Yosh psixologiyasi va pedagogik psixologiyasi faniga kirish


e’tiborga olinmagan.  Psixologiyada  psixogenetik



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/57
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#205994
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   57
1-Ma\'ruza.Um.ps.sirtqi

 
e’tiborga olinmagan. 
Psixologiyada 
psixogenetik
yondashish ham mavjud bo’lib, u biogenetik va 
sosiogenetik omillarning qiymatini kamsitmaydi, balki psixik jarayonlarning 
rivojlanishini birinchi darajali ahamiyatga ega deb hisoblaydi. Mazkur 
yondashishni uchta mustaqil yo’nalishga ajratib tahlil qilish mumkin va bu 
yo’nalishlar o’z mohiyati, kechishi va mahsuli jihatidan keskin farqlanadi. 
Psixikaning irrasional (aqliy bilish jarayonlaridan boshqa) tarkibiy qismlari: 
emosiya, mayl yordamida shaxsning xulqini tahlil qiluvchi nazariya psi-
xodinamika, deyiladi. Bu nazariyaning yirik namoyandalaridan biri amerikalik 
psixolog E.Eriksondir. U insonning umrini o’ziga xos betakror xususiyatlarga 
molik 8 ta davrga ajratadi. 
Birinchi davr
− go’daklikda tashqi dunyoga ongsiz “ishonch” tuyg’usi 
vujudga keladi. Buning bosh sababi ota-onaning mehr-muhabbati, g’amxo’rligi va 
jonkuyarligidir. Agar go’dakda ishonchning negizi paydo bo’lmay, borliqqa 


77 
ishonchsizlik hissi tug’ilsa, voyaga yetgan odamlarda mahdudlik, umidsizlik 
vujudga kelishi shubhasizdir. 
Ikkinchi davr
− ilk bolalikda yarim mustaqillik va shaxsiy qadr-qimmat 
tuyg’usi shakllanadi yoki, aksincha, ularning teskarisi — uyat va shubha hissi hosil 
bo’ladi. Bolada mustaqillikning o’sishi unga o’z tanasini boshqarish uchun keng 
imkoniyat yaratib, bo’lg’usi shaxs xususiyatlaridan tartib va intizom, mas’uliyat, 
javobgarlik, hurmat tuyg’ulari tarkib topishiga zamin hozirlaydi. 
Uchinchi davr
− o’yin yoshi deb ataladi va unga 5−7 yoshli bolalar kiradi. 
Bu davrda tashabbus tuyg’usi, qandaydir ishlarni amalga oshirish, bajarish mayli 
tarkib topadi. Mabodo boladagi xohish-istakni ro’yobga chiqarish yo’li to’sib 
qo’yilsa, buning uchun u o’zini aybdor deb hisoblaydi. Mazkur davrda davra, ya’ni 
guruh o’yinlarga, tengqurlari bilan muloqotga kirishish muhim ahamiyat kasb 
etadi: bola turli rollar bajarib ko’rishiga, uning xayoloti o’sishiga imkon yaratadi. 
Xuddi shu davrda bolada adolat tuyg’usi, uni tushunish mayli tug’ila boshlaydi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin