Qatnashdilar: to‘garak rahbari M. Matquliyeva, kafedra o‘qituvchisi N.Yakubova 1- kurs talabalari (jami 25 nafar).
KUN TARTIBI:
1. “Men tanlagan soha va OAV” mavzusida esse yozish.
ESHITILDI: Umumiy filologiya kafedrasi o‘qituvchisi N.Yakubova so‘zga chiqdi va “Men tanlagan soha va OAV” mavzusida yozilgan esselar xususida gapirdi. N.Yakubova dastlab talabalarga esse qanday yozilishi haqida ma’lumot berdi. Jumladan, esse – fransuz tilida "essai" – «tajriba», ingliz tilida "essay", "assay" – intilish, ijodiy sinov, ocherk; lotincha "exagium" – "o‘ylash" degan ma’noni bildiradi. Esse – o‘quvchining aniq mavzu yuzasidan shaxsiy fikr-mulohazalari asosida yoziladigan ixcham ijodiy ish hisoblanadi. Uning o‘zgachaligi mavzuda ko‘tarilayotgan muammoga fakt va dalillarni o‘rinli keltirish orqali o‘z munosabatini bildirishidadir. Esse erkin kompozitsiya asosiga quriladigan, tuzilish jihatdan ixcham nasriy asar bo‘lib, badiiy-publitsistik janrning bir turi hisoblanadi. Esse muayyan bir reja asosida yozilmaydi. Essening maqsadi – o‘quvchini faol fikrlashga o‘rgatish, o‘z mulohazalarini dalillashga yo‘naltirish, til unsurlaridan o‘rinli foydalanish orqali fikrni to‘g‘ri yetkazib berish ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat.
Shuningdek, N.Yakubova o‘z so‘zida esse yozish o‘quvchilarga o‘z fikrini erkin bildirishga, mavzuga aloqador ma’lumotni ongli qabul qilishga va tushunishga, muammoning yechimini topishga aloqador dalillardan foydalanib, o‘z xulosasini aniq va savodli bayon etishga imkon yarata olishini, muhimi, keltirilgan fakt va dalillarning o‘rinli qo‘llanishida ekanligini uqtirdi. Mashg‘ulot yakunida talabalar tomonidan yozilgan esselarga o‘z tavsiyalarini berdi.
Kafedra o‘qituvchisi: N.Yakubova
Umumiy filologiya kafеdrasi qоshidagi “Yosh ijodkor va tilshunoslar” to‘garagining 16-sonli
BAYONNОMASI