Yosh ijodkor va tilshunoslar


KUN TARTIBI: Dastlabki ilmiy tadqiqot yozish haqida ESHITILDI



Yüklə 33,31 Mb.
səhifə4/17
tarix14.12.2023
ölçüsü33,31 Mb.
#178270
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
to\'garak bayonnomalar

KUN TARTIBI:

  1. Dastlabki ilmiy tadqiqot yozish haqida



ESHITILDI:
Umumiy filologiya kafedrasi o‘qituvchisi N.Yakubova so‘zga chiqdi va soha bo‘yicha belgilangan mavzu asosida ilmiy tadqiqot olib borish jarayonlari, ya’ni maqola yozish haqida gapirdi. U o‘z so‘zida annotatsiya haqida, uning turlari va annotatsiyaga qo‘yiladigan talablar haqida so‘zladi.
Jumladan, annotatsiya - qandaydir nashr haqidagi qisqa axborot; hujjat, uning bir qismi yoki hujjatlar guruhining maqsadi, mazmuni, shakli va boshqa o‘ziga xos xususiyatlari nuqtayi nazaridan tavsifnomasi. Annotatsiya boshlang‘ich hujjatda so‘z boradigan savolga javob beradi. Annotatsiyaning Mazmuni va maqsadli vazifasi bo‘yicha bildirgichli (matnning tanqidiy bahosiz tavsifnomasini beradi) hamda tavsiyali (matnning iste’molchilarning muayyan auditoriyasi uchun yaroqliligi jihatidan tavsifini va bahosini beradi) turlari, mazmunni to‘liq qamrab olishi bo‘yicha umumiy (keng auditoriyani hisobga olib umuman matnning tavsifini beradi), ixtisoslashgan (matnning tor doiradagi mutaxassislarni hisobga olib muayyan jihatlardagi tavsifini beradi) hamda guruhli (mavzusi bo‘yicha yaqin bir necha matnlar tavsifini beradi) kabi turlari mavjudligi haqida to‘xtalib o‘tdi.
Shuningdek, N.Yakubova annotatsiyani tuzishga qo‘yiladigan asosiy talablar haqida ham ma’lumot berdi, ya’ni 1-dan, kompozitsiyasi mazmunan mantiqiy bo‘ladi va dastlabki matn kompozitsiyasidan farqlanishi mumkinligi, 2-dan, ma’lumotlarning tanlanishi, ularning ifodalanishi va joylashuvi annotatsiya tusiga bog‘liq bo‘lishi, 3-dan, tili lo‘ndaligi, soddaligi, aniqligi bilan ajralib turishi, 4-dan, dissertatsiya, maqolaga annotatsiya bibliografik varaqada rasmiylashtiriladi, xatboshilarsiz berilishi hamda 5-dan, o‘rtacha hajmi - 500 bosma belgi, kam hollarda – 800 – 1000 bosma belgidan iborat bo‘lishi haqida ma’lumot berdi.
Kafedra o‘qituvchisi: N.Yakubova




Umumiy filologiya kafеdrasi qоshidagi “Yosh ijodkor va tilshunoslar” to‘garagining 7-BAYONNОMASI

7-dekabr 2022-yil. Urganch shahri





Yüklə 33,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin