Yosh psixologiyasi va pedagogik psixologiyasi faniga kirish



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/57
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#205994
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   57
1-Ma\'ruza.Um.ps.sirtqi

Sakkizinchi davr
, ya’ni qarilik inson sifatida o’z burchini uddalay 
olganligidan, turmushning keng qamrovliligidan qanoatlanish tuyg’ulari bilan 
tavsiflanadi. Salbiy xususiyat sifatida esa hayot faoliyatidan noumidlilik, ko’ngil 
sovish tuyg’ularini aytish mumkin. Donolik, soflik, gunohlardan forig’ bo’lish har 
bir holatga shaxsiy va umumiy nuqtai nazardan qarash bu yoshdagi odamlarga xos 
eng muhim jihatlardir. 
E.Shpranger “O’spirinlik davri psixologiyasi” nomli asarida bu davrga 
13−19 yoshli qizlarni, 14−22 yoshli yigitlarni kiritishni tavsiya qiladi. Uningcha, 
bu yosh davrida yuz beradigan asosiy o’zgarishlar: a) shaxsiy “Men”ni kashf 
qilish; b) refleksiyaning (o’zini o’zi va o’zgalarni anglash) o’sishi; v) o’zining 
individualligini anglash va shaxsiy xususiyatlarini e’tirof qilish; g) hayotiy ezgu 
rejalarning paydo bo’lishi; d) o’z shaxsiy turmushini ongli xolda qurishga intilish 
va hokazolardir. 14−17 yoshlarda vujudga keladigan inqiroz o’smirlarda o’zlariga 
kattalarning bolalarcha munosabati doirasidan qutulish tuyg’usi paydo bo’lishidan 
iboratdir. 17−21 yoshlilarning yana bir xususiyati ularda tengqurlaridan “ajralish” 
inqirozi va tanholik istagining paydo bo’lishidir. Bu holat tarixiy shart-
sharoitlardan kelib chiqadi. 
E.Shpranger, K.Byuler, A.Maslou va boshqalar personologik nazariyaning 
yirik namoyandalari hisoblanadilar. 
Kognitivistik yo’nalishning asoschilari qatoriga J.Piaje, Dj.Kelli va 
boshqalarni kiritish mumkin. 
J.Piajening aql-idrok nazariyasi, aql-idrok funksiyalari (vazifalari) hamda 
uning davrlari haqidagi ta’limotni o’z ichiga oladi. Aql-idrokning asosiy 
funksiyalari (vazifalari) uyushqoqlik va moslashish, ko’nikishdan iborat bo’lib, 
aql-idrokning funksional invariantligi deb yuritiladi. 
Muallif intellektni (aqlni) quyidagi rivojlanish davrlariga ajratadi: 1) 
sensomotor (hissiy­harakat) intellekti (tug’ilishdai 2 yoshgacha); 2) 
operasiyalardan (fikriy harakatlardan) ilgarigi tafakkur davri (2 yoshdan 7 
yoshgacha); 3) yaqqol xatti­harakat davri (7−8 yoshdan 11−12 yoshgacha); 4) 
rasmiy sa’y­harakatlar davri. 
J.Piajening g’oyalarini davom ettirgan psixologlarning bir guruhini kognitiv-
genetik nazariyachilarga qo’shish mumkin. Bu yo’nalishning namoyandalari 
L.Kolberg, D.Bromley, Dj.Birrer, A.Vallon, G.Grimm va boshqalardan iboratdir. 
A.Vallon (Fransiya) nuqtai nazaricha, yosh davrlari quyidagi bosqichlarga 
ajratiladi: 1) homilaning ona qornidagi davri; 2) impulsiv harakat davri − 
tug’ilgandan 6 oylikkacha; 3) emosional (his-tuyg’u) davri − 6 oylikdan 1 


79 
yoshgacha; 4)
 
sensomotor (idrok bilan harakatning uyg’unlashuvi) davri − 1 
yoshdan 3 yoshgacha; 5) personologizm (shaxsga aylanish) davri − 3 yoshdan 5 
yoshgacha; 6) farqlash davri − 6 yoshdan 11 yoshgacha; 7) jinsiy yetilish va 
o’spirinlik davri − 12 yoshdan 18 yoshgacha. 
Tug’ilishdan avvalgi rivojlanish bosqichlari. 
a­urug’langandan bir necha soat o’tgach sodir bo’ladigan hujayralar 
bo’linishi 
b-terminal davr 
v-21 kunli embrionda orqa miya shakllanishi 
g-to’rt haftalik embrionda bosh, tana va dumning shakllanishi. Bu davrda 
yurak hamda asab tizimi o’z faoliyatini boshlab yuboradi. 
d-besh haftalik embrionda qo’l va oyoqning shakllanishi. 
ye-to’qqiz haftalik embrionda kindik bilan plasenta birlashishining namoyon 
bo’ladi.
j-olti haftalik embrionda barcha ichki a’zolar shakllanib bo’lgan bo’lsa ham, 
biroq ularning hammasi o’z faoliyatini bajara olmaydi. 
z-yigirma haftalik embrionda aksariyat ichki a’zolar faoliyatini boshlaydi. 
Embrion harakatlanishi, yuz ifodasini o’zgartira olishi mumkin.
Yana bir fransiyalik yirik psixolog R.Zazzo o’z vatanidagi ta’lim va tarbiya 
tizimining prinsiplaridan kelib chiqqan holda, mazkur muammoga boshqacharoq 


80 
yondashib va uni boshqacha talqin etib, insonning ulg’ayib borishini quyidagi 
bosqichlarga ajratishni tavsiya qiladi: 
1. Birinchi bosqich − bolaning tug’ilganidan 3 yoshgacha davri. 
2. Ikkinchi bosqich − 3 yoshidan 6 yoshigacha. 
3. Uchinchi bosqich − 6 yoshidan 9 yoshigacha.
4. To’rtinchi bosqich − 9 yoshidan 12 yoshigacha. 
5. Beshinchi bosqich − 12 yoshidan 15 yoshigacha. 
6. Oltinchi bosqich − 15 yoshidan 18 yoshigacha. 
Yosh davrlariga ajratishidan ko’rinadiki, R.Zazzo inson rivojlanishining 
bosqichlariga shaxs sifatida tarkib topish, takomillashuv nazariyasidan kelib chiqib 
yondashgani shaxs shakllanishi pallasining yuqori nuqtasi, ya’ni ijtimoiylashuvi 
bilan cheklanishga olib kelgan. Shuning uchun uning ta’limoti insonning 
tug’ilganidan umrining oxirigacha psixologik takomillashuvi, o’zgarishi, 
rivojlanishi xususiyatlari va qonuniyatlari to’g’risida mulohaza yuritish imkonini 
bermaydi. 
G.Grimm rivojlanishda insonning kamolotini quyidagi davrlarga ajratishni 
lozim topadi: 1) chaqaloqlik − tug’ilgandan 10 kunlikkacha; 2) go’daklik − 10 
kunlikdan 1 yoshgacha; 3) ilk bolalik − 1 yoshdan 2 yoshgacha; 4) birinchi bolalik 
− 3 yoshdan 7 yoshgacha; 5) ikkinchi bolalik − 8 yoshdan 12 yoshgacha; 6) 
o’smirlik − 13 yoshdan 16 yoshgacha o’g’il bolalar, 12 yoshdan 15 yoshgacha 
qizlar; 7) o’spirinlik − 17 yoshdan to 21 yoshgacha yigitlar, 16 yoshdan 20 
yoshgacha qizlar; 8) yetuklik − birinchi bosqich: 22 yoshdan 35 yoshgacha 
erkaklar, 21 yoshdan 35 yoshgacha ayollar; ikkinchi bosqich: 36 yoshdan 60 
yoshgacha erkaklar, 36 yoshdan 55 yoshgacha ayollar; 9) keksayish (yosh qaytishi) 
− 61 yoshdan 75 yoshgacha erkaklar, 55 yoshdan 75 yoshgacha ayollar; 10) qarilik 
− 76 yoshdan 90 yoshgacha (jinsiy tafovut yo’q); 11) uzoq umr ko’ruvchilar 91 
yoshdan yuqorisi. 
Dj.Birrer yosh davrlarini quyidagicha tasavvur etadi: 1) go’daklik − 
tug’ilgandan 2 yoshgacha; 2) maktabgacha − 2 yoshdan 5 yoshgacha; 3) bolalik 5 
yoshdan 12 yoshgacha; 4) o’spirinlik davri − 12 yoshdan 17 yoshgacha; 5) ilk 
yetuklik − 17 yoshdan 20 yoshgacha; 6) yetuklik − 20 yoshdan 50 yoshgacha; 7) 
yetuklikning oxiri − 50 yoshdan 75 yoshgacha; 8) qarilik − 76 yoshdan yuqorisi. 
D.Bromleyning tasnifi boshqalarnikiga mutlaqo o’xshamaydi, chunki unda 
yosh davrlarining o’zi ham davr va bosqichlarga ajratilgan: 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin