To‘garak rahbari: M. F. Matquliyeva.
Umumiy filologiya kafеdrasi qоshidagi “Yosh ijodkor va tilshunoslar” to‘garagining 12-BAYONNОMASI
22-fevral 2023-yil Urganch shahri
Qatnashdilar: to‘garak rahbari M. Matquliyeva, kafedra o‘qituvchisi N.Yakubova 1- kurs talabalari (jami 25 nafar).
KUN TARTIBI:
1.Tilshunoslikning dolzarb masalalariga bag‘ishlangan ilmiy maqola ustida. ishlash. Maqoladagi sohaga oid atamalar va kalit so‘zlar tahlili.
ESHITILDI:
Umumiy filologiya kafedrasi o‘qituvchisi N.Yakubova so‘zga chiqdi va tilshunoslikning dolzarb masalalariga bag‘ishlangan ilmiy maqola ustida ishlash hamda maqoladagi sohaga oid atamalar va kalit so‘zlar tahlili xususida gapirdi. Ilmiy maqola – bu mustaqil ilmiy tadqiqot bo‘lib, u dolzarb ilmiy muammo bo‘yicha o‘z fikrlarini bayon qilishdir.Yuqori maqsadni ko‘zlagan insonlar uchun ilmiy maqolaning o‘rni judayam muhim ahamiyat kasb etadi. Qisqa qilib aytganda ilmiy maqolaning o‘rni talabalikdan boshlab PhD bo‘lasizmi, o‘qituvchi bo‘lasizmi judayam muhim hisoblanadi. Ilmiy maqolalarda zamonaviy ilm-fan sohalarining nazariy yoki amaliy asoslarini rivojlantirishga tadqiqotchining shaxsiy hissasi nimadan iborat ekanligi iloji boricha yorqinroq ifodalanadi.
Ilmiy maqolaning sarlavhasi qisqa va loʻnda boʻlishi, ayni vaqtda imkon qadar mohiyatan material mazmunini aks ettirishi lozim. Ilmiy maqolaning hajmi kamida 3-5, koʻpi bilan 30 betgacha boʻlishi lozim. Qogʻoz formati – A4, kitob varagʻi hajmida, atrofida qoldiriladigan boʻsh joylarning hajmi hamma tomondan 2,5 sm, interval (satrlar oraligʻidagi masofa) 1,5 sm, shrift – Times New Roman, rangi qora, kattaligi 12 mm, havolalar maqolaning oxirida, kvadrat qavslarda beriladi. Shuningdek, maqola yozish bo‘yicha yana qo‘shimcha ma’lumotlar aytib o‘tdi.
Kafedra o‘qituvchisi: N.Yakubova
Umumiy filologiya kafеdrasi qоshidagi “Yosh ijodkor va tilshunoslar” to‘garagining 13-BAYONNОMASI
9-mart 2023-yil Urganch shahri
Dostları ilə paylaş: |