Qatnashdilar: to‘garak rahbari M. Matquliyeva, kafedra o‘qituvchisi N.Yakubova 1- kurs talabalari (jami 25 nafar).
KUN TARTIBI:
Zulfiya ijodiga bag’ishlab insholar tanlovini o‘tkazish.
ESHITILDI: To‘garak rahbari PhD M. Matquliyeva so‘zga chiqdi va vafo va sadoqat kuychisi Zulfiya ijodiga to‘xtalib uning yirik adabiy merosi haqida ma’lumot berdi. Jumladan, Zulfiya Isroilova – taniqli va iqtidorli o‘zbek shoirasi. Yorqin rassom, oddiy inson qalbini o‘tkir his qilgan – mehnatkash, Sharq ayolining jamiyatdagi teng huquqi uchun mardonavar kurashgan ayol. Zulfiya she’riyatining nufuzi – bizning dabdabali murakkab davrimizning haqqoniy ifodasi, o‘ziga xosligi, zamondoshlarimizning qalbi va harakatlarining yorqin tasviridadir. O‘zbek xalqining atoqli va ardoqli vakili, taniqli jamoat arbobi, xalqaro tinchlik uchun kurash jarchisi Zulfiya Isroilova xalqaro “Nilufar”, Javoharlal Neru nomidagi hamda Davlat mukofatlari sohibasidir.
Zulfiyaxonim Isroilova 1915-yili Toshkent shahrining qadimiy Degrez mahallasida tavallud topgan. Avval boshlang’ich maktabda, so‘ng xotin – qizlar bilim yurtida tahsil olgan. 1935-1938-yillarda O‘zekiston fanlar akademiyasining til va adabiyot instituti aspiranturasida o‘qigan. Shundan keyin turli nashriyotlarda ishlagan. 1935-yildan 1980-yilgacha, qariyib o‘ttiz tilga yaqin respublikamizda keng tarqalgan “Saodat” nomli xotin – qizlar jurnalida bosh muharrir bo‘lgan. Zulfiyaxonim Isroilova Hamid Olimjon bilan turmush qurgan. Biroq ular orzularga to‘la hayot kechirayotgan pallada 1944-yili mashina halokati tufayli turmush o‘rtog’idan ayrildi. Shoira esa 1996-yilda 81-yoshida vafot etadi. Ijodkor talabalar bilan Zulfiya ijodi yuzasidan mushoira uyushtirildi, insholar tanlovi o‘tkazildi. G‘olib talabalar estalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.
To‘garak rahbari: M. F. Matquliyeva.
Umumiy filologiya kafеdrasi qоshidagi “Yosh ijodkor va tilshunoslar” to‘garagining 14-BAYONNОMASI