Umumiy filologiya kafеdrasi qоshidagi “Yosh ijodkor va tilshunoslar” to‘garagining 20-sonli
BAYONNОMASI
22-iyun 2023-yil Urganch shahri
Qatnashdilar: to‘garak rahbari M. Matquliyeva, kafedra o‘qituvchisi N.Yakubova 1- kurs talabalari (jami 25 nafar).
KUN TARTIBI:
Ilmiy tadqiqot mavzusi bo‘yicha adabiyotlar bilan tanishish, ma’lumotlar to‘plash.
ESHITILDI: Umumiy filologiya kafedrasi o‘qituvchisi N.Yakubova so‘zga chiqdi va ilmiy tadqiqot mavzusi bo‘yicha adabiyotlar bilan tanishish, ma’lumotlar to‘plash yo‘l-yo‘riqlari xususida gapirdi. N.Yakubova dastlab talabalarga ilmiy tadqiqot mavzusi bo‘yicha adabiyotlar bilan tanishish haqida ma’lumot berdi. Jumladan, ilmiy tadqiqot - yangi bilimlarni ishlab chiqish jarayoni, bilish faoliyati turlaridan biri. Unga obʼyektivlik, ishonchlilik, aniqlik xos. Ilmiy tadqiqot hamma shartlarga amal qilib takrorlanganda hamisha birdek natija berishi, bahs etilayotgan masalani isbotlashi lozim. Ilmiy tadqiqot bir-biri bilan bog‘langan ikki kiyim — tajriba va nazariyadan iborat. Ilmiy tadqiqotning asosiy komponentlari: mavzuni belgilash, mavjud axborotni, tadqiqot sohasidagi shart-sharoit va metodlarni, ilmiy farazlarni oldindan tahlil etish, tajriba oʻtkazish, olingan natijalarni taxlil etish va umumlashtirish, kelib chiqqan farazlarni olingan dalillar asosida tekshirish, yangi fakt va qonunlarni ifodalab berish, ilmiy bashorat yuritish. Ilmiy tadqiqotlarni fundamental va amaliy, miqdoriy va sifatiy, noyob va kompleks tadqiqotlarga ajratish keng tarqalgan. Ilmiy tadqiqotlarning metod va tajribalari fanning oʻzidagina emas, balki koʻpgina iqtisodiy va ijtimoiy masalalarni hal qilishda ham keng qoʻllaniladi
Shuningdek, N.Yakubova o‘z so‘zida ilmiy tadqiqot mavzusi bo‘yicha adabiyotlar bilan tanishish o‘quvchilarga o‘z fikrini erkin bildirishga, mavzuga aloqador ma’lumotni ongli qabul qilishga va tushunishga, muammoning yechimini topishga aloqador dalillardan foydalanib, o‘z xulosasini aniq va savodli bayon etishga imkon yarata olishini, muhimi, keltirilgan fakt va dalillarning o‘rinli qo‘llanishida ekanligini uqtirdi.