Yosh ijodkor va tilshunoslar



Yüklə 33,31 Mb.
səhifə8/17
tarix14.12.2023
ölçüsü33,31 Mb.
#178270
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17
to\'garak bayonnomalar

Qatnashdilar: to‘garak rahbari M. Matquliyeva, kafedra o‘qituvchisi N.Yakubova 1- kurs talabalari (jami 25 nafar).
KUN TARTIBI:

  1. Navoiy va Bobur ijodi bo‘yicha she’r tanlovi o‘tkazish

ESHITILDI:
To‘garak rahbari PhD M. Matquliyeva so‘zga chiqdi va o‘zbek mumtoz adabiyotining buyuk mutaffakiri Alisher Navoiy ijodiga to‘xtalib mutafakkirning yirik adabiy merosi haqida ma’lumot berdi. Jumladan, shoirning devonlari va “Xamsa” dostonining turkiy tilning rivojlanishida muhim manba sanalishi va bugungi kungacha o‘z qadr-qimmatini yo‘qotmagani haqida ma’lumot berib o‘tdi. Alisher Navoiy (1441-1501) - buyuk shoir va mutafakkir, davlat arbobi. To‘liq ismi Nizomiddin Mir Alisher. Navoiy tahallusi ostida chig‘atoy (eki o‘zbek tili) hamda forsiyda (fors tilidagi asarlarida) ijod qilgan. G‘arbda chig‘atoy adabiyoti hisoblanmish o‘zbek adabiyotining eng yirik namoyondasi. Umuman olganda, butun turkiy xalqlari orasida u kabi yirik shaxs yo‘qdir.
Navoiy yoshligidan Xurosonning (Transoksaniya) bo‘lajak hukmdori Husayn Boyqaro bilan (1469-1506) do‘st bo‘lgan. 10-12 yoshidan she’rlar yozishni boshlagan. Navoiyning zamondoshi bo‘lmish tarixchi Xondamir (1473(76) -1534) qoldirgan ma’lumotlarga ko‘ra, mashhur o‘zbek shoiri Lutfiy (1369-1465) qarigan chog‘larida bolakay Navoiy bilan ko‘rishadi va uning she’riy iqtidorini yuqori baholaydi.
Shuningdek, shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodi haqida ma’lumot berdi. Bobur (taxallusi; toʻliq ismi Zahiriddin Muhammad ibn Umarshayx Mirzo; 14-fevral 1483 – 26-dekabr 1530) — oʻzbek mumtoz adabiyotining yirik vakili, buyuk shoir, tarixchi, geograf, davlat arbobi, isteʼdodli sarkarda, boburiylar sulolasi asoschisi, temuriy shahzoda.[1] Bobur o‘z davrining buyuk shaxslaridan biridir. Uning she'rlari, ruboiylari o‘z vaqtida va hozir ham sevib oqilmoqda. “Boburnoma” asariga to‘xtaldi, g‘azal va ruboiylaridan parchalar keltirib sharhlab berdi. Ijodkor talabalar bilan Navoiy va Bobur g‘azallari yuzasidan mushoira uyushtirildi. G‘olib talaba estalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.



Yüklə 33,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin