95
tajribasida fan asoslarini egallashi natijasida barqaror e’tiqod va ilmiy
dunyoqarash, tarkib topadi, shular zamirida axloqiy ideallar yuzaga kela boshlaydi.
O’smirlarning ideallari, negizida orzu, maqsad va ularni ro’yobga chiqarish
rejalari namoyon bo’la boshlaydi. Muayyan kasbga mayl va qiziqish tug’iladi.
Orzu-istaklar rang-barangligi bilan bir-biridan keskin ajralib turadi.
O’smirlar mulohazasini tadqiq qilish ularda ahloqiy
tushunchalar baravar
tarkib topmasligini ko’rsatdi.
A.I.Maliovanov o’smirlarni to’rtta guruhga ajratadi:
1) xatti-harakatda o’zlari anglagan, ijobiy qoidalarga tayanib ish tutadigan,
so’zi bilan ishi mos o’smirlar;
2) axloqiy tushunchalari qiliqlariga mos keladigan o’smirlar;
3) xatti-harakatlari axloqiy normalar haqidagi bilimlari bilan ajralib
turadigan shu bilimlarga mos harakat qilmaydigan o’smirlar;
4) o’zlari biladigan axloqiy talablar bilan, kundalik xulq-atvorning aloqasini
tushunmaydigai o’smirlar.
Ilmiy tadqiqotlar va hayot tajribalari ayrim axloqiy tushunchalarni noto’g’ri
tushunib, shaxsning ba’zi fazilatlarini noto’g’ri baholab, mustaqillikka intiladigan,
o’z irodasini namoyish qilishga harakat qiladigan o’smirlar o’zlarida salbiy
sifatlarni o’stirishga urinishini ko’rsatdi. Hatto ular o’zlarida shakllangan ijobiy
xislatlarni yo’qotishga ham harakat qiladilar. O’qituvchi va ota-onalarning asosiy
vazifasi ularning noto’g’ri qarashlariga zarba berish va o’smirlarning
adashishlariga yo’l qo’ymaslikdir.
O’smir o’g’il-qizlar shaxsining kamol topishida o’zini anglash muhim
ahamiyatga ega. Chunki o’zini anglash jarayonida o’ziga baho berish mayli va
istagi o’zini boshqa shaxslar bilan taqqoslash, o’ziga bino qo’yish ehtiyoji paydo
bo’ladi. Bular esa o’smirning
psixik dunyosiga, aqliy faoliyatiga, tevarak-atrofga
munosabatining shakllanishiga ta’sir qiladi.
O’smirlarda o’zini anglashning rivojlanishi shaxsiy xulq-atvorini
tushunishdan boshlanib, axloqiy fazilatini, xarakterini, aqliy imkoniyat va
qobiliyatini bilish bilan yakunlanadi.
O’smirda o’zini anglash rivojlanishi uchun sinf jamoasi va oila a’zolarining
faoliyati muhim ahamiyatga ega.
Uning xatti-harakati, o’z kuchiga, mayliga,
yoshiga loyiq ijtimoiy munosabatlari, muayyan muhitda o’z o’rnini topishga
intilishi o’zini anglashining takomillashuviga puxta zamin yaratadi. O’smirlarda
o’zini anglash yangi bosqichga ko’tarilgach, ular o’ziga xos axloqiy namunani
tanlaydilar. O’quvchi o’ziga namuna bo’lgan shaxsning xulq-atvori bilan o’zining
xatti-harakatini solishtiradi va o’zining ijobiy yoki salbiy jihatlarini anglab yetadi.
Natijada unda o’zini o’zi tarbiyalashga bog’liq yana bir muhim xislat vujudga
keladi. O’smir o’zini o’zi tarbiyalashda kitob qahramonlaridan, kinofilm
96
ishtirokchilaridan o’rnak olib, goho ularga taqlid qilib,
butun iroda kuchi va
xarakter xislatlarini ishga solib, har xil xususiyatlarni egallashga intiladi va bu
yo’lda uchraydigan to’siq hamda qiyinchiliklarni yengadi.
O’smirlik yoshida psixologik jihatdan eng muhim xislat – voyaga yetish
yoki kattalik hissining paydo bo’lishi
alohida ahamiyatga ega.
Kattalik hissi ijtimoiy-axloqiy sohada, aqliy faoliyatda, qiziqishda,
munosabatda, ko’ngil ochish jarayonida, xulq-atvorning tashqi shakllarida o’z
ifodasini topadi. O’smir o’z
kuchi va quvvati, chidamliligi ortayotganini, bilim
saviyasi kengayayotganini anglay boshlaydi. Bularning barchasi unda kattalik
hissini rivojlantiradi. Unda g’ashga tegadigan rahbarlikdan, o’rinsiz homiylikdan,
ortiqcha nazoratdan, zeriktiradigan g’amxo’rlikdan xoli bo’lish istagi vujudga
keladi. Mazkur jarayon o’z navbatida kattalar bilan munosabat va muloqotda
noxush kechinmalarni paydo qiladi. Sinf jamoasi va oila a’zolari o’rtasidagi
munosabatlarni
o’zgartirishgina
kattalar
bilan
o’smirlar
orasidagi
“anglashilmovchilik g’ovi”ni yo’qotadi.
O’smirlar
bilan
munosabatda
ularning
mustaqilligi,
faolligi,
tashabbuskorligi, o’zini boshqarishini hisobga olib, ortiqcha homiylik, g’amxo’rlik
qilmaslik ijobiy samaralar beradi.
O’smirlik davri xususiyatlarini tadqiq qilgan D.B.Elkonin va
T.V.Dragunovning ta’kidlashicha, o’g’il va qizlarning bu yoshda o’rtoqlari bilan
munosabatlarga
intilishi, tengdoshlari jamoasining hayotiga qiziqishi yorqin
namoyon bo’ladi.
O’smirlarning o’rtoqlik va do’stlik tuyg’ulari o’zaro munosabatlarini
o’rgangan I.V.Straxov, ularning o’zaro munosabatlarini uchta shaklga: ulfatchilik,
o’rtoqlik va do’stlikka bo’ladi. Har bir yuksak tuyg’uni psixologik jihatdan
ta’riflab, ularning rivojlanishini bayon qiladi, yuksak, insoniy tuyg’ularning
shakllanish sur’ati, barqarorligi o’g’il
bolalar bilan qizlarda birmuncha
farqlanishini ta’kidlaydi.
V.A.Kruteskiy va N.S.Lukinning fikricha, haqiqiy o’rtoqlik va chinakam
do’stlik – mardonavor o’rtoqlik va talabchan do’stlikdir. Bunday o’rtoqlik va
do’stlik amaliy yordamni va o’rtog’ining xatolarini to’g’ri,
samimiy va ochiq
tanqid qilishni taqozo etadi.
O’smirning sinf jamoasi hayotida faol qatnashish uchun intilishi g’oyat katta
ahamiyatga ega. Sinf jamoasi a’zolarining o’zaro yordam, birdamlik, hamdardlik,
bo’ysunish odati, shaxsiy hamda ijtimoiy qiziqishlarini rivojlantiradi.
Dostları ilə paylaş: