Yosh ijodkor va tilshunoslar


Kafedra o‘qituvchisi: N.Yakubova



Yüklə 33,31 Mb.
səhifə6/17
tarix14.12.2023
ölçüsü33,31 Mb.
#178270
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
to\'garak bayonnomalar

Kafedra o‘qituvchisi: N.Yakubova




Umumiy filologiya kafеdrasi qоshidagi “Yosh ijodkor va tilshunoslar” to‘garagining 9-BAYONNОMASI
11-yanvar 2023-yil Urganch shahri
Qatnashdilar: to‘garak rahbari M. Matquliyeva, kafedra o‘qituvchisi N.Yakubova 1- kurs talabalari (jami 25 nafar).
KUN TARTIBI:

  1. Nasriy asarlar tuzilishi va muhokamasi

ESHITILDI:
To‘garak rahbari PhD M. Matquliyeva so‘zga chiqdi va o‘zbek nasri haqida ma’lumot berdi. Nasr (arab. — koʻmak, zafar), proza — adabiy tur; vazn va kofiya singari sheʼriyatga xos unsurlarga ega boʻlmagan yozma nutq mahsuli. Yevropa xalqlari adabiyotida boʻlganidek, Sharq xalqlari adabiyotida ham nasr yozma nutq shakli sifatida sheʼriyatga nisbatan kech-rok paydo boʻlgan. 5—8-asrlarga oid Urxun-Yenisey yodgorliklarini turkiy xalqlar adabiyotidagi nasrning eng kad. namunalari, deb hisoblash mumkin. Sheʼriyatning rivojlanishi "Qutadgʻu bilig" (Yusuf Xos Hojib) va "Hibat ul-haqoyiq" (Ahmad Yugnakiy) kabi dostonlarning yaratilishi bilan birga 10—12-asrlarda Abdulmuayyad va Abuali Balxiylarning "Shohnoma", Abdulmuayd Balxiyning "Gershaspnoma", Homididdin Balxiyning "Makrmati Homidiy", Saidaddin Muhammad Av-fiy Buxoriyning "Javome ul-hikoyot va lavomeʼ ur-rivoyot" ("Hikoyalar toʻplami va rivoyatlar yolqini") singari nasriy asarlari vujudga keldi. 14-asr boshlarida Rabgʻuziyning "Qisasi Rabgʻuziy", Navoiyning "Mahbub ulqulub" singari nasriy asarlari, ayniqsa, "Boburnoma"ning yaratilishi bilan oʻzbek adabiyotida milliy nasrning asosiy qirralari nurlanib ketdi. Ammo shunga qaramay, hozirgi tushunchadagi nasrning taraqqiyoti bevosita 20-asr bilan — zamonaviy adabiyotning shakllanish va rivojlanish davri bilan bogʻliq. Xuddi shu davrda tom maʼnodagi oʻzbek badiiy nasri yaratildi va u adabiy tur sifatida oʻz shoxobchalariga ega boʻldi. 20-asr boshlarida vaqtli matbuotning paydo boʻlishi, gazeta va jurnal sahifalarida Choʻlponning "Qurboni jaholat", "Doʻxtir Muhammadyor", Qodiriyning "Juvonboz", "Uloqda" singari hikoyalarining yaratilishi, Hamzaning "Yangi saodat", S. Ayniyning "Buxoro jallodlari", "Odina" qissalari, Qodiriyning "Oʻtgan kunlar" romanining eʼlon qilinishi bilan zamonaviy realistik oʻzbek nasri uzil-kesil shakllandi. Shuningdek, yosh ijodkorlarga nasriy asar yaratishda muhim bo‘lgan omillar haqida tavsiyalar berdi.



Yüklə 33,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin