90
chiqaradi. Bosh miya qobig’ida tormozlanish jarayonining susayishi shiddatli
emosional
kechinmalarni
vujudga
keltiradi,
hulq-atvorda
parokandalik,
g’ayritabiiylik paydo bo’ladi. Qalqonsimon bez funksiyasining o’zgarishi va
modda almashinuvining buzishi sababli o’smirda semirish ro’y beradi.
Mazkur yosh davrida jinsiy bezlar faoliyati kuchayadi. Balog’atga
yetishning birlamchi va ikkilamchi alomatlari
o’sa boshlaydi: o’g’il bolalarda ovoz
o’zgaradi,
yo’g’onlashadi, mo’ylov va soqol paydo bo’ladi, qizlarda esa ko’krak
bezlari rivojlanadi va hokazo. Natijada boshqa jinsga qiziqish ortadi, orzu, xohish,
nozik tuyg’u, sog’inch, iztirob kabi kechinmalar paydo bo’ladi.
O’smirlar jinsiy yetilish sirlarining 17 foizini ota–onadan, 9 foizini
o’qituvchilardan, 4 foizini maktab vrachidan va qolgan yashirin jihatlari, holatlari
to’g’risidagi ma’lumotlarni ko’cha-ko’ydan, o’rtoqlari va dugonalaridan eshitib
bilib oladilar. Kutilmagan
holatlar va ma’lumotlar ularning xatti-harakatini
chigallashtiradi, yakkalik olamiga berilish boshlanadi, fe’l-atvorda ayrim illatlar
paydo bo’ladi
.
Goho o’smirlar orasida axloqan tubanlashuv hollari ro’y berishi
mumkin. Ularni bunday qiliqlardan nopok guruh va to’dalardan xalos etish
maqsadga muvofiqdir.
Ijtimoiy hayotda yaramas odatlarni keltirib chiqaruvchi
anchagina manbalar
bor: birinchidan, kino zallari va
televideniyeda o’smirlarga to’g’ri kelmaydigan
filmlarga ruxsat qilinishi; ikkinchidan, jamoat joylarida va ko’cha-ko’yda
kattalarning nojoiz qiliqlar ko’rsatishlari; uchinchidan ta’limda biologik o’sish
to’g’risida yetarli bilimlar berilmasligi; to’rtinchidan, vrachlarning bu sohada keng
ko’lamda ish olib bormasligi; beshinchidan, ota-onalarda fiziologik va psixologik
bilimlar yetishmasligi; oltinchidan, o’smir bolalar va qizlarga mo’ljallangan
materiallarning kamligi va hokazolar.
Dostları ilə paylaş: