Yosh psixologiyasi va pedagogik psixologiyasi faniga kirish


sikloid (tez qo’zg’aluvchi, his-tuyg’usi o’ta beqaror) va  shizoid



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/57
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#205994
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   57
1-Ma\'ruza.Um.ps.sirtqi

sikloid
(tez qo’zg’aluvchi, his-tuyg’usi o’ta beqaror) va 
shizoid 
(odamovi, 
munosabatga qiyin kirishuvchi, his-tuyg’usi cheklangan)larga ajratadi. Bu 
taxminini yosh davrlari xususiyatlariga ham tatbiq etib, o’smirlar 
sikloid 
xususiyatli, o’spirinlar esa 
shizoid 
xususiyatliligini ta’kidlaydi. Lekin insonning 
kamol topishida biologik shartlangan sifatlar hamisha yetakchi va hal qiluvchi rol 
o’ynay olmaydi, chunki shaxsning individual-tipologik xususiyatlari bir-biriga 
aynan mos tushmaydi. 
Biogenetik nazariyaning namoyandalari amerikalik psixologlar A.Gezell va 
S.Xoll rivojlanishning biologik modeliga tayanib ish ko’radilar, bu jarayonda 
muvozanat, integrasiya va yangilanish sikllari o’zaro almashinib turadi, degan 
xulosaga keladilar. 
Psixologiya tarixida biologizmning eng yaqqol ko’rinishi Zigmund 
Freydning shaxs talqinida o’z ifodasini topgan. Uning ta’limotiga binoan 
shaxsning barcha xatti-harakatlari (xulqi) ongsiz biologik mayllar yoki 
instinktlardan kelib chiqadi, birinchi navbatda, jinsiy (seksual) maylga bog’liqdir. 
Bunday biologizatorlik omillari inson xulqini belgilovchi birdan-bir mezon yoki 
betakror turtki rolini bajara olmaydi. 


76 
Biogenetik nazariyaning qarama-qarshi ko’rinishi 
sosiogenetik 
nazariyadir. 
Bu nazariyada shaxsda ro’y beradigan o’zgarishlarni jamiyatning tuzilishi, 
ijtimoiylashish (sosializasiya) usullari, atrofdagi odamlar bilan o’zaro munosabat 
vositalari asosida tushuntiriladi. Ijtimoiylashish nazariyasiga ko’ra, inson biologik 
tur sifatida tug’ilib, hayotdagi ijtimoiy shart-sharoitlarning bevosita ta’siri ostida 
shaxsga aylanadi.
G’arbning eng muhim nazariyalaridan biri − rollar nazariyasidir. Bu 
nazariyaga ko’ra jamiyat o’zining har bir a’zosiga status (haq-huquq) deb 
nomlangan xatti-harakatning barqaror usullari majmuasini yaratadi. Inson ijtimoiy 
muhitda bajarishi shart bo’lgan maxsus rollar uning xulq-atvorida, boshqalar bilan 
munosabatida sezilarli iz qoldiradi. 
AQShda individual tajriba va bilimlarni o’zlashtirish (ko’nikish) nazariyasi 
keng tarqalgan. Mazkur nazariyaga binoan, shaxsning hayoti va voqyelikka 
munosabati, ko’nikmalarni egallashi va bilimlarni o’zlashtirishi qo’zg’atuvchining 
barqarorligiga bog’liqdir. 
K.Levin tavsiya qilgan “fazoviy zarurat maydoni” nazariyasi o’z davrida 
muhim ahamiyat kasb etgan. K.Levin nazariyasiga ko’ra, shaxsning xulqi (xatti-
harakati) psixologik kuch vazifasini o’tovchi ishtiyoq (intilish), maqsad (niyat) 
bilan boshqarilib turadi, bu kuchlar fazoviy zarurat maydonining ko’lamida 
tayanch nuqtasiga yo’nalgan bo’ladilar.
Yuqorida ifodalangan har bir nazariya shaxsning ijtimoiy xulqini o’zgalar 
uchun yopiq yoki maxfiy muhitning xususiyatlaridan kelib chiqqan holda 
tushuntiradi, bunda u odam xohishi yoki xohlamasligidan qat’i nazar, mazkur 
sharoitga moslashmog’i (ko’nikmog’i) zarur, degan qoidaga amal qiladi. 
Bizningcha, barcha nazariyalarda inson hayotining ijtimoiy-tarixiy, obyektiv 
shart-sharoitlari mutlaqo

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin