Yosh ijodkor va tilshunoslar


Kafedra o‘qituvchisi: N.Yakubova



Yüklə 33,31 Mb.
səhifə2/17
tarix14.12.2023
ölçüsü33,31 Mb.
#178270
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
to\'garak bayonnomalar

Kafedra o‘qituvchisi: N.Yakubova




Umumiy filologiya kafеdrasi qоshidagi “Yosh ijodkor va tilshunoslar” to‘garagining 3-BAYONNОMASI

12-oktyabr 2022-yil. Urganch shahri




Qatnashdilar: to‘garak rahbari M. Matquliyeva, kafedra o‘qituvchisi N.Yakubova 1- kurs talabalari (jami 25 nafar).



KUN TARTIBI:



  1. Bugungi kun she’riyatidan namunalar

Eshitildi:
To‘garak rahbari PhD. M. F. Matquliyeva so‘zga chiqdi va bugungi kun she’riyati xususida batafsil ma’lumоt bеrdi. Hozirgi oʻzbek shoirlari turlicha bandlardan tashkil topadigan anʼanaviy barmoq vaznining turli poetik kombinatsiyalaridan tashqari, jahon sheʼriyati tajribasidan oʻzlashtirilgan sonetromansxoykutankaelegiyabarokkorondel va boshqalar janrlarda she'rlar yaratishmoqda va ularda oʻzbeklarga xos milliy tuygʻularni taʼsirli ifodalashga erishayotganliklari haqida ma’lumot berib Iqbol Mirzo, Omon Matchon kabi bir qancha shoirlarning ijodidan namunalar keltirdi.
Oy - ko`kka tavakkal chеrtilgan tanga,
Holbuki, har ikki olam bir mеnga.
Ayt, nima yomonlik qilovdim sеnga?
Bunchalar sеvdirding mеni, bunchalar? …..
Shuningdek, ijodkor talabalar ham Omon Matjon sherlaridan namunalar keltirib, turlicha sharhladilar.
Xalqmi shu, xayol-u orzularini
O‘zidan balandroq tiklolmaganlar,
Xalqmi shu, xalqning nomidan so‘zlab,
Mingdan bir va'dasin oqlolmaganlar?......
To‘garak rahbari: M. F. Matquliyeva.






Umumiy filologiya kafеdrasi qоshidagi “Yosh ijodkor va tilshunoslar” to‘garagining 4-BAYONNОMASI

26-oktyabr 2022-yil Urganch shahri


Qatnashdilar: to‘garak rahbari M. Matquliyeva, kafedra o‘qituvchisi N.Yakubova 1- kurs talabalari (jami 25 nafar).


KUN TARTIBI:

  1. Soha bo‘yicha belgilangan mavzu asosida ilmiy tadqiqot olib borish jarayonlari haqida suhbat



Eshitildi:
Umumiy filologiya kafedrasi o‘qituvchisi N.Yakubova so‘zga chiqdi va soha bo‘yicha belgilangan mavzu asosida ilmiy tadqiqot olib borish jarayonlari, ya’ni maqola yozish haqida gapirdi. U o‘z so‘zida maqola – publitsistik uslubga xos janr ekanligini, maqolada kundalik ijtimoiy hayotda ro‘y berayotgan voqea-hodisalar tahlil qilinishi, nazariy, ommaviy jihatdan umumlashtirilishi; davlat siyosati, iqtisodiyot, texnika, fan va madaniyatda erishilgan yutuqlar ilg‘or ish tajribalari aks ettirilishi haqida so‘zladi.
Jumladan, bosh maqola (yoki tahririyat tomonidan yoziladigan maqola) tahririyatning eng mas’uliyatli maqolasi hisoblanadi. Ushbu maqolada ichki va xalqaro hayotga doir muhim masalalarni o‘quvchilarga yetkazish – asosiy vazifa hisoblanadi. Bunday maqola ma’lum bir masala yuzasidan yo‘l-yo‘riq ko‘rsatishi, kamchiliklarni ochib tashlashi, har bir ishning asosiy haqiqiy yo‘lini belgilab berishi lozim. Prezident farmonlari, Oliy Majlis qonunlari, Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilinadigan davlat va hukumat hujjatlari, qarorlari, qonunlari davrning dolzarb masalalari bosh maqolada yoritiladi.
To‘garak a’zоlari ham o‘z fikr-mulоhazalarini bildirdilar. Nazariy maqola va targ‘ibot maqolaning asosiy vazifasi mustaqillik, milliy g‘oya, istiqlol mafkurasining asoslari va prinsiplarini; ilmiy maqolaning vazifasi fan, madaniyat, texnika yutuqlarini tushuntirish, ommalashtirish, o‘quvchining g‘oyaviy, ilmiy saviyasini oshirishdan iborat. Muammoli maqolada esa munozara va bahs asosiy o‘rinda bo‘ladi hamda muallif o‘z qarashlarini bayon etishini aytib o‘tdilar.



Yüklə 33,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin