To‘garak rahbari: M. F. Matquliyeva.
Umumiy filologiya kafеdrasi qоshidagi “Yosh ijodkor va tilshunoslar” to‘garagining 10-BAYONNОMASI
25-yanvar 2023-yil. Urganch shahri
Qatnashdilar: to‘garak rahbari M. Matquliyeva, kafedra o‘qituvchisi N.Yakubova 1- kurs talabalari (jami 25 nafar).
KUN TARTIBI:
Kasbiy muloqot jarayoni haqida ma’lumot berish
ESHITILDI:
Umumiy filologiya kafedrasi o‘qituvchisi N.Yakubova so‘zga chiqdi va nutq haqida adabiy me’yorlar haqida ma’lumot berdi. U o‘z so‘zida Muloqot texnikasi, kasbiy muloqot haqida ma’lumot berib o‘tdi, ya’ni muloqot tug‘ma iste'dod yoki nasldan naslga o‘tuvchi xususiyat emas, balki izlanish, ijodiy mehnat mahsuli ekanligini, ushbu faoliyat zaminida ijodiy mehnat yotishini, shuning uchun ham muloqot mahorati hamma uchun standart, ya'ni bir qolipdagi ish usuli emas, balki u har bir kishining o‘z ustida ishlashi, ijodiy mehnati jarayonida tashkil topishi va rivojlanishi, muloqot texnikasini san'at va mahorat deb tushunish lozimligini uqtirdi.
Shuningdek, nutqiy san'at - bu qandaydir qo‘l bilan tutib bo‘lmaydigan, balki fahm-farosat bilan amalga oshiriladigan xatti-harakat ekanligini, muloqot texnikasining zaruriy sharti - bu o‘qituvchining o‘z e'tibori va o‘quvchilarning e'tiborlarini boshqara olishdan iboratligini hamda u 2 omilga bog‘liq bo‘lishini, ya’ni 1-dan, mehnat - bu behad izlanish va o‘z ustida ishlash, qilgan ishlaridan xursand bo‘lish, boshdan kechirilgan quvonchdan qanoat hosil qilish, 2-dan, san‘at - bu qandaydir qo‘l bilan ushlab bo‘lmaydigan, aql farosat bilan amalga oshiriladigan xatti-harakatdan iboratligini aytdi.
Kafedra o‘qituvchisi: N.Yakubova
Umumiy filologiya kafеdrasi qоshidagi “Yosh ijodkor va tilshunoslar” to‘garagining 11-BAYONNОMASI
8-fevral 2023-yil Urganch shahri
Dostları ilə paylaş: |