Mineral tazlar odam tanasining barcha hujayra va to'qimalari tarkibida bo'ladi. Ular ikkiga: makroeJementlar va mikmelemeni- larga bo'linadi. Makroelemcntlarga natriy, xlor, kalsiy, fosfor, kaliy. temir kiradi. Bular qon, hujayra, ayniqsa suyaklar tarkibida ko'p miqdorda bo'ladi. Mikroelementlarga rux, marganets, kobalt, mis, alyuminiy, ftor, yod kiradi. Bular qon, hujayra va suyaklar tarkibida oz miqdorda bo'ladi.
Mineral tuzlar moddalar almashinuvida, ayniqsa hujayralar- ning qo'zg'alish jarayonida muhim o'rin tutadi. Natriy va kaliy ionlari hujayralarda membrana potensiali hosil bo’iishida muhim ahamiyatga ega. Natriy xlorid, ya’ni osh tuzi qon tarkibida 0,9% li fiziologik eritma holida bo'lib, u qonning osmotik bosimi doimiyligini ta’minlaydi. Kalsiy va fosfor tuzlari suyak tarkibida ko'p bo'ladi, ular suyaklaming qattiqligini va mustahkamligini ta’minlaydi. Bundan tashqari, kalsiy ionlari nerv va muskullar qo'zg'aluvchanligini muvozanatlashtirib turadi. Organizmda kalsiy kamaysa, nerv va muskullaming qo'zg'aluvchanligi kuchayadi. Bu tana muskullarining tirishishiga sabab bo'ladi. (Yosh bolalarda spazmofiliya deb ataluvchi kasallikda shunday bo'ladi.)
Temir moddasi qizil qon tanachalarining tarkibiga kiradi. U kislorodni biriktirib olib, hujayralarda gazlar almashinuvida va moddalaming oksidlanish jarayonida ishtirok etadi.
Yod qalqonsimon bez ishlab chiqaradigan tiroksin gormoni- ning tarkibiga kiradi. Agar organizmda yod yetishmasa, qalqonsimon bezning ish faoliyati buzilib, buqoq kelib chiqadi.
Vitaminlar Vitaminlar biologik faol moddalar bo'lib, organizmda moddalar almashinuvida qatnashadi. Rus olimi N.I. Lunin (1853—1938) 1880-yilda himoya qilgan doktorlik dissertasiyasida vitaminlar hayvonlar organizmi uchun muhim modda ekanligini birinchi bo'lib isbotladi. Uning xulosasiga ko'ra, ovqat tarkibida oqsillar, yog'lar, uglevodlar, tuzlar va suvdan tashqari, alohida moddalar ham bo'ladi, bularsiz organizm yashashi mumkin emas, deyilgan edi. Kcyinchalik bu noma’lum muhim moddalar 1912-yilda К. Funk tomonidan vitaminlar deb nomlandi (vita — hayot degan ma’noni bildiradi).
Vitaminlaming 40 dan ortiq turi bo'lib, ularning har biri odam organizmida muhim fiziologik vazifani bajaradi. Agar bir necha hafta, oy davomida kundalik ovqat tarkibida biror vitamin muntazam yetishmasa, uning organizmda bajaradigan fiziologik vazifasi buziiadi. Natijada ma’lum kasallik yuzaga keladi. Agar odam organizmida biror vitamin mutlaqo yo'qolsa, avitaminoz, uning miqdori kamaysa, gipovitaminoz, me’yoridan ortib ketsa, gipervitaminoz deb ataladi. Bu holatlarning har qaysisida o'ziga xos xastalik belgilari paydo bo'Iadi. Masalan, gipovitaminoz A, gipovitaminoz B, gipovitaminoz С va hokazo. Har xil vitaminlar turli vazifani bajaradi. Vitaminlar yog'da va suvda eruvchilarga bo'linadi. Yog'da eruvchilarga A, D, E, K, vitaminlari. suvda eruvchilarga В guruh С, PP kabi vitaminlar kiradi.
A vitamini hayvon va odam organizmining o'sishi va rivojlanishida, hujayralarning bo'linib ko'payishida, epiteliy to'qimasining (terining ustki qavati, nafas yo'llari, ovqat hazm qilish a’zolarining ichki shilliq qavati) funksional holatini normal saqlashda, ko'z o'tkirligining yaxshi bo'lishini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega.
Organizmda bu vitamin yetishmaganda teri quruqlashib yoriladi, nafas yo'llari va oshqozon-ichak ichki qavatining yallig'lanish kasalliklari yuzaga keladi. Ko'rish o'tkirligi pasayadi, ayniqsa, odam qorong'ida yaxshi ko'ra olmaydi. Bolalar va o'smiriar organizmining o'sishi va rivojlanishi susayadi. A vitamini baliq yog'ida, sariyog'da, tuxum sarig'ida, jigarda, sabzi, qizil qalampir, o'rik tarkibida ko'p bo'Iadi.