Yosh psixologiyasi va pedagogik psixologiyasi faniga kirish



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/57
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#205994
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   57
1-Ma\'ruza.Um.ps.sirtqi

birinchi davr
− ona 
qornidagi muddatni o’z ichiga oladi (zigota − embrion − homila − tug’ilish), 
ikkinchi davr
(bolalik): a) go’daklik − tug’ilgandan 18 oylikgacha; b) 
maktabgacha bosqichdan oldingi − 19 oylikdan 5 yoshgacha; v) maktab bolaligi − 
5 yoshdan 11−13 yoshgacha; 
uchinchi davr
(o’spirinlik) − 1) ilk o’spirinlik − 11 
yoshdan 15 yoshgacha; 2) o’spirinlik − 15 yoshdan 21 yoshgacha; 
to’rtinchi davr


81 
(yetuklik) − 1 ilk yetuklik − 21 yoshdan 25 yoshgacha; 2) o’rta yetuklik − 25 
yoshdan 40 yoshgacha; 3) yetuklikning so’nggi bosqichi − 40 yoshdan 55 
yoshgacha; 
beshinchi davr
(qarilik) − 1) iste’fo bosqichi − 55 yoshdan 65 
yoshgacha; 2) qarilik bosqichi − 65 yoshdan 75 yoshgacha; 3) eng keksalik − 76 
yoshdan yuqorisi. 
Biz uzoq xorij mamlakatlar psixologiyasidagi yosh davrlarini tabaqalashning 
yo’nalishlari va nazariyalariga qisqacha to’xtalib o’tdik. Ulardan ko’rinib turibdiki, 
bu sohada bitta umumiy nazariya hali ishlab chiqilmagan. 
Rus psixologiyasidagi rivojlanishni davrlarga tabaqalash muammosi dastlab 
L.S.Vigotskiy, P.P.Blonskiy, B.G.Ananyev singari yirik psixologlarning asarlarida 
o’z aksini topa boshlagan. Keyinchalik bu muammo bilan shug’ullanuvchilar safi 
kengayib bordi, shu boisdan tabaqalanish kelib chiqishi, ilmiy manbai, rivojlanish 
jarayonlariga yondashilishi nuqtai nazaridan o’zaro keskin farqlanadi. Hozir 
rivojlanishni davrlarga tabaqalash yuzasidan mulohaza yuritishda olimlarning 
ilmiy qarashlarini muayyan guruhlarga ajratish va ularning moxiyatini ochish 
maqsadga muvofiqdir. 
L.S.Vigotskiy psixologlarning yosh davrlarini tabaqalash nazariyalarini 
tanqidiy tahlil qilib, muayyan rivojlanishni vujudga keltiruvchi ruhiy 
yangilanishlarga tayanib quyidagi bosqichlarga ajratadi:
1. Chaqaloqlik davri inqirozi. 
2. Go’daklik davri − 2
 
oylikdan 1 yoshgacha. 
Bir yoshdagi inkiroz. 
3. Ilk bolalik davri − 1 yoshdan 3 yoshgacha.
3 yoshdagi inqiroz. 
4. Maktabgacha davr −
 
3 yoshdan 7 yoshgacha.
7 yoshdagi inqiroz. 
5. Maktab yoshi davri − 8 yoshdan 12 yoshgacha. 
13 yoshdagi inqiroz. 
6. Pubertat (jinsiy yetilish) davri − 14 yoshdan 18 yoshgacha.
17 yoshdagi inqiroz. 
Olim o’z asarlarida har bir davrning o’ziga xos xususiyatlarini chuqur ilmiy 
ta’riflay olgan. Eng muhim shaxs ruhiyatidagi yangilanishlar haqida ilmiy va 
amaliy ahamiyatga molik mulohazalar bildirgan. Biroq bu mulohazalarida ancha 
munozarali, bahsli o’rinlar ham uchraydi. Umuman L.S.Vigotskiyning yosh 
davrlarini tabaqalash nazariyasi ilmiy-tarixiy ahamiyatga ega, uning rivojlanishni 
amalga oshiruvchi inqirozlar roli to’g’risidagi mulohazalari va olg’a surgan 
g’oyalari hozirgi kunning talabiga mosdir. 
L.S.Vigotskiyning shogirdi L.I.Bojovich insonning kamol topishini yosh 
davrlariga bo’lishda motivlarni asos qilib oldi, shuning uchun bu bo’lishni 


82 
motivasion yondashish, deb atash mumkin. L.I.Bojovichning mulohazasiga ko’ra 
yosh davrlari quyidagi bosqichlardan iborat: 
birinchi bosqich − chaqaloqlik; tug’ilgandan 1 yoshgacha; ikkinchi bosqich 
− motivasion tasavvur: 1 yoshdan 3 yoshgacha; uchinchi bosqich − “Men”ni 
anglash davri: 3 yoshdan 7 yoshgacha; to’rtinchi bosqich − ijtimoiy jonzotlikni 
anglash davri; 7 yoshdan 11 yoshgacha; beshinchi bosqich − a) o’zini o’zi anglash 
davri: 12 yoshdan 14 yoshgacha; b) o’z o’rnini belgilash (topish) davri: 15 yoshdan 
17 yoshgacha. 
L.I.Bojovich har bir bosqichni psixologik tavsiflashda unda namoyon 
bo’ladigan o’zgarishlarni, bu o’zgarishlarning sabablari, omillari, manbalari, 
turtkilari, mexanizmlarini ham bayon qiladi. 
D.B.Elkoninning tasnifi yetakchi faoliyat (A.N.Leontyev) nazariyasiga, har 
qaysi rivojlanish pallasida faoliyatning biror ustunlik qilishi mumkinligiga 
asoslanadi. Yetakchi faoliyatning inson shaxs sifatida kamol topishidagi roli 
nazariyaning negizini tashkil qiladi.
D.B.Elkonin yosh davrlarini quyidagi bosqichlarga ajratishni lozim topadi: 
1) go’daklik davri − tug’ilgandan 1 yoshgacha: asosiy faoliyat − bevosita 
emosional muloqot; 
2) ilk bolalik davri − 1 yoshdan 3 yoshgacha: asosiy faoliyat − jism bilan 
nozik harakatlar qilish; 
3) maktabgacha davr − 3 yoshdan 7 yoshgacha: asosiy faoliyat − rolli 
o’yinlar; 
4) kichik maktab yoshi davri − 7

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin