Yosh psixologiyasi va pedagogik psixologiyasi faniga kirish



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/57
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#205994
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   57
1-Ma\'ruza.Um.ps.sirtqi

Geliogen nazariyasi.
Ushbu nazariya 1936 yilda chet el olimlari tomonidan 
yaratilgan bo’lib, uning asosiy
 
mohiyati akselerasiya hodisasi quyosh nurining 
bevosita ta’siri bilan vujudga keladi, degan g’oyadan iboratdir. Bu g’oya 
tarafdorlarining fikricha, bolalar ko’p vaqt oftobda bo’lishi natijasida ularning 
o’sishida tezlashish, ya’ni akselerasiya ro’y beradi, chunki quyosh nuri organizmni 
zarur elementlar, moddalar, oziqalar bilan ta’minlaydi. Ammo hozirgi davrda 
akselerasiya hodisasi janubiy (quyosh nurlari serob) mamlakatlarda shimoliy 
jo’g’rofiy kenglikka joylashgan mamlakatlarda ham bir tekis ro’y bermoqda. 


92 
Ikkinchi tomondan, shahar muhitidagi qizlar va o’g’il bolalar qishloq bolalariga 
qaraganda tezroq voyaga yetishi ko’rilmoqda, vaholanki, qishloq odamlari quyosh 
nurida ko’proq toblanadilar. Demak, hozirgi davrda geliogen nazariyasi 
ziddiyatlarga sabab bo’lmoqda. Umuman oftobda toblanishni akselerasiya 
jarayonining muhim jihatlaridan biri deyish noto’g’ridir.
Geteroziya nazariyasi.
O’n to’qqizinchi asr oxiri yigirmanchi asr 
boshlaridan buyon ijtimoiy hayotda, turmushda keskin o’zgarishlar sodir bo’lgani 
insonlar o’rtasidagi ijtimoiy, diniy, milliy, irqiy tafovutlarning kamayishiga olib 
keldi. Turli millat vakillarining aralash nikohga kira boshlagani bunga yorqin 
misoldir. Diniy e’tiqodlar, irqiy farqlar, etnik va milliy xususiyatlar, xarakter, 
an’analar, urf-odatlar, marosimlar, rasm-rusum va hokazolar aralash nikohga hyech 
qanday to’siq bo’la olmadi. Hayot tarzi har xil mamlakatlarning xalqlariga xos 
xususiyatlar ham aralash nikohni to’xtata olmadi. Aralash nikohga kirish tobora 
kengaymoqda. Mazkur nazariyaga muvofiq psixik dunyodagi qayta qurishlar 
nasliy belgilar keskin o’zgarishiga sabab bo’ldi, natijada farzandlarning o’sishida 
kuchayish, jadallashish, akselerasiya hodisasi vujudga keldi. Biroq mazkur 
muammoni ilmiy jihatdan atroflicha asoslab berish uchun yuqorida ta’kidlangan 
omillar yetarli emas. 
Shunga qaramay, geteroziya nazariyasi biologik o’sishda jadallashish 
jarayonini vujudga keltirishda alohida ahamiyat kasb etadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin