KUN TARTIBI:
Yilning eng yaxshi she’ri tanlovini o‘tkazish va to‘garak a’zolari she’rlari ichidan saralab olish
ESHITILDI: To‘garak rahbari PhD M. Matquliyeva so‘zga chiqdi va bugungi kundagi yosh ijodlkor shoirlar she’rlaridan tahlil qilishga doir ma’lumotlar haqida to‘xtaldi. Jumladan, yosh ijodkor talabalar ijodiga to‘xtaldi. Jumladan, 221-guruh talabasi Bobojonova Sevinchoyning she’rlarini to‘garak a’zolariga o‘qib eshittirdi:
Alam qayg’u istirob o’tli fig’onlar
Hamon qalbimiz ezar bitmas yaralar
Inson yashasin doimo kulib kulib
G’am tashvishlar ortda qolsin bukilib
Gohida arzimas gaplarga hafa bo’lamiz
Ne qilsak ham baribir bu dunyodan o’tamiz
Shu qisqa bir umrimiz gullab yashasin
Baxtimizni ko’rib shaytonlar qaqshasin
Onam
Onajon nega ko’zlarizda yosh
Sizni bezdirdimi mening tashvishim
Onajon nega sochlariz oppoq
Sizni qaritdimi meni beboshligim
Onajon yiglamang onajonginam
Bilaman har doim bizni o’ylaysiz
Hech kuniz o’tmadi bizning tashvishsiz
Biz esa yuribmiz faqat o’ylab o’zimiz
Shuningdek, to‘garak rahbari talabalar ijodidan ham namunalar o‘qib berdi. Ayrim kamchiliklar haqida ham to‘xtalib o‘tdi. “Yilning eng yaxshi she’ri” g‘olibi sifatida Bobobojonova Sevinchoy she’rlari loyiq ko‘rildi va to‘garak rahbari M.Matquliyeva tomonidan faxriy yorliq bilan taqdirlandi.
To‘garak rahbari: M. F. Matquliyeva.