma’lum sifatdagi tarkibigagina ega bo’lmasdan uning reaksiyasining doimiyligini ham ta’minlaydi. Amaliyotda muhitning reaksiyasi vodorod ionlarining konsentratsiyasi bilan aniqlanadi. Muhitning reaksiyasini xarakterlash uchun pH-deb belgilanuvchi vodorod ko’rsatkichlaridan foydalaniladi. (Vodorodli ko’rsatkich teskari belgi bilan vodorod ionlari konsentratsiyasini logorifmidir). Distillangan suv uchun pH o’lchami 7,07 ni tashkil etadi, pH-7,07 dan kam bo’lsa kislotali,7,07-dan yuqori bo’lsa ishqoriydir. Tana harorati 370C bo’lganida odam qonining pH-7,36 ga tengdir. Qonning faol reaksiyasi kuchsiz ishqoriydir.
Qon reaksiyasining doimiyligi unda mavjud bo’lgan buferli moddalar (gemoglobin, ko’mir kislotasining achchiq tuzi, fosfor kislotasining tuzi va qon oqsillari) tomonidan ta’minlanadi, hamda o’pka faoliyati orqali organizmdan karbonat angidrid gazi chiqarib yuboriladi; buyraklar va ter bezlari orqali kislotali va ishqorli reaksiyalarga ega bo’lgan ortiqcha moddalar chiqarib yuboriladi.
Qon plazmasining oqsillari. Qon plazmasining organik moddalari orasida oqsillar ancha katta ahamiyatga ega. Ularning katta qismi jigarda sintezlanadi.
Plazma oqsillari qon va to’qimalararo suyuqliklar orasidagi suv almashinuviga ta’sir qiladi, organizmdagi suv-tuz muvozanatini ta’min etadi. Bu rolni albumin oqsillari bajaradi. Oqsillar himoyaviy immun tanalarni hosil bo’lishida ishtirok etadi, organizmga kiruvchi zaharli moddalarni yopishtiradi va zararsizlantiradi. Barcha antitana –oqsillar globulinlar guruhiga kiradi. Bular asosan gamma-globulinlardir. Shu sababli hozirda gamma-globulinlar organizmni himoya kuchini mustahkamlovchi, davolovchi preparat sifatida keng qo’llanilmoqda.
Plazmaning fibrinogen oqsili –qon ivishining asosiy omilidir. Uni plazmadan juda yengil cho’kma shaklida ajratib olish mumkin. Fibronogeni ajratib olinganplazma-zardob deb ataladi. Zardob plazmadan ivimasligi bilan farq qiladi.